Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilini tashkil etish va uning oldiga qo’yilgan vazifalar


Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi


Download 1.79 Mb.
bet10/13
Sana09.01.2022
Hajmi1.79 Mb.
#264655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot

Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi.

Bozor munosabatlarining rifojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta'minlashga, mablag'lar tarkibi va tuzilishida o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun o'zining mablag'lariga ega bo'lishi lozim. Bular esa xususiy kapital deb yuritiladi.

Xususiy kapital xo'jalik yurituvchi korxonaning (subyekt) aktivi va majburiyatiari o'rtasidagi farqni aks ettiradi. O'z navbatida xususiy kapitai ikki guruhga bo'linadi.

I. Qo'yilgan (investitsiya) kapital.

2. Taqsimlanmagan foyda.

Xususiy kapital ishJab chiqarish va mulk egasiga to'lash, qo'shimcha investitsiya va faoliyatning natijalariga bog'liq hold a ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Xususiy kapital tarkibiga quyidagilar kiradi.

1. Ustav kapitali.

2. Qo'shilgan kapital.

3. Zaxira kapitali.

4. Grantlar va subsidiyaIar.

5. Kelgusidagi xarajatlar va to'lovlar zaxirasi.

6. Taqsimlanmagan foyda.

Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taqsimianmagan foyda bo'yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

- ustav kapitalining shakllanishi va undan foydaIanishni nazorat qilish;

- korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo'yicha axborot to'plash;

- ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo'yicha ma'lumotlar olishni ta'minlash; .

- qo'shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog'liq muomaIaiami o'z vaqtida hisobda aks ettirish; 166

- korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o'z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.

Ustav kapitali - ta'sis huiiatlarda belgilangan korxona mulkini tashkil etishda, uning faoliyatini bir maromda yurgizishda ta'sischilaming (qatnashchilarning) pul ifodasida qo'ygan mablag'larining (ulushlari, nominal qiymatidagi aktsiyalari) yig'indisidan iborat.

Ustav kapitalining hajmi ustavdagi ro'yxatdan o'tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Korxona Ustav kapitalining ko'payishi yoki kamayishi faqat ta'sischilar qarori bilan korxona Ustavi va boshqa ta'sis huiiatlariga o'zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Ustav kapitalining holati va harakati passiv 8510 - «Ustav kapitali» (fondi) schyotida hisobga olinadi va quyidagi subschyotlardan iborat:

8310-«Oddiy aksiyalaD>.

8320-«Imtiyozli aksiyalar».

8330-«Ulushlar va omonatiar».

Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo'jalik yurituvchi subyektning har bir ta'sischisi bo'yicha alohida yuritiladi.



851O-((Ustav kapitali» (fondi) schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo'ladi.

MOLIYAVIY NATIJALARNING HISOBGA OLINISHI

«Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo'shiladigan ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmatJami) sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalaming shakllanishi to'g'risidagi Nizom» hamda 2, 3, 4-sonli BXMS lari bilan tartibga solinadi.

Oxirgi moliyaviy natija hisobot davrida buxgalteriya hisobida hamma xo'jali faoliyatidan hisobga olingan daromad va xarajatJar o'rtasidagi farq asosida aniqlanadi. Harnma daromad summalarining harnma xarajat summalaridan yuqoriligi foyda summasini aksincha zarar summasini anglatadi.

«Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizom»ga muvofiq korxona faoliyati moliyaviy natijasi quyidagicha foyda ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi:

1. Mahsulot sotishdan olingan foyda (zarar) - mahsulot sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Yalpi foyda schyotidan olingan sof tushum - sotilgan mahsulot tannarxi.

9010-9030-schyotlarining kredit tomonidan jarnlangan sof tushum summasidan 9110-9130-schyotlarining debet tomonidan sotilgan mahsulotning tannarxini ayirib aniqlanadi. Ijobiy farq foydani, salbiy farq zarari ko'rsatadi.

2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) - mahsulot sotishdan olingan boshqa daromad yoki zarami qo'shish yoxud ayirish yo'li bilan aniqlanadi.

Asosiy faoliyatdan olingan foyda = mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, boshqa daromadlar (zararlar) 9310-9390 schyotlarining kredit summalari - davr xarajatlari 9410, 9420, 9430, 9440-schyotlarining debetida jarnlangan summalar ijobiy summa foydani, salbiy esa zarami ko'rsatadi.

3. Umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) – asosiy faoliyatdan olingan foydaga dividendlar bo'yicha daromad qo'shiladi, chet el valutasi muomalalari bilan bog'liq daromad yoki zararlar qo'shib yoxud ayriladi va foizlar bo'yicha xarajatlar olib tashlanadi.

Umurnxo'jalik faoliyati foydasi = asosiy faoliyat foydasi + 9510-9590-schyotlarining kredit jarnlanmasiga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar - 9610-9690"schyotlarining debet oboroti moliyaviy faoliyati bo'yicha sarflar, ijobiy farq foydani, salbiy farq esa zarami ko'rsatadi.

4. Soliq to'langunga qadar foyda (zarar) - umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda + 9710 schyotning kreditida jamlangan favquloddagi foyda - 9720-schyotining debetida jarnlangan favquloddagi zarar, ijobiy farq foydani, salbiy farq zarami bildiradi.

5. Yilning sof foydasi (zarari) - soliqlar to'langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan ko'rsatkichdir. Soliqlar to'langungacha foydadan (daromaddan) soliqlar va boshqa biror yerda hisobga olinmagan soliq hamda to'lovlar chiqarib tashlanadi.

Yilning sof foydasi = soliq to'langunga qadar foyda - 9810-9830- schyotlaming debetidajarnlangan foydadan soliq, obodonlashtirish uchun va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun ajratmalar farqidan iborat.

Yakuniy moliyaviy natijalarning sintetik hisobi aloqasi quyidagicha aks ettiriladi:






  1. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling