Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilini tashkil etish va uning oldiga qo’yilgan vazifalar
Tayyor mahsulot (ish,xizmat,tovarlar) va ularning sotilishini hisobga olish
Download 1.79 Mb.
|
hisobot
Tayyor mahsulot (ish,xizmat,tovarlar) va ularning sotilishini hisobga olish.
Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo'jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar kiritiladi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizirnida tayyor mahsulot uni ortib jo'natish va realizatsiyasi hisobi alohida o'rin tutib, ularing vazifalariga quyidagilar kiradi: l. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog'liq hamma xo'jalik operatsiyalarini hisobda o'z vaqtida va to'g'ri aks ettirish. 2. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash. 3- Ish va xizmatlaming bajarish hajrni, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha uzluksiz nazorat o'matish, ortib jo'natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo'yicha hujjatlami o'z vaqtida to'g'ri rasrniylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblami aniq tashkil etish. 4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajrni bo'yicha shartnoma mol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish. 5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan (davr xarajatlari) haqiqiy xarajatlarni o'z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash. Ushbu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo'jaligi va mahsulot sotishni to'g'ri tashkil qilishga, hujjatlami vaqtida rasrniylashtirishga bog'liq. Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblami aks ettiradi. . Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib, texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga 154 benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo'ljallangan Tovar mahsuloti tushuniladi. Jo'natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste'molchilarga jo'natilgan lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to'lanmagan yo'ldag mahsulotga aytiladi. Mas'u1 saqlashga qabul qiliogan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo'natilgan tovar mahsulot har xii sabablarga ko'ra (sifatiga ko'ra xaridoming talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya'ni bir korxonaning o'miga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo'lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o'z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas'ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo'shirncha ravishda ko'rgazmada qo'yilgan tayyor mahsulotni harn kiritish mumkin. Chunki ko'rgazmada qo'yilgan tayyor mahsulot harn korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo'lgan mahsulotlardir. MAHSULOT SOTISHNI HISOBGA OLISH Korxona mablag'ining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugatiladi. Korxona faoJiyatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri bu tovar mahsulotintng sotilishi ko'rsatkichidir. Hisobot oyida mahsulot sotish bilan bog'liq muomalalar bo'yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya hisobining muhim vazifasi hisoblanadi. Respublika Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi sessiyasida tasdiqlangan va 1998-yil I-yanvardan boshlab arnalda qo'llash uchun tavsiya etilgan O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10- moddasiga va O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Davlat Soliq Qo'mitasining 1998-yil 4-yanvardagi «Korxona va tashkilotlami soliqqa tortish tarkibiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida» xatiga binoan yuridik shaxslar daromadidan olinadigan soliq hisoblash usuliga ko'ra arnalga oshiriladi. Bunga ko'ra korxona va muassasalar jo'natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to'lash vaqti hamda haqiqatdan puI kelib tushishidan qat'i nazar jo'natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat budjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida o'sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Mahsulot uchun puI xaridorlardan hisob-kitob schyotiga kelib tushgan sanadan sotildi deb hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan olingan daromadlar 90 10-schyotda, tovarlami sotishdan olingan daromadlar 9020-schyotda, bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar 9030-schyotda hisobga olinadi. Agar mahsulot (ish, xizmatlar) topshirish (jo'natish) sotish arnalga oshirilgan bo'lsa, unda 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»dan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo'lib, uning qoldig'i buywtmachiga topshirilgan lekin puli to'lanmagan mahsulot, ish va xizmatlaming jo'natish qiymati, kredit bo'yicha oborot hamda hisobot oyida xaridorlar tomonidan to'langan sumrnani bildiradi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling