Bozorlarda har bir tovarning o‘z bahosi bo‘ladi, lekin har bir korxona (firma) mustaqil ravishda sotiladigan tovarigao‘zi baho belgilashi mumkin. Agar raqobatchilar ko‘p bo‘lsa,korxona bozordagi bahoni hisobga olgan holda bahoni belgilaydi. Òovarning xususiyati, firma-sotuvchining mavqeyi va moliya- viy qudratiga qarab baholarni shakllantirishda turli uslublardan foydalaniladi. Baholarni hisoblash uslublarini tanlashda tovarning yangilik darajasi, sifati, tovarning yaroqlilik sikli darajasi kabilar ta’sir qiladi. Minimal belgilanadigan baho mahsulotning tannarxi bilan, maksimal belgilanishi mumkin bo‘lgan baho buyumning noyobliligi bilan aniqlanadi. Raqobatdosh tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarga odatda o‘rtachadarajadagi baholar belgilanadi. Baholarni shakllantirishuslublarini tanlashda ichki cheklashlar (sarflar va foyda) hamda tashqi cheklashlarni (xarid qobiliyati, raqobatchi tovarlarning baholari va boshq.) ham hisobga olish lozim.Baholarni shakllantirish uslublari asosan uchta guruhdao‘z aksini topadi: xarajat, bozor va ekonometrik uslublari.Iqtisodiy islohotlar davrida baholarni shakllantirishda asosanquyidagi parametr uslublaridan foydalaniladi: o‘rtachasolishtirma kattalik uslubi, balli baho uslubi, korrelatsion-regression tahlil.
Baho har doim xaridor tanlashini aniqlovchi asosiy omil
bo‘lib kelgan. Baho — tovar qiymatining puldagi ifodasi
bo‘lib, pirovard natijada mahsulotni ishlab chiqarish va
realizatsiyasi uchun sarflangan mehnat xarajatlari asosida
aniqlanadi. Baholar darajasi, nisbati va ularning harakati asosida
qiymat qonuni, talab va taklif qonuni amal qiladi. Mehnat
unumdorligi oshib borishi bilan qiymat pasayib boradi, ayrim
davrlarda (urush, hosilsizlik, qurg‘oqchilik va boshqalar) ba’zi
guruh tovarlari bahosining oshishi kuzatiladi. Qiymatning
harakati baho dinamikasida o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |