Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘G‘risida


-modda. Tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, to‘liq yetkazib


Download 126.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana28.10.2023
Hajmi126.52 Kb.
#1728683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
670-I-сон 29.08.1998. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida

25-modda. Tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, to‘liq yetkazib
bermaganlik, ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat ko‘rsatmaganlik uchun javobgarlik
Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to‘liq yetkazib berilmagan, ishlar
bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib
oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5
foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan
tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi
lozim. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish
muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni
ko‘rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
26-modda. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun javobgarlik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti
va navi bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonunchilikda yoki xo‘jalik
shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi)
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish hamda ularning haqini to‘lashni rad etib, yetkazib
beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar (ishlar va
xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar)
haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga
haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib
berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan (pudratchidan) akseptsiz tartibda undirib olinadi.


10.05.2022, 10:41
670-I-сон 29.08.1998. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida
https://lex.uz/ru/docs/-18942
8/10
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jarimani undirish to‘g‘risidagi to‘lov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning) sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma
tuzilgandan keyin o‘n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to‘g‘risidagi to‘lov talabnomasi
belgilangan o‘n kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 126.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling