Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘G‘risida


-modda. Mablag‘larni akseptsiz o‘chirib tashlaganlik uchun javobgarlik


Download 126.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana28.10.2023
Hajmi126.52 Kb.
#1728683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
670-I-сон 29.08.1998. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida

33-modda. Mablag‘larni akseptsiz o‘chirib tashlaganlik uchun javobgarlik
Hisobvaraqdan mablag‘larni asossiz ravishda akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun aybdor
taraf ikkinchi tarafga asossiz ravishda akseptsiz hisobidan chiqarilgan summaning 10 foizi
miqdorida jarima to‘laydi.
34-modda. Zararni to‘lash
Neustoyka (jarima, penya) to‘laganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan
taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o‘zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada
bajarilmaganligi, mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi
lozim bo‘lgan xarajatlar, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida
taraf olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muddatini o‘tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o‘zgacha tarzda lozim darajada
bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) to‘lash hamda shartnoma
majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash,
taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonunchilikda va shartnomada
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35-modda. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning
javobgarligi
Shartnoma majburiyatlari xo‘jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsning aybi bilan
bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, to‘lov
intizomi buzilgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma
munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi
subyektning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
45
va 
48-
moddalariga
muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlikka, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
175

176

176

212
va 
214-moddalariga
muvofiq ma’muriy
javobgarlikka, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
175

181

186

205

207
va
209-moddalariga 
muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Download 126.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling