Yuqoridagi vaziyatni yeching va unga huquqiy baho bering
Download 6.99 Kb.
|
18kazus Urolboyev Musobek
18 Kazus Samarqand viloyat iqtisodiy sudi tomonidan Samarqand viloyat Ekologiya qo‘mitasining "Ipak yo‘li" AJ Bulung‘ur konserva zavodidan me’yoridan ortiq oqindi suvni chiqarganlik uchun 6804000 so‘m to‘lov va to‘lovni kechiktirganlik uchun 612360 sum penya undirish haqidagi murojaat qilgan. Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, amaldagi talablar buzilib zavodda beton tindirgichlar qurilmagan, kanalizatsiya suvlari esa bevosita yerdagi chuqurliklarga quyilgan, bu bilan mahalliy relef ifloslangan. Yuqoridagi vaziyatni yeching va unga huquqiy baho bering. Javoblar Yuqoridagi vaziyatda koʻrishimiz mumkinki zavod ish faoliyatidan chiqayotgan suvlar yer qariga singib suvdagi moddalar yernig reylafini ifloslantirib yer unumdorligini buzishga olib keladi va bu holat koʻproq takrorlanishi oqibatida faqatgina zavod yerlari emas balki atrofdagi xonadon uylarning ham yerlarini hosilini ifloslanishiga olib keladi. Yuqoridagi vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 79-modda yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi toʻgʻrisidagi qonunda keltirilgan Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini e’tiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi. Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida bo‘lishi hamda tuproqning saqlanishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak. Yerlarning muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar: hududni oqilona tashkil etadilar; tuproq unumdorligini, shuningdek erning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar; yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho‘r bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar; qishloq xo‘jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o‘tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar; hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji bo‘lmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar; buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar; yerlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirish chog‘ida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar. erlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘radi.Bundan tashqari yerdan unumli foydalanish maqsadida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI UCHUN ISHLAB CHIQARISH MANBALARINI INVENTERATRASINI O‘TKAZISH VA ATMOSFERAGA ISHLAB CHIQARISH MODDASINING CHIQARILISHINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDa ham yerdan foydalanish yoʻriqnomalari va tartiblari keltirib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasida Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida ham qonun hujjatlar mavjud va qonun hujjatlarida keltirilganidek Jamoatchilik ekologik nazorati — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga doir jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.Yuqoridagi vaziyatda zavoddan chiqayotgan suvlarni yerning hosil unumdorligini pasayib ketishi kuzatiladigan bolsa Aholining, aholi yashash punktlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarga ushbu ma’lumot bilan o‘z vaqtida va to‘liq bepul tanishishini ta’minlashi zarur, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yuqoridagi vaziyatda zavoddan chiqayotgan suvlarning tarkibidagi ifloslanishi mumkin boʻlgan moddalar atrofdagi xonadonlarning aholining yerlarini unumdorligini pasayishiga olib keladigan holatlar yuzaga keladigan boʻlsa aholi tomonidan eʼtirozlar kelib tushsa zavod oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur. Download 6.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling