Xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi


Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi


Download 73.17 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi73.17 Kb.
#1477064
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish

Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:



  • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (O‘zR MK 242-modda);

  • I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 220-moddaning uchinchi qismi);

  • noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 117-modda);

-alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (0‘zR MK 118-modda);



  • uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (O‘zR MK 228-1- modda).

Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin.
Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

  1. hayfsan;

  2. o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.
    Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir
    yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
    Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
    O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.
    Respublikamiz korxonalarida mehnatga haq to‘lash tizimi tarifli va tarifsiz mehnatga haq to‘lash tizimlari asosida shakllanadi.
    Tarif tizimi - bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatning tezkorlikligi hamda tavsifidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan me’yorlar j amalamasidir.
    Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • tarif stavkasi va setkasi;

  • tarif-malakay ma’lumotnomalari;

Tarif stavkasi - bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul shaklida ifodalanganidir. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarif stavkasi - ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul ko‘rinishida ifodalanishidir.
Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari ko‘rsatiladigan xujjatdir.
Lavozim maoshi - bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan ishchilarga o‘rnatiladi.Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat tarif stavkalari va okladlarini hodimlarning lavozimi, malakasi va ular bajaradigan ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda baza sifatida foydalanish mumkin.Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimni mustaqil belgilaydilar.

Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo‘shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahnatomosha vositalari, o‘quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).


01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
010 • “Turar-joy imoratlar”;
011 • Noturar joy imoratlar
012 • Inshootlar
013 • Mashina va jihozlar
015 • Transport vositalari
018 • Kutubxona fondi
019 • Boshqa asosiy vositalar
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
beg’araz kelib tushish;
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
 - etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilishmontaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
 - asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
 - asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
 - asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
 - asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
 - asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
 - aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
 Byudjet tashkilotlarda asosiy vositalarining eskirishi “Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 30 oktyabrda 2028-son bilan ro’yxatga olingan)ga muvofiq asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
 ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHI BO‘YICHA SINTETIK HISOBI 02 “ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHI” SCHYOTIDA QUYIDAGI SUBSCHYOTLARGA BO‘LINGAN HOLDA AKS ETTIRILADI:
 020 “Turar-joy imoratlarning eskirishi”;
 021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
 022 “Inshootlarning eskirishi”;
 023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
 025 “Transport vositalarining eskirishi”;
 029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
 Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo'shib) va xo'jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bo'lgan yoshga yetgan ko'p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo'yicha aniqlanadi va hisobga olinadi.
 Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo'yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san'atning noyob yodgorliklari bo'lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o'quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog'i va shunga o'xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo'lgan yoshga yetmagan ko'p yillik ko'chatlar, kutubxona fondlari, fil`mlar fondi, sahnaga qo'yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
Asosiy vositalar ob'ekti bo'yicha eskirish hisoblash mazkur ob'ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob'ektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu ob'ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Hisobot yili mobaynida asosiy vosita ob'ektlari bo'yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi. Asosiy vosita ob'ektlari bo'yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to'liq qoplangan yoxud bu ob'ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'xtatiladi. Eskirish hisoblash asosiy vositalar ob'ektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
Download 73.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling