erkin (sof, yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni aniqlashda erkin musobaqalashishning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
monopolistik raqobat. Bunda to'liq almashtirilishi mumkin bo'lm agan xilm a-xil tovariar guruhini ishlab chiqaruvchi
XYuSlarning musobaqalashishi amalga oshiriladi;
oligopolistik raqobat. Bu ko'p bo'lmagan ishlab chiqaruvchilar raqobat bozoridan iborat;
monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlaming bahosini o'rnatishda bir xo'jalik sub’ekti hukmronlik qiladigan bozordir.
Bozor iqtisodiyotida marketing-baho strategiyasining moliyaviy jihatlari shakllantirish shakl va sharoitlarining ko'p turliligi bilan xarakterlanadi. Bu o'z tovarini realizatsiya qiluvchi xo'jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy nuqtai-nazardan nimadan iborat ekanligiga va turli bozorlarda shu tovarlarni iste’mol qilish imkoniyatining qandayligiga bog‘liq.
Baholarni shakllantirishning u yoki bu strategiyasi, yoki ularning turli kombinatsiyalarini qoMlash tovarlarni realizatsiya qiluvchilarning egalariga (mulkdorlariga) ko‘zda tutilgan pul tushumlariga ega bo'lishni va shu asosda zaruriy moliyaviy fondlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |