Xo’jalik yurituvchi subyektlarning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari reja


Download 104 Kb.
bet6/7
Sana23.11.2023
Hajmi104 Kb.
#1795171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya kredit

Yuqori baholar strategiyasi («qaymog‘ini ajratib olish») dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini ko'zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan, yangi tovarlarga tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi, tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining yuqoriligi tarzda e ’tirof etilgan va shunga o'xshash boshqa sharoitlarda mumkin.
Past baholar strategiyasi yoki bozorga «yorib kirish» strategiyasi ham mavjud. Bunday strategiya talabni rag'batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish katta hajmda va talab yuqori elastik bo'lgan bozorlarda samarali bo'lib, unda sotib oluvchilar baholaming pasayishiga keskin munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. XYuS yoppasiga (ommaviy) ishlab chiqarish hisobidan baholaming past darajasini ushlab turadi.
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi xilma-xil bozorlar, ulaming segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholaming o'rtacha darajasiga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni qo'llash evaziga amalga oshiriladi.
Imtiyozli baholar strategiyasi imtiyozli baholami taklif qilishdan XYuS manfaatdor bo'lgan sotib oluvchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Elastik baholar strategiyasi baholaming iste’molchilar sotib olish qobiliyatiga bog'liq ravishda o'matilishini anglatadi.
Barqaror, standart (andozaviy), o'zgarmaydigan baholar strategiyasi nisbatan uzoq vaqt davomida tovarlaming bir xil bahoda realizatsiya qilinishini nazarda tutadi.
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida sotib oluvchi tovarni, masalan, 1000 so'mda emas, balki 999,9 so'mda sotib oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni o'matishning puxta va aniq hisob-kitoblaiga asoslanganligi ning isboti sifatida e’tirof etadi.
Yoppasiga (ommaviy) sotib olishlar bahosi va baholarni tovarning sifati bilan uzviy bog‘langanligi strategiyalari ham amaliyotda qo'llaniladi.
Baholaming har qanday strategiyasida, raqobatchilarning baholarini tahlil qila borib, XYuS o'zi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo'lgan chegirmalar tizimiga jiddiy e ’tibor bermog'i lozim. Jahon amaliyotida baholardan qilinadigan chegirmalarning 20ga yaqin turi
mavjud. Masalan, «skonto» chegirmasining «3/12, tto
30» tartibida ifodalanishida to'lov 30 kun ichida amalga oshirilishi kerak, agar sotib oluvchi to'lovni dastlabki 12 kun ichida amalga oshirsa, u 3% kam to'laydi, degan m a’noni anglatadi. Aylanma uchun bonus chegirmalari ham qo'llaniladi. Aylanma sotuviga bog'liq ravishda u doimiy sotib oluvchilarga nisbatan qilinadi. Progressiv chegirmalar sotib olishning sifati, hajmi va davriyligiga bog'liq ravishda sotib oluvchiga taqdim etiladi. Tovarlaming almashtirilishi yoki shu bilan bog'liq bo'lgan chegirma shu firmadan oldin sotib olingan eski tovarni qaytarganligi uchun taqdim qilinishi mumkin. Tovariar xorijga sotilganda eksport chegirm alari qo'llaniladi. Funksional chegirmalar yoki savdo sohasidagi chegirmalar tovarlaming harakatlanishini amalga oshiruvchi xizmatlarga ma’lum bir funksiyalami bajarganligi uchun beriladi. Maxsus chegirmalar ishlab chiqaruvchi manfaatdor bo'lgan sotib oluvchilarga sotuvchi tom onidan taqdim etiladi.- Yashirin chegirmalar sotib oluvchilarga tekin namunalar ko'rinishida berilishi mumkin. Chegirmalarning oxirgi turiga shartnomalarda qayd etilmaydigan va og'zaki kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan konfidensial chegirmalar ham kiradi.
Ustamalar baholarni shakllantirishda chegirmalarga nisbatan kamroq qo'llaniladi. Ularning qo'llanilishi tovariar sifatining ortishi, tovarlaming kreditga sotilishi va shunga o'xshashlar bilan bog'liq.
Tovarlarga nisbatan baholami asoblash va baholarni shakllantirish strategiyasini samarali amalga oshirish uchun XYuS o'zi faoliyat ko'rsatadigan maqsadli bozorlarini33 aniqlab olmog'i, turli bozorlaming masshtablari va bozor talablarini qondirishning o'z imkoniyatlari to'g'risida aniq tasawurga ega bo'lmog'i kerak.
Yaxlit olinganda bozor iqtisodiyotida bozor baholarini shakllantirishning umumiy belgilari bozoming turli sohalarida baholaming turli-tuman ko'rinishlarini qo'llash orqali amalga oshiriladi. Raqobatning erkinlik darajasi va baholami shakllantirishga (bular bozorlar tipini klassifikatsiya qilishda asosiy me’zon sifatida maydonga chiqadi) bog'liq ravishda bozorlar quyidagi to'rt asosiy tiplarga ajratiladi:


Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling