Xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini ko’paytirishi, ularning ko’payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilning muhimligi va asosiy vazifalari


Download 63.92 Kb.
bet1/10
Sana14.03.2023
Hajmi63.92 Kb.
#1268505
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2023 Pul oqimlari taxlili BI-81-2 M.A.Turg\'unov


REJA:



  1. Xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini ko’paytirishi, ularning ko’payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilning muhimligi va asosiy vazifalari.

  2. Korxonaning pul mablag’lari bilan ta‟minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari.

  4. Pul oqimlarining kirimi va chiqimini samarali boshqarishda moliyaviy tahlilning o’rni.

  5. Asosiy faoliyatdagi pul oqimlari tahlili. Moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari tahlili.

  6. Pul oqimlarini tahlil qilishning to’g’ri va egri uslubi.

  7. Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash.

  8. Pul oqimlaridagi o’zgarish tendensiyalarini tahlili. Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari.

  9. Valyuta mablag’lari harakatining tahlili.



  1. Xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini ko’paytirishi, ularning ko’payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilning muhimligi va asosiy vazifalari.

Pul mablag’lari oqimi yuzasidan quyidagi muhim tushunchalarni tasniflash lozim1 :


Pul mablag’lari – kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek‚ bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag’lar.
Pul ekvivalentlari – ma‘lum pul mablag’iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli biroz xatari bo’lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo’yilmalar).
Pul oqimlari – pul mablag’lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot – hisobot davrida pul mablag’i oqimlarini batafsil ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar yig’indisi.
Operatsion faoliyat – xo’jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi
asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo’lmagan o’zga xo’jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat – xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo’lib, uning natijasida o’z mablag’i va qarz mablag’lari miqdori va tarkibida o’zgarishlar yuz beradi. Pul mablag’i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha to’lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo’lishi va qiymatining o’zgarishida biroz xavf bo’lishi lozim. Shu sababli‚ investitsiya qisqa muddatda to’lanadigan bo’lsa, ya‘ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to’lanadigan bo’lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo’ladi. Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to’lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag’ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag’ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi. Pul oqimi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari moddalari o’rtasidagi harakatni o’z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag’larini boshqarish pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o’z ichiga oladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo’jalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari to’g’risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishi lozim bo’ladi.

Download 63.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling