Xo’jaobod tuman umumta’lim


JISMNI KO‘TARISHDA VA UNI SHU MASOFAGA GORIZONTAL


Download 0.53 Mb.
bet12/15
Sana02.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1421842
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7- sinf nazorat ishi va laboratoriya ishi[1]

JISMNI KO‘TARISHDA VA UNI SHU MASOFAGA GORIZONTAL
KO‘CHIRISHDA BAJARILGAN ISHNI HISOBLASH.


Ishning maqsadi: Jism vertikal va gorizontal yo‘l bo‘ylab ko‘chirilganda bajarilganishni mustaqil ravishda hisoblash.
Kerakli jihozlar: Laboratoriya tribometri, o‘quv dinamometri, santimetrli bo‘limlarga ega bo‘lgan o‘lchov tasmasi, 2 dona ikkita ilmoqli 100 g massali yuk, brusok, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi
1. Jihozlardan 130-rasmda ko‘rsatilgan qurilmani yig‘ing.
2. Dinamometr yordamida brusok og‘irligini o‘lchang. So‘ngra brusokni yuqoriga tekis harakatlantirib, oldindan tasma yordamida o‘lchangan tribometr chizg‘ichi balandligiga ko‘taring. Bajarilgan ishning kattaligini quyidagi formula bilan hisoblang: A = Fog . h.
3. Tajribani uch marta takrorlang. Har tajribada brusokka 0,81 N; 1,81 N; 2,81 N yuklar osing va bu bajarilgan ish og‘irlik kuchini yengish uchun sarf bo‘lganini qayd qiling.
4. Topilgan natijalarni 5-jadvalga yozing.
5. Chizg‘ichni stolga qo‘yib, dinamometr yordamida brusokni chizg‘ich bo‘ylab birinchi holdagi masofaga bir tekis ko‘chiring. Bunda hosil bo‘lgan tortishish kuchini dinamometr ko‘rsatishi Ft dan aniqlang.
6. Ishni yana tortishish kuchi va yo‘lga ko‘ra hisoblang: A = Ft s. Diqqatingizni bu ish og‘irlik kuchini emas, balki ishqalanish kuchini yengishda bajarilganligiga qarating. So‘ngra brusokka 0,81 N; 1,81 N; 2,81 N yuklarni osib, tajribani uch marta takrorlang va har safar tortish kuchi bajargan ishni hisoblang. Topilgan natijalarni jadvalga yozing.
So‘ngra brusokka 1 N, 2 N, 3 N yuklarni ortib (130-rasm), tajribani yana 2–3 marta takrorlang va har safar tortish kuchining bajargan ishini hisoblang. Olingan natijalarni taqqoslab, hamma vaqt yukni yuqoriga ko‘tarishda bajarilgan ish uni shunday masofaga gorizontal yo‘l bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishdan kattaligini yoki kichikligini aniqlang.


1-rasm.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling