Xo’jaobod tuman umumta’lim


LABORATORIYA ISHLARIDA O‘LCHASH XATOLIKLARINI HISOBLASH


Download 0.53 Mb.
bet15/15
Sana02.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1421842
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7- sinf nazorat ishi va laboratoriya ishi[1]

LABORATORIYA ISHLARIDA O‘LCHASH XATOLIKLARINI HISOBLASH
Fizik kattaliklarni laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘lchash bevosita va bilvosita bajariladi. Bevosita o‘lchashda asbob izlanayotgan kattalikning qiymatini ko‘rsatadi.
Fizik kattaliklarning hammasini bevosita o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun izlanayotgan fizik kattalik bevosita o‘lchab topilgan kattaliklar orqali hisoblab topiladi. Fizik kattalikni bunday aniqlash bilvosita o‘lchash deyiladi. Bilvosita o‘lchashda absolyut va nisbiy xatoliklarni hisobga olish zarur. Fizik kattalikni o‘lchashda bir xil sharoitda o‘lchangan qiymatlar a1, a2, a3, …, an olinadi. Ularning o‘rtacha arifmetik qiymati ao‘rt = (a1+a2+a3+…+ an)/n ifodadan topiladi.
O‘lchash vaqtida topilgan qiymatlar bir-biridan farq qilib, ularning o‘rtacha qiymatdan farqi ayrim o‘lchashlarning absolyut xatoligi deyiladi.
Birinchi o‘lchashdagi absolyut xatolik Δa1 = | ao‘rta1|, ikkinchi Δa2 = | ao‘rt a2|, uchinchi Δa3 = | ao‘rt a3|, va n chi Δan = | ao‘rtan| ifodalardan topiladi.
So‘ngra absolyut xatoliklarning o‘rtacha qiymati Δao‘rt = (Δa1 + Δa2 + ... + Δan)/n ifodadan aniqlanadi.
Fizik kattalikning haqiqiy qiymati topilgan o‘rtacha qiymatdan ± ao‘rt qadar farq qiladi, ya’ni
a = ao‘rt + Δao‘rt. Shuningdek, absolyut xatolik o‘rtacha qiymatining o‘lchanayotgan kattalikning o‘rtacha qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi va u foiz hisobida olinadi, ya’ni
ɛ = (Δao‘rt / ao‘rt) •100 %.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling