Xojiqurbonov Zafarning Tarmoq xavfsizligi
Download 247.42 Kb.
|
Xojiqurbonov Zafarning 1-Mustaqil ishi
Bo’g’ish. Tarmoqlarda bo’g’ish atayin yoki atayin bo’lmagan interferensiyaning aloqa kanalidagi jo’natuvchi va qabul qiluvchi imkoniyatidan oshganida sodir bo’ladi. Natijada, bu kanal ishdan chiqariladi. Hujum qiluvchi bo’g’ishning quyidagi usullaridan foydalanishi mumkin.
Xizmat kursatishdan voz kechishga undash. DoS (Denial of Service - xizmat ko’rsatishdan voz kechishga undash) xilidagi hujum tarmoqni butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Butun tarmoqda, jumladan bazaviy stansiyalarda va mijoz terminallarida, shunday kuchli interferensiya paydo bo’ladiki, stansiyalar bir-birlari bilan bog’lana olmaydilar (5.2-rasm). Bu hujum ma’lum doiradagi barcha kommunikatsiyani o’chiradi. Simsiz tarmoqqa bo’ladigan DoS hujumni oldini olish yoki tuxtatish qiyin. Simsiz tarmoq texnologiyalarining aksariyati litsenziyalanmagan chastotalardan foydalanadi, demak, bir qancha elektron qurilmalardan interferensiya bo’lishi mumkin. 5.2-rasm. Simsiz kommunikatsiyalarda bo’g’ish hujumlari Mijozlarni bo’g’ish. Mijoz stansiyasini bo’g’ish firibgarga o’zini bo’g’ilgan mijoz o’rniga qo’yishiga imkon beradi (5.3-rasm). Mijoz ulanishni amalga oshira olmasin degan maqsadda unga xizmat ko’rsatishdan voz kechishga undash uchun ham bo’g’ishdan foydalaniladi. Juda mohirlik bilan qilingan hujumlar niyati buzuq stansiyasini bazaviy stansiyaga ulash maqsadida mavjud ulanishni uzadi. 5.3-rasm. Ulanishni ushlab qolish maqsadida mijozni bo’g’ish hujumi Bazaviy stansiyani bo’g’ish. Bazaviy stansiyani bo’g’ish uni hujum qiluvchi stansiyasi bilan almashtirishga imkon beradi (5.4-rasm). 5.4-rasm. Ulanishni ushlab qolish maqsadida bazaviy stansiyani bo’g’ish hujumi Bunday bo’g’ish foydalanuvchilarni xizmatlardan foydalanishdan, telekommunikatsiya kompaniyalarini esa foydadan mahrum qiladi. Yuqorida qayd etilganidek, aksariyat simsiz texnologiyalar litsenziyalanmagan chastotalardan foydalanadi. Shu sababli ko’pgina qurilmalar – radiotelefonlar, kuzatish tizimlari va mikroto’lqinli o’choqlar - simsiz tarmoq ishiga ta’sir etishi va simsiz ulanishni bo’g’ishi mumkin. Bunday atayin bo’lmagan bo’g’ish hollarini oldini olish uchun, qimmatbaho simsiz asbob-uskunani sotib olishdan avval u o’rnatiladigan joyni sinchiklab tahlillash lozim. Bunday tahlil kommunikatsiyalarga begona qurilmalarning ta’sir etmasligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi va ma’nosiz xarajatlardan asraydi. Download 247.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling