Xojiyeva mujgonaning
Lazerlarning ishlash prinsiplari
Download 139.31 Kb.
|
O`zbåkiston råspublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi
Lazerlarning ishlash prinsiplari
Lazerlarningishlash prinsipida faol moddaning atom tuzili-shi juda muhimdir. Muhit atomlarining qozgalgan (galayonlangan) holatida, metastabil holatida yoki galayonlangan holatda uzoq vaqt turish hususiyati bolishi zarur. Atomlar oz tuzilishiga qarab biror turtkisiz sekund metastabil holatda boladilar. Oddiy muhitdan yoruglik otsa u yutiladi va intensivligi kamayadi. faol muhitda esa yoruglik tarqalishida u kuchayishi va intensivligini ortishi kuzatiladi. Bunday muhitlarfaol yoki zarralarning energetik sathlar boyicha inversli (teskari) muhit deyiladi. Optik kvant generatori (OKG) yoki lazer faol muhit, qozgatuvchi (tebrantiruvchi) qurilma va rezonatordan iborat boladi. Faol muhit turiga qarab lazer qurilmalari qattiq jismli, suyuqlikli, gazli, yarimotkazgichli va boyoq moddali lazerlar korinishida boladi. Muhitni galayonlangan (uygongan, qozgalgan) holatga keltirish (aktivlashtirish) qozgatuvchi qurilma yordamida qozgotib amalga oshiriladi. Qattiq jismli lazerlarda qozgatish yoki optik tazyiq kuchli yoruglik yordamida bajariladi. Gazli lazerlar elektr razryadi (uchqun)dan foydalaniladi. yarimotkazgichli lazerlar faol muhit ishchi qismi p-n otish orqali elektronlar oqimi (elektr toki) ni otkazishga asoslanib ishlaydi. Invers bandli muhit nurlanishi intensivligini oshirishda rezonatorlar (ikkita yaqin shaffof kozgular) dan foydalaniladi. Tarqalayotgan fotonlarning faol muhit orqali kop marta otishi rezonator yordamida amalga oshiriladi. Lazerlarda ular tutib qoluvchi va kuchaytiruvchi vazifasini bajaradi. Lazerlarning ish jarayonini 3 yoki 4 sathli modelda korsatish mumkin. Uch sathli generatorlarda lazer nurlanish elektronlarning invers joylashishi asosida sath bilan uygongan sathlarning birortasi orasida, tort sathli generatorlarda esa ikkita uygongan sathlar orasida roy beradi. Uch sathli sxema bilan ishlaydigan lazerlarga yoqut (rubin) lazeri misol bola oladi. Bu guruhga kirgan xrom , samariy , uran , neodim va boshqa elementlardan tuzilgan lazerlar kiradi. Rubin (yoqut) lazerda 0,05% gacha xrom ionlari qoshilgan alyuminiy oksid dan tayyorlangan kristall ishlatiladi (1-rasm). Lazerlarda asoslari parallel bolgan silindrik sterjen ishlatiladi. Impulsli lampadan chiquvchi yoruglik faol muhitda tebranish hosil qiladi. Lazer nurlanishini hosil qilishda bir nechaming joulgacha energiyali zaryadlangan kondensatorlar batareyasi lampa orqali razryadlanadi. Lampa qisqa muddatlar yoruglik oqimi bilan yoqut oqini yoritadi. Impulsli lampaning kuchli yoruglik oqimi yoqutga tushganda, xrom ionlari lampadan chiqayotgan nuolanish spektrining yashil va sariq qismlarini yutib, uygongan holatga, yani uchinchi energetik sathga otadi. Xrom ionlari qisqa vaqt turgach, spontan holda nurlanishsiz ikkinchi (metastabil) holatga otadi. bu nurlanishga tayyor faol muhitni hosil qiladi. Lampa nurlanishidan turtki olib, lazer nurlanishi hosil qilinadi. Lazerning nurlanish quvvati 2 Kvtgacha etadi. Uning foydali ish koeffitsienti 0,1-10% ni tashkil etadi. Suyuqlikli lazerlar organik boyagichlar eritmasida ishlaydigan lazerlardir. Bu lazerlarda optik tazyiq ni yoqutli lazer yoki neodim shishali lazer bajaradi (2-rasm). Boyagich moddalarning kop turi (~100) mavjud ekanidan lazer nuri chastotasi turli boladi. Gazli lazerlarda faol muhit sof gaz yoki gazlar aralashmasidan iborat boladi. Geliy-neonli lazer bunga misol bola oladi (3-rasm). Gaz arlashmasi elektr razr-yadi bilan uygongan holatga keltiriladi. Bu lazer rezonatori gazli nay oqiga tik joylashtiriladi. Bu lazer nurlanishi mkm bolgan kogerent tolqindir yoki mkm infraqizil nurni generatsiyalaydi. Yarimotkazgichli lazerlarda faol muhit p-n otishli yarimotkaz-gichdir. yarimotkazgichli lazerlarda faol muhit optiq tazyiq va elektr toki tasirida uygongan holatga keltiriladi. yarimotkazgichli diod qalinligi 0,1 mm va yuzasi bir necha mm2 bolgan kristall plastinkadan iborat (4-rasm). Plastinkaning ikki tomoniga elektrodlar ulanadi. Bu lazerlar nurlanish diapazoni infraqizildan ultrabinafshagacha bolishi mumkin. Bu lazerlar tuzilishi sodda, olchamlari kichik va uzoq vaqt davomida ishlaydi. Ionli va kimyoviy lazerlar ham gazli lazerlar hisoblanadi. Ionli lazerlarda faol muhit ionlar bolsa, kimyoviy lazerlarda esa kimyoviy reaksiya natijasida uygongan holatga otgan atomlar boladi. Download 139.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling