Xokazo bilan davolash usullariga qiziqish ortib
Download 37.11 Kb.
|
8 - mavzu apiterapiya
Mavzu № 8. Apiterapiya umumiy tushunchasi va uni zamonaviy tibbiyotda tutgan o‘rni.Keyingi yillarda insonni tabiiy moddalar masalan, giyoh- lar bilan, tabiiy mahsulotlar, shu jumladan, asalari mahsu- lotlari (asal, propolis, asalari suti, asalari tashib kelgan gulni changi va xokazo) bilan davolash usullariga qiziqish ortib borayapti. Asal. Tarkibida levuloza 36 %, glyukoza 32%, saxaroza 2%, maltoza 8%, suv 20%, ma’danli (mineral) tuzlar 2% bo’lib o’ziga xos hidi ham bor. Asalari yashik ichidagi haroratni mo’’tadillashtirish uchun propolis ishlatadi. Ayniqsa, kuzda arilar qishlikka tayyor- garlik ko’rishda ko’p miqdorda propolis ajratib, hamma te- shiklarni berkitadilar. Propolis lotin tilidan olingan bo’lib, yetishtiruvchi, ber- kituvchi degan ma’noni bildiradi. Tarixiy ma’lumotlardan anikdanishicha, propolis — asalari yelimi bemorlarning dardiga darmon bo’luvchi xom ashyo, darmon-dori sifatida ishlatilgan. Uning bakteriotsid, za- hardan tozalovchi, ofiq qoldiruvchi, yaralarni tez bitiruvchi xususiyatlari anikdangan. Propolisdan tayyorlangan dori-dar- monlar, (surtma, tomchilar va boshqalar) uzoq bitmagan yara- lar, me’da ichak yarasi, ayollar va erkaklar ichki va tashqi jinsiy a’zolarini shamollashi, bavosil, tumov, bel va oyoq og’riqlari, nevrit, radikulitlar va o’pka tuberkulyozini (3-4 oy davomida) davolash xususiyati ga ega. Propolisni analiz qilganda esa smola va balzam 36%, efir moylari 10%, mum 28- 29%, gullar changi 5% gacha bundan tashqari, aromatik muattar hid taratuvchi moddalar borligi anikdangan. Propolis bahorda pichoq va boshqa shunga o’xshagan narsalar bilan ari yashiklari devorini qirib olinadi. Propolis 65—70°S haroratda eriydi, efirda to’la eriydi. Spirtda 60-65% eriydi. Propolisning 10% li spirtli eritmasini tayyorlash uchun 10 gramm propolisni tozalab, maydalab ustiga 70% spirt qo’yiladi. Qorong’i joyga qo’yib, har 2— 3 soatda aralashtirib turiladi. 72 soatda och qizil rangga kiradi. Cho’kmasidan ajra- tilsa, dori tayyor. Propolisdan surtma tayyorlash. Qo’yning dumba yogi, vazelin, baliq yogi, lanolin yogining birortasidan olib, qozonda yoki birorta, sirlangan idishda dog qilib olib, 5—7 daqiqa- dan keyin ustiga 10 gramm maydalangan propolis solinadi, 75-80°S haroratda 30 daqiqa davomida aralashtiriladi, is- siqdigida ikki qavat dokadan suziladi va shisha idishlarga qo’yiladi. Uzoq yillar sakdash mumkin. Propolis yog’ini tayyorlash. 1 kg maska yogi (sigir sutini sovutib, shopirish yo’li bilan olingan qaymoq) yoki qo’yning dumba yogini eritib, dog qilib olovdan olib, sirli idishga solinadi, ustiga 100 gramm propolisni maydalab solib, 20-30 daqiqa aralashtiriladi. 75-80°S issiqligida 2 qavat dokadan suzib, kichkina-kichkina idishlarga solib, qorong’i joyda saqlanadi. 50 g propolis va 35 g mumni aralashtirib, sirlangan idishga solinadi va katta sirlangan suv qo’yilgan idishga (suv hammomiga) qo’yiladi, katta idishdagi suv qaynaganda propolisni bug’lantiradi, shundan ustiga engashib, 10—15 daqiqa davomida, har 12 soatda 1 marta (bronxit, bronxial astma, tuberkulyoz, angina, tumov, gripp, faringit, larin- gitda) ingalyatsiya qilinadi. Propolisning 10% surtmasi kuygan, sovuq olgan joylarga surtiladi, bavosilda 2 gramm surtmani orqa peshovga quyilsa yaxshi naf beradi. Tumov vaqtida esa gugurt cho’piga pilik qilib surtmani burun teshiklariga bir kunda 3—4 mahal surtiladi. Ayollarning jinsiy a’zolari xastaligida (shamollash, eroziya, kol pit) qinga 10—15 kun davomida tampon holatida qo’yiladi. Propolisning 15% li surmasi: yaralarni tez bitishi uchun (uzok, bitmaganda) trofik yaralari, teri xastaligi, so’gal, kichima, burun shilliq qavati yallig’lanishi, labni yorilishi, qovoq- lar shamollashida ishlatiladi. Teri kuyganda va uchuq toshganda (10% surtma) 20% li surtma surtiladi. Gushda, zamburugli xastalikda, teri yaralarida 30—40% lisi ma’qul. Radikulit, periferik nerv tolalarini shamollashida, kuydirgi, chipqonda yaxshi naf beradi. Madorsizlikda, spirtli eritmasidan 15 kun davomida har 8 soatda 1 choy qoshiqdan ichib turilsa quvvat bo’ladi. Inson kayfiyati ko’tariladi, odam yaxshi uxlaydi, ishtahasi ochiladi. Download 37.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling