Xokazo bilan davolash usullariga qiziqish ortib


ASALNING YARA VA JAROHATLARGA TA’SIRI


Download 37.11 Kb.
bet5/7
Sana22.04.2023
Hajmi37.11 Kb.
#1377754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 - mavzu apiterapiya

ASALNING YARA VA JAROHATLARGA TA’SIRI. Xalq tabobatida asal jarohat va yaralarni davolashda keng qo’llanilgan. Xo’sh, asal jarohatlarga qanday ta’sir ko’rsatadi. Asal jarohat ustiga qo’yilganda, shu joy atrofida qon va limfa oqimini kuchaytiradi, shu bilan jarohat bir qadar tozalanib, hujayralar oziqa moddalar bilan yaxshi ta’minlanadi. Ayniqsa, asal sustlik bilan bitadigan yara va jarohatlarni tez bitiradi.
Hozirda Konkov preparati nomi bilan yuritiluvchi farmetsevtika sanoati miqyosida tarkibida asal bo’lgan malhamlar chiqarilmoqda. Ular o’z navbatida yiringli, tez bitmaydigan yaralarni davolashda, shuningdek, kuygan joylarning tezlikda et olishi uchun samarali vositalar qatoriga kiradi. Xalq tabobatida evkalipt giyoh barglaridan 50 g olib, ustiga 0,5 l suv qo’yib, 3-4 daqiqa davomida qaynatilgach, suzib olinadi, so’ngra sharbatiga 2 osh qoshikda asal solib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan evkaliptli asalli suv jomcha yoki bog- lov (primochka) sifatida jarohatlarni davolash uchun foydalaniladi. Quritilgan moychechak gullaridan 1 osh qoshiq olib, bir stakan qaynoq suvda damlab, soviganidan so’ng suzib, ustiga 1 choy qoshiq asal qo’shib aralashtiriladi. Stomatit, anginada ogiz chayiladi. Kolitda huqna (klizma) qilish ham mumkin. Asaldagi glyukoza va fruktoza 20 daqiqada organizmga sin- gib, qonga o’tadi, ingichka ichakda darrov singadi. Asal mul oy im surgi vazifasini o’taydi. Buning uchun katta yoshdagi kishilarga 50-100 g asal sof holida yoki suv bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qabziyatda bolalarga (5—8 yosh) asalni iliq sut bilan ichirish yaxshi natija keltiradi. 30 g asalni mo’’jaz piyolada sut bilan aralashtirib, kechqurun ichi- riladi.
Me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi kasalligida asalni nonushta hamda tushlikdan bir yarim-ikki soat oldin, shuningdek kechki ovqatdan 3 soat keyin iste’mol qilish tavsiya eti- ladi. Odatda, asalni iliq suvda eritib ichiladi. Eritilgan asal me’daga latif ta’sir etish bilan birga, og’riq qoldira- di, ko’ngil aynashi, zarda qaynashiga xotima beradi. Asalni ovqatlanish oldidan iste’mol etilsa, me’da shi- rasi kislotal il i gi kamligi bilan bog’liq xastalikni davolashda yordam beradi. Bunda 1 osh qoshiq asalni 1 stakan sovuq suvga solib ichiladi. 1 osh qoshiq asalni 1 stakan suvda eritib, stomatit, og’iz yallig’lanishi kasalligida mikroblarga qarshi foydalanish mumkin. Bir stakan lavlagi sharbati, 1 stakan sabzi sharbati, 1 stakan yerqalampir sharbati (qirg’ichdan o’tkazilgan yerqalampir suv bilan 36 soat davomida damlab qo’yiladi) va bir dona limon sharbatini
1 stakan asal bilan aralashtirib, ikki oy kun i ga 2—3 mahal ovqatdan keyin iste’mol etilsa, gipertoniya kasalligida juda foyda beradi yoki 1 stakan sabzi sharbati, 1 stakan yerqalampir sharbati, qirg’ichdan o’tkazilgan yerqa- lampir ildizi bir sutka davomida suvda damlab qo’yiladi, 1 stakan asal va 1 dona limon sharbati aralashtiriladi. 1 osh qoshiqdan kun i ga 3 mahal ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ovqatlanishdan 2—3 soat o’tgach ichiladi. Sharbatlar ogzi yaxshi yopiladigan shisha idishlarda salqin joyda saqlanadi. Xafa- qon xastaligining dastlabki davrlarida ijobiy natijasi shub- hasiz. Miya tomirlari sklerozida 2 oy mobaynida muttasil ravishda asal va piyoz sharbati omuxtasidan (1:1) kun i ga 2 mahal ertalab va kechqurun bir osh qoshiqdan ichish lozim. Yurak mushaklari sustligida asalni na’matak mevalaridan tayyorlangan qaynatmaga aralashtirib ichiladi. Quritilgan na’matak mevalaridan 1 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynoq suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma soviganidan keyin suzib, 1 osh qoshiq asal qo’shib aralashtiriladi. Kuniga chorak-yarim stakandan 2—3 maxal ichiladi. Og’zi yaxshi yopilgan holda saqlanadi. Sil kasalligida bemor organizmining quvvatbaxsh omillarga nisbatan ehtiyoji ortganda kuniga 100 g, ba’zida 150 g asalni sut bilan ichish kerak. Xalq tabobatida sil kasalligida asalni nafaqat sut bilan, balki bir qator yog’lar (sariyog’, g’oz yog’i) bilan iste’mol qilishi tavsiya etil adi. Me’da yarasi kasalliklarida asalni ovqatlanishdan 1,5-2 soat oldin yoxud ovqatlanishdan 3 soat keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Asal bilan yarani davolashda, odatda, kuniga 3 mahal, ertalab — 30 g, peshinda — 40 g, kechqurun — 30 g miqdorida iste’mol qilinadi. Asalni qaynatib, iliq holida suvda (1 stakan) eritib, 2 oy ichiladi.
Quyida asal asosida tayyorlanadigan ichimlik va taomlar xaqida ma’lumotlar keltiramiz. Ular nafaqat tabiatli bo’lib- gina qolmasdan a’zolarni mustahkamlab, kasalliklarga nisbatan organizmning bardoshini oshiradi.

  • * * 2 qoshiq qizil lavlagi sharbati, 1 stakan kefir, 1 osh qoshiq na’matak mevalari sharbatidan, yarimta limon sharbati va 1 osh qoshiq asaldan olib, obdon aralashtiriladi. Bu odam- ga rohat beradi. Kishi tabiatini yengillashtirib, kayfiyatini ziyoda etadi.

  • * * 1 osh qoshiq do’lana mevalari sharbati, 3—4 osh qoshiq kefir, bigga tuxum sarigi va 1 osh qoshiq suyuq (yoki suyultiril- gan) asalni yaxshilab aralashtirilsa, bir kishilik kokteyl tayyor bo’ladi.

  • * * 400 g olma, 400 g nok, 4 osh qoshiq maydalangan yong’oq mag’zi, 3 osh qoshiq asal, 1 dona limon sharbatidan tayyorlanadigan aralashma. Buning uchun olma, nok qirg’ichdan o’tkazilgach, limon sharbati va asal qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Idishga solib, ustiga maydalangan yong’oq sepib dasturxonga tortiladi.

  • * * 200 g rezavor, 200 g suzma, 2 osh qoshiq sut hamda 2 osh qoshiq asaldan quvvatbaxsh aralashma tayyorlash uchun dastlab sut bilan suzmani aralashtiriladi. Quyukdashgach, rezavor meva va asal qo’shib obdon aralashtiriladi.

  • * * Bolqaymoq quyidagicha tayyorlanadi: asalni suv hammomida suyultiriladi. Qaymoqni qam biror idishga solib, aralashti- rilib turiladi. Qaymoq qaynab, yogi yuziga ko’tarilgach, erigan asalga qo’shib aralashtiriladi. Bolqaymoq quyuqroq bo’lishi uchun ozgina oq un qushishi lozim. Taom issikdigicha iste’mol qili- nadi. Bolqaymoq tayyorlash uchun: 2 stakan qaymoq, 0,5 stakan asal, 1 osh qoshiq un kerak bo’ladi.

  • * * Quvvat bag’ishlovchi darmondori: asal va sariyog’ni alohida- alohida idishlarda eritib, bir-biriga qo’shiladi, yog’och kurakcha bilan quyuq-suyukdigi bir xil bo’lguncha aralashtiriladi. Nonga surtib yeyiladi. 400 g asal, 500 g sariyog’ kerak bo’ladi.

  • * * Yong’okdi asal tayyorlash uchun yong’oq mag’zini hovonchada yan- chib yoki ko’zi mayda go’sht qiymalagichdan o’tkazib, bir oz quri- tiladi va g’alvirdan o’tkazib, asalga yaxshilab aralashtiriladi. Bu taom juda quvvatli va to’qtutar bo’lishi bilan birga shifo ham, salomatlikni yaxshi sakdaydi, ovqat hazm qilish a’zola- rining ish qobiliyatini oshiradi, odamni baquvvat qiladi. 250 g asalga 100 g yanchilgan yong’oq mag’zi qo’shiladi.

  • * * Juda holdan toy ganda asal-sabzili sho’rva tayyorlash uchun 6 dona o’rtacha kattalikdagi sabzi, 2 osh qoshiq mayiz, 1,5 l sut, 2 osh qoshiq asal va ta’bga qarab tuz olinadi. Sabzi katta ko’zli qirg’ichdan o’tkazilib, mayiz bilan aralashtiriladi (sab- zini oldindan yaxshilab yuvilib, bir necha daqiqa qaynoq suvga solib qo’yish lozim). Keyin tuz solib, qaynatib, sovutilgan sut aralashtiriladi.

  • * * Na’matak — asalli ichimlikni quyidagicha tayyorlash mumkin: quritilgan, bir oz ezilgan na’matak mevalari sovuq suvda yuvilib, sirlangan idishga solinadi. Ustiga qaynab turgan bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. So’nfa na’matak mevalari bilan toza shisha idishga solib, ustini doka bilan yopib, iliq joyda 10—12 soat sakdanadi. Keyin ikki qavatli dokadan suzib, mevalarini siqib, sharbati olinadi. Hosil bo’lgan nordon-chuchuk sharbatga 1 osh qoshiq asal qo’shib aralashtiriladi. 12—24 soat ichida ichish lozim.

  • * * Asalli limonad quyidagicha tayyorlanadi. 1 stakan ichimlik uchun 1 osh qoshiq limon sharbatini, 2 osh qoshiq asalga aralashtirib qaynatib, sovutilgan suv bilan suyultiriladi.

  • * * Asalli-qulupnayli ichimlik. 1,5 stakan sutga 2 osh qoshiq asal va yarim stakan ezilgan qulupnay, ozgina tuz qo’shib, obdon aralashtiriladi. * * * Asalli-po’rtaholli ichimlik. 1,5 stakan sutga yarim stakan po’rtahol (apelsin) sharbati va 3 osh qoshiq asal qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. * * * Asalli-maymunjonli ichimlik. 1 stakan sutga 2 osh qoshiq maymunjon sharbati va 1 osh qoshiq asal qo’shib aralashtirib, suv bilan suyultiriladi.

  • * * Asalli-olchali ichimlik. Yarim stakan olcha sharbatiga 1 osh qoshiq limon sharbati va 2 osh qoshiq asal, ozgina tuz qo’shib, bir yarim stakan sut bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu ichimlik nafaqat totli, xushta’m bo’lishi bilan birga kishi organizmini mustahkamlaydi.

  • * * Asalning mikroblar kushandasi, shuningdek, bijg’ishga qarshi xususiyati bo’lganligi tufayli, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, tabiat ne’matlarini saqlash, konservalash amalida foydalanish mumkin.

Download 37.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling