Didaktik materiallar tayyorlash. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun manba sifatida ishlatiladigan vositalarni tayyorlash ham metodik ishlarga kiradi. o’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o’qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi. Agar tayyor vositalar yo’q bo’lsa, u holda bu vositalarni o’qituvchining o’zi tayyorlashiga to’g’ri keladi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlashda mehnat ta’limi o’qituvchisi chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarni inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:
-ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska tasvirlari uchun eskizlar;
-yozma topshiriqlar, yozma va og’zaki testlar uchun so’rov qog’ozlari;
- baholash varag’i, nazorat qog’ozi;
- ish rejalari, tashkiliy hujjatlar.
O’qituvchi uchun materiallar nafaqat sohaga tegishli ma’lumotlarni, balki tashkiliy ishlar, usul va natijalarni baholash borasidagi ma’lumotlarni ham o’z ichiga oladi. O’quvchilar uchun materiallar esa qoida bo’yicha faqatgina sohaga tegishli jihatlarni o’z ichiga oladi.
Didaktik materiallar o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lsa, o’qitish materiallardan farq qilishi mumkin. Masalan: topshiriqlar varaqlari, savolnomalar, yo’naltiruvchi usul savollari va muayyan tarqatma materiallar.
Tarqatma materiallar tayyorlash bo’yicha eng yangi usullardan biri bu matnlarni ranglar bilan ajratish sanaladi:
-oq qog’ozlar: mazmuniy jihatlar borasida matnlar (o’qituvchi va o’quvchilar uchun)
-yashil qog’ozlar: o’quvchilarga topshiriqlar
-qizil qog’ozlar: o’qituvchining metodik hujjatlari va topshiriqlarning javob varaqalari.
Ranglarni kodlash ham hujjatlardan foydalanishni engilllashtiradi. Shuningdek, bugungi kunda kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda turli o’quv didaktik materiallar tayyorlash uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |