Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


Amaliyotchi talabaga maslaxatlar


Download 0.65 Mb.
bet117/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

Amaliyotchi talabaga maslaxatlar.
Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o’qituvchisini tayyorlash­da shunday jarayondirki, bunda xar bir talaba o’qish davrida to’plagan bilimlarini majmuaviy tarzda foydalanishga to’g’ri ke­ladi. Shuning uchun pedagogik amaliyot davridy o’qish jara­yonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ko’rinib qoladi. Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o’qituvchisini tayyorlashda o’ziga xos sinov hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, amaliyotchining yoshi u raxbarlik qilayotgan o’quvchilarning yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundan boshlab to’g’ri yo’l tanlash, o’quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo’l qo’ymaslik, takabburona munosabatda bo’lmaslik juda muxim­dir. Tajribalarning ko’rsatishicha, amaliyotchi talaba o’quvchilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lsa, ya’ni ularga xayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda bolalar bilan inoqlashib ketadi.
Amaliyotchi talabaning tashqi qiyofasi xam muxim rol o’ynaydi. U o’quvchiga namuna bo’lishi zarur. Amaliyotchi ta­laba oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan talaba o’quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. Amaliyotchi talaba nafaqat tashqi qiyofasi bilan, balki o’zining odobi, xulqi, katta va kichiklarga muomalasi bilan namuna bo’lishi kerak. Bu esa tala­baning amaliyot davrida turli to’siqlarga duch kelmasdan amaliyotni tugatishiga va davr talabidagi pedagog kadr bo’lishiga zamin bo’ladi. Talabalar amaliyot davrida maktab pedagogik jamoaning a’zosi bo’ladilar, binobarin maktab tartibiga bo’ysunadilar, mehnat intizomiga amal qiladilar.
Pedagogik amaliyotning samaradorligi ko’p jixatdan talaba­ning mustaqilligi va faolligiga, uning ishga ijodiy yondashishiga bog’liq bo’ladi. Mana shu amaliyot davrida talabaga bitiruv ma­lakaviy ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot materiallarini to’plash va umumlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Pedagogik amaliyotning vazifalari.
Mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim stan­dard talablaridan kelib chiqqan xolda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:
  • talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarash- larni shakllantirish;


  • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar xamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlash va amalda qo’llash;


  • bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy xolatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;


  • talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’tkazilishi bilan tanishtirish;


  • talabalarga maktab o’quvchilarini fan olimpiadalariga tay­yorlash rejalari bilan tanishtirish;


  • talabalarni maktab, o’quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy axvoli, ilg’or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;


  • o’qituvchilarning muxim kasbiy va shaxsiy xislatlarini ri­vojlantirish;


  • talabalarni bevosita pedagogik-psixologik faoliyatda qat- nashishlariga erishish;


  • talabalarni maktab, o’quvchilarini pedagogik kasbga yo’nal­tirish va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga o’rgatish;


  • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ish­larini joriy va istiqbolli rejalashtirishni o’rgatish;


  • talabalarda o’qituvchining ish rejasiga muvofiq maktab o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish malakasini shakl­lantirish;


  • ta’lim tarbiyaviy ishlarning asosiy shakllari (dars, suxbat, o’yin va boshqalar)ni amaliyotga tatbiq qilishni o’rgatish;


  • talabalarga maktab o’quvchilari bilan olib boriladigan ta’- lim-tarbiya ishlarini kuzatish va taxlil qilishni o’rgatish;


  • zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llab dars o’tishni o’rga­nish kabilardan iborat.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling