Hisobot topshirish.
Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va o’qituvchi sifatida bajargan ishi, o’quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma xamda xujjatlarning o’z vaqtida topshirilishi va sifatini hisobga olgan xolda, reyting tizimi asosida qo’yiladi.
Pedagogik amaliyotni o’tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik va metodik fanlardan egallangan bilimlariga tayanadi.
Quyida talabalarning pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bo’lgan tadbirlar xamda bu jarayonda yuritiladigan xujjatlar mazmuniga to’xtalamiz.
Amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muxokamasi qarorlaridan ko’chirma, o’tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari taxlili bayoni, o’tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta o’quvchiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davri- da guruxning o’quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, maktab xaqida ma’lumot, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.
Yangi mavzu bayoni: ( 65 daqiqa)
“Zinama – zina” metodidan faydalaniladi.( 4- ilova )
I-guruh: Pazandachilik o‘quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. (1- ilova)
II-guruh:Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. (2- ilova)
III-guruh:Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson orga-nizmi uchun ahamiyati. (3- ilova)
I-guruh (1- ilova)
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilganidek, umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha fanlar uchun maxsus jihozlangan xonalar va ularning moddiy ta’minoti zamonaviy bo‘lishi zarur. «Mehnatta’limi» fanining Servis xizmati yo‘nalishi pazandachili asoslari bo‘limini o‘qitish uchun ham xonalar kerakli asbob-anjomlar bilan yetarli darajada ta’minlanishi dars mashg‘ulotlarini yuqori darajada olib borish inkonini beradi.
1-rasm.Oshxona tuzilish. 2-rasm.Osxona jixozlari. 3.rasm. Elekrplita va qo’l yuvish chanog’i saqlash.
Pazandachilik xonasi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun alohida bo‘lgani ma’qul. Amaliy mashg‘ulotlar xonasiga yorug‘lik yaxshi tushadigan, hid va bug‘lardan tozalash uchun maxsus shamollatgich moslamalar o‘rnatilishi kerak. Uning devorlari kafel bilan qoplangan bo‘lib, qo‘l yuvish uchun oshxona chanog‘i bo‘lishi zarur. Oshxona jihozlarini saqlash uchun mebellar (1-2-rasm), maxsulotlarga ishlov berish va tayyorlangan taomlarni bezash uchun stollar bo‘lishi hamda mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish uchun elektr plita va duxovkalar (2-rasm) yong‘inning oldini olish va elektr xavfsizligi qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |