Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


AGROKIMYO fanidan (laboratoriya mashg’ulotlari)


Download 373.5 Kb.
bet33/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

AGROKIMYO fanidan (laboratoriya mashg’ulotlari)


1 - LABORATORIYA IShI

KIRISh XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI


Agrokimyodan laboratoriya mashg’ulotlarni o’tishda amal qilinadigan talablar
Laboratoriya ishlari nazariy bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, laboratoriyada ishlash qator talablarni bajarishni taqazo etadi:

  • laboratoriya ishlari faqat xalat kiygan holda bajarilishini unutmang; - laboratoriya ishlarini har doim o’zingizga ajratilgan joyda bajaring;

  • o’qituvchi yoki laborantlarning ruxsati va kuzatuvisiz elektr asboblarni tarmoqqa ulamang;

  • ammiak, xlor, vodorod sulfid, kislotalar, ishqorlar va boshqa oson bug’lanadigan zaharli moddalardan faqat mo’rili shkaflarda foydalaning;

  • laboratoriya chanog’iga (rakovina) kislotalar va boshqa zaharli moddalarni, o’simlik qoldiqlari, tuproq va qog’ozlarni tashlamang;

  • laboratoriyada reaktiv va eritmalarni tatib ko’rmang, ularni yaqin masofadan hidlamang;

  • quruq reaktivlarni chinni qoshiqcha yoki shpatellar bilan, eritmalarni esa pipetkalar yordamida oling, ishlatib bo’lgach, ularni yuvib, o’z joyiga qo’ying;

  • suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga quyish lozimligini unutmang;

  • moddani gaz yoki spirt alangasida qizdirayotganda, qolba yoki probirkalar og’zini yoningizda ishlayotgan talaba tomonga qaratmang;

  • barcha eritma yoki reaktivlarni og’zi zich yopiiladigan, to’q tusli shishadan tayyorlangan idishlarda saqlang;

  • eritmalar solingan idishlarga yorliq (etiketka) yopishtiring va unga eritmaning nomi va tayyorlanish muddatini yozib qo’ying;

  • mashg’ulot tugagandan keyin ish joyingizni tartibga keltiring, xonani shamollating va barcha asbob-anjomlar hamda chiroqlarni o’chiring.

Laboratoriyada noxush xodisa ro’y byerganda amal qilinadigan choralar

  • qo’l, yuz va ko’zga kislota sachrasa, shu joy ko’p miqdordagi suv bilan yuviladi, natriy karbonatning 10% li, natriy bikarbonatning 3% li yoki ammiakning kuchsiz eritmasi bilan yuviladi, so’ngra shu joyga kungaboqar, paxta yoki eig’ir yog’i surkaladi;

  • laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida tana qismlariga ishqor sachraganda ham avval mo’l miqdordagi suv bilan, so’ngra sirka (CH3COOH), limon (C6H8O7) yoki bo’rat (H3BO3) kislotalarning kuchsiz eritmalari bilan yuviladi va vazelin surtib bog’lanadi;

  • laboratoriyada ishlash jarayonida kuyish sodir bo’lsa, kaliy pyermanganat

(KMnO4)ning 2% li eritmasi yoki spirt bilan ho’llangan paxta bosiladi yoki streptostid emulsiyasi surkaladi;

  • shisha idish siniqlari qo’l yoki tananing boshqa qismini kesganda, birinchi navbatda shu joy suv bilan yuviladi, qisqich (pinstet) yordamida jarohatdagi siniqlar tyerib tashlanadi so’ngra kaliy pyermanganat eritmasi bilan yuviladi hamda 3-5% li yod eritmasi surib, bint bilan bog’lanadi;

  • ammiak ta’sirida zaharlanish sodir bo’lsa, sirka kislota hidlatiladi, sut ichiriladi yoki limon bo’lakchasi shimdiriladi;

  • tyeriga simob to’qilsa, shu joyga darhol oltingugurt kukuni sepiladi, keyin temir(III)-xlorid eritmasi bilan yuviladi. Brom tekkan joy darhol benzol bilan yuvib tashlanadi;

  • azot oksidlari (NO, NO2), vodorod sulfid (H2S), xlor (Cl) va metan (CH4) gazlaridan zaharlanish ro’y byerganda, jabrlanuvchi darhol ochiq havoga olib chiqiladi;

Barcha hollarda birinchi yordam ko’rsatilgandan keyin vrachga murojaat qilinishi shart.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling