Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet41/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

6 - LABORATORIYA IShI
Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorini

Machigin-Protasov usulida aniqlash


Tahlilning mohiyati. Tuproqdagi fosfor va kaliyning harakatchan birikmalari ammoniy karbonatning 1% li eritmasi (pH 9) yordamida 25 ± 2〫S da siqib chiqariladi. 1:20 nisbatda olingan tuproq va eritmadan so’rim tayyorlanadi. So’rimga kalstiyning mono- va difosfatlari, kamroq miqdorda organik fosfatlar, qiyin yeriydigan trifosfatlar hamda kaliyning almashinuvchan va suvda eruvchan shakllari o’tadi.
Ishning borishi. Xona haroratida quritilgan tuproqdan 5 g tortib olinadi va
200-250 ml sig’imli qolbaga solib, ustiga 100 ml 1% li ammoniy karbonat eritmasi quyiladi. Aralashma 5 daqiqa chayqatiladi, 18-20 soatdan keyin aralashtiriladi va filtrlanadi. Filtrat rangsiz yoki kuchsiz bo’yalgan bo’lsa, 10-20 ml eritma 50 ml hajmli o’lchov qolbasiga o’tkaziladi.
(Agar eritma to’q tusli bo’lsa, uni oqartirish uchun quyidagi tadbir amalga oshiriladi: filtratdan 10-20 ml olib, 50 ml sig’imli o’lchov qolbasiga solinadi, ustiga Shmuk bo’yicha tayyorlangan sulfat kislotadan 2 ml va KMnO4 ning 0,5 n li eritmasidan 4 ml quyiladi. Qolbalar elektr plita ustiga qo’yiladi va past haroratda 2 daqiqa qaynatiladi. qaynoq eritma ustiga glyukozaning 10% li eritmasidan 1 ml qo’shiladi va rangsizlangan eritma sovitiladi).
Eritmaga bir oz suv qo’shiladi va β-dinitrofenol indikatori ishtirokida ochsariq ranga o’tguncha neytrallanadi. Ustiga 2 ml molibden reaktivi, so’ngra qolbaning o’lchov chizig’igacha distillangan suv qo’shiladi va pipetka yordamida qalay(II)-xloridning 0,5 ml suvli eritmasi quyiladi. Qolba og’zini barmoq bilan yopib, 2-3 marta chayqatiladi. Oradan 5 daqiqa o’tgach, qizil yorug’lik filtri orqali eritma FEKda ko’riladi va natija yozib olinadi.
Tahlil qilinayotgan eritmalar tarkibidagi P2O5 ning konstentrastiyasi kalibr grafigi asosida topiladi va tegishli formula asosida P2O5 ning miqdori 100 g yoki 1 kg tuproqda mg larda (mg/kg) hisoblanadi.
Almashinuvchan kaliyning miqdori ham shu eritmadan alangali fotometr yordamida aniqlanadi.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling