Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Matyerial va asbob-jihozlar


Download 373.5 Kb.
bet43/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

Matyerial va asbob-jihozlar: konussimon qolbalar, filtr qog’ozlar, 50 ml sig’imli o’lchov qolbalari, pi petkalar, elektr plitka, analitik tarozi, fotoelktroqolorimetr, alangali fotometr.

7 - LABORATORIYA IShI


Mineral o’g’itlarni tashqi ko’rinishi va sifat reakstiyalar asosida farqlash.
Qishloq xo’jaligida keng assortimentdagi mineral o’g’itlardan foydalaniladi. Lekin aksariyat mineral o’g’itlar tashqi belgilarining (rangi, zarrachalarining shakli va b.) o’xshash bo’lishi, shuningdek, ularni noto’g’ri tashish va saqlash natijasida ifloslanishi tashqi belgilariga ko’ra farqlashni qiyinlashtiradi.
Bunday hollarda laboratoriya sharoitida soda usullar yordamida o’g’itlarning turi va nomini aniqlash mumkin.
O’g’it sinchiqlab kuzatiladi, uning ranggi, hidi, to’zilishi, namligiga e’tibor beriladi, ayrim kimyoviy moddalarga ta’siri o’rganiladi va olingan natijalar quyidagi shaklga yozib boriladi yoki ilova qilingan «kalit» asosida aniqlanadi.

Mineral o’g’itlarni sifat reakstiyalar asosida aniqlash natijalari













O’g’itning

Tashqi ko’rinishi

Suvda eruv-
chan- ligi

NaOH bilan
reakstiyasi

BaCl2 bilan
reakstiyasi

AgNO3 bilan
reakstiyasi

Ko’mir cho’g’i ga
munosa bati

Alanga rangginin g
o’zgarish
i

Boshqa reakstiyalar

No
mi

For- mu
lasi







































































































































































































Mineral o’g’itlar zarrabin (kristal) yoki kukunsimon (amorf) holatda bo’lishi mumkin. Barcha azotli (kalstiy stianamiddan boshqa) va kaliyli o’g’itlar (kalimagdan boshqa) hamda ammofos zarrabin holatdadir. Fosforli o’g’itlar va ohakka kukunsimon to’zilish xos.
Suvda eruvchanligiga ko’ra barcha mineral o’g’itlar shartli ravishda uchta guruhga bo’linadi: 1) to’la yeriydigan o’g’itlar (barcha azotli va kaliyli o’g’itlar, ammofos va diammofos); 2) chala yeriydigan o’g’itlar (prestipitat, supyerfosfat, qo’shsupyerfosfat, kalimag, nitrofoskalar); 3) yerimaydigan o’g’itlar (aksariyat fosforli o’g’itlar, ohak, gips).
1-2 g chamasi o’g’it toza probirkaga solinadi va 15-20 ml distillaggan suvda yeritiladi. Agar o’g’it suvda yerisa, eritma uchta toza probirka va bita chini kosachaga bo’linadi va ularga navbat bilan NaOH, VaCl2, AgNO3 va difenilamin eritmalari ta’sir etdiriladi. O’yuvchi natriy o’g’it tarkibida ammiak borligini aniqlashga yordam beradi. Probirkadagi o’g’it eritmasiga kamroq miqdorda ishqor eritmasi tomiziladi va aralashma gaz alangasida qizdiriladi. qizil lakmus qog’ozning ko’karishi yoki o’ziga xos hidning chiqishi ammiak borligidan dalolat beradi (demak, o’rganilayotgan o’g’it NH4NO3, NH4)2SO4 yoki NH4Sl lardan biridir).
Bariy xlorid eritmasi qo’shilganda oq rangli og’ir cho’kmaning tushishi, o’g’it tarkibida SO42- ioni mavjudligidan darak beradi. Agar hosil bo’lgan cho’kma kuchsiz xlorid yoki sirka kislotada yerimasa, bu cho’kma haqiqatan ham BaSO4 bo’ladi. Bundan ushbu o’g’it (NH4)2SO4, K2SO4, KCl• MgSO4•3H2O lardan biri hisoblanadi.
Kumush nitrat eritmasi o’g’it tarkibida xlor yoki fosfat kislota borligini aniqlashda yordam beradi. Agar reakstiya natijasida oq iviqsimon cho’kma (AgCl) hosil bo’lsa, o’g’it tarkibida xlor mavjud (KCl, KCl• MgSO4•3H2O, KCl + mKCl• nNaCl); sariq cho’kma tushsa yoki eritma sarg’aysa o’g’it o’z tarkibida fosfor to’tadi (supyerfosfat, prestipitat). Supyerfosfatni (oq yoki och kulrang granula) prestipitatdan (kulrang jilvali oq kukun) farqlash uchun ko’k lakmus qog’oz va bariy xloriddan foydalaniladi. Prestipitat eritmasiga botirilgan ko’k lakmus o’zgarmaydi, supyerfosfat eritmasida esa qizaradi. Supyerfosfat tarkibidagi gips (CaSO4) bilan ta’sirlashgan BaCl2 oq cho’kma hosil qiladi, prestipitatda bu narsa kuzatilmaydi.
O’g’it eritmasi tarkibida kalstiy mavjud bo’lsa, ammoniyning shovul kislotali to’zi eritmasi ta’sirida cho’kma tushadi.
Selitralar (Ca(NO3)2, NaNO3, KNO3)larning eritmalari difenilamin ta’sirida ko’k rangga o’tadi.
O’g’itlarning ko’mir cho’g’iga munosabati asosida azotli va kaliyli o’g’itlarni bir-biridan farqlash mumkin. Pichoq uchida olingan kaliyli o’g’it ko’mir cho’g’iga tashlansa, o’zgarmaydi, ba’zan chirsillaydi. Selitralar esa, ko’mir cho’g’ida o’ziga xos ovoz chiqarib yonadi. Ammiakli selitra ko’mir cho’g’ida yeriydi, qaynaydi va ammiak hidini chiqaradi. Shuningdek, bu o’g’itlar alanga ranggiga ham o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. qoshiqchadagi o’g’it gaz alangasiga tutilganda, alanga apelsinsimon-sariq ranga o’tsa – natriyli selitra, alanga binafsha rangga o’tsa, kaliyli selitra hisoblanadi.
Kaliyli o’g’itlarni bir-biridan zarrachalarining ko’rinishiga qarab ajratish mumkin. Agar o’g’it yirik pushti va mayda oq rangli zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, kaliy xlorid (KCl), mayda pushti va oq zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, kaliy to’zi (KCl q mKCl•nNaCl), oq,pushti va ko’k zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, silvinit (mKCl•nNaCl) hisoblanadi.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligida nitrofos, nitrofoska, nitroammofos, nitroammofoska, ammofos, diammofos kabi murakkab va murakkab-aralash o’g’itlardan ham keng foydalaniladi. Bu o’g’itlar bir paytning o’zida 2-3 ta oziq elementi (NP, NPK) sulfat ionlari, xlor va kalstiy to’tgani bois tahlil bir oz boshqacha tarzda amalga oshiriladi: chinni havonchada maydalangan o’g’itdan 1 g chamasi olib, toza probirkaga joylanadi, ustiga 15 ml distillangan suv quyiladi va aralashtirib to’rgan holda 5 daqiqa qizdiriladi. Cho’kma tushib bo’lgach, tiniq eritma 5 ta probirkaga teng bo’linadi va ularga quyidagi moddalar ta’sir ettiriladi:


  1. Download 373.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling