X = A • W •1000 / V • T;
bu yerda:
X – NO3 miqdori mg/kg; A - NO3 ning egri chiziqdagi ko’rsatkichi; W - so’rimning umumiy miqdori, ml; V - namuna uchun olingan surimning miqdori, ml; T-tuproq tortimi.
5 - LABORATORIYA IShI TUPROQ TARKIBIDAGI AMMIAKLI AZOTNI NESSLYER
Mashg’ulotdan maqsad: Tuproq tarkibidagi ammiak miqdorini Nesslyer reaktivi bilan aniqlash:
Bunda quyidagicha reakstiya beradi:
2 Hg K2 I4+ 3 KOH + NH3 → NH2 I Hg2O + 7KI + 2H2O
Ish tartibi. 10 g tuproqni tarozida tortib olib, щajmi 150 ml li konussimon qolbaga solinadi, uning ustiga 1 prostentli KCL eritmasidan 100 ml quyib 5 minut aralashtiriladi va 18-20 soat tinch qoldiriladi. Shundan so’ng chayqatiladi va filtrlanadi.
Filtratdan pipetka yordamida 5-10-20 ml yoki 40 ml o’lchab olib, 100 ml li o’lchov qolbaga solinadi. Unga 2 ml segnet to’zi eritmasidan quyiladi (segnet to’zi qo’shilmasi eritmadagi kalstiy va magniy tuzlari cho’kmaga tushishi mumkin), unga o’lchov qolbasining ¾ qismigacha suv va 2 ml Nesslyer reaktividan qo’shiladi, o’lchov qolbasining belgisigacha to’ldiriladi, qolba biroz chayqatiladi va kalorimetr orqali ko’riladi. quyidagi formula b-n hisoblanadi:
X = a· umumiy so’rimning miqdori ·1000 mg/kg
olingan so’rim miqdori·tuproq og’irligi
X= namunadagi NH4 miqdori, mg/kg tuproqda
A- NH4 miqdori, kalibrlangan egri chiziq bo’yicha
Bir gektardagi NH4 miqdorini hisoblash uchun (bir gektardagi tuproq haydov qatlamining massasi 4000000 ga ko’paytirilib, 1000000 ga bo’linadi mg ni kg ga aylantirish uchun).
Ma’lumki, 1 ga yerning satxi S = 10000 m2, o’rtacha haydov qatlami 0,30 sm olinadi, 1m3 tuproqning solishtirma og’irligi- 1200 kg/ ga teng, bularning xammasini bir-biriga ko’paytirib chiqqan 3600 tonna yoki 3600000 kg ni yaxlitlab 4000000 kg xosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |