Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 373.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)
Tahlilning mohiyati. Aniqlash nitratlar va disulfofenol kislotaning o’zaro ta’siri natijasida sariq tusli nitrobirikma hosil bo’lishiga asoslangan:
C6H3 (HSO3)2 OH + 3HNO3 = C6H2(NO2)3OH + 2H2SO4 + 2H2O. Nitratlar yangi olingan tuproq namunalarida aniqlanadi. Saqlash jarayonida tuproqlar tarkibidagi nitratlar miqdori keskin o’zgaradi. Ishning borishi. Yangi olingan tuproq namunasi aralashtiriladi, maydalanadi va uning namligi qo’lda ezish yo’li bilan aniqlanadi (jadvalga qarang) tegishli miqdorda tuproq namunasi olinadi. Olingan namuna 250 ml sig’imli konussimon qolbaga joylanadi va ustiga namlikni hisobga olgan holda 100 ml atrofida, K2SO4 ning 0,05% li eritmasi quyiladi. Aralashma 5 daqiqa chayqatiladi va zich buklama filtrdan o’tkaziladi. Filtratning boshlang’ich 5-10 millilitri tashlab yuboriladi. Namligi asosida tuproq tortimi va eritma miqdorini aniqlash jadvali
Kutiladigan nitrat miqdoriga bog’liq ravishda 5-50 ml so’rim chinni kosachada, suv hammomida bug’latiladi. Sovitilgan kosachaga 1 ml disulfofenol kislota quyiladi va shisha tayoqchaning to’mtoq uchi bilan kosachaga chaplab chiqiladi (shisha tayoqcha ishning oxirigacha kosachada qoldiriladi). 10 daqiqadan keyin kosachaga 15 ml suv quyiladi, shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirgandan keyin, KOH yoki NaOH ning 20% li eritmasi barqaror sariq rang hosil bo’lguncha qo’shiladi (ishqorning ortiqchasi ishga halal byermaydi). Bo’yalgan eritma voronka va shisha tayoqcha yordamida 50 yoki 100 ml sig’imli o’lchov qolbasiga o’tkaziladi. Kosacha va shisha tayoqcha 2-3 marta chayiladi va chayindi ham o’lchov qolbasiga quyiladi va chizig’igacha distillangan suv quyiladi. Aralashma tezda ko’k yorug’lik filtri yordamida fotoqolorimetrlanadi. Aralashmaning rangi o’ta to’q bo’lsa, suv bilan suyultiriladi (suyultirish darajasi ham hisobga olinadi). N-NO3 miqdori etalon eritmalar asosida to’ziladigan kalibr egri chizig’i orqali topiladi. Kalibr egri chizig’i uchun eritma tayyorlash: analitik tarozida 0,7216 g kimyoviy toza KNO3 tortib olinadi va 1 l sig’imli o’lchov qolbasida yeritiladi. Eritma o’z tarkibida 0,1 mg/ml azot to’tadi. Bu eritma 50 marta suyultiriladi, qaysiki, ishchi eritma deb yuritiladi va tarkibida 0,002 mg/ml azot to’tadi. Kalibr chizig’ini chizish uchun ishchi eritmadan chinni kosachalarga 5,0; 10,0; 15,0; 20,0 va 25,0 ml olinadi va keyingi opyerastiyalar tahliliy eritmadagi kabi amalga oshiriladi. (Nitratlarni aniqlashdan oldin so’rim tarkibida ammoniy va xlor ionlari boryo’qligi aniqlanadi. Ammoniy tuzlari nitratlar miqdorini kamaytiradi, shu sababdan so’rimni bug’latish oldidan 2-3 tomchi K2SO4 ning 10% li eritmasi qo’shiladi. Xlor ionii ham tahlilga xalaqit beradi. Agar xlor miqdori 30 mg/l dan ko’p bo’lsa, u kumush sulfat yordamida cho’ktiriladi). Natija quydagicha hisoblanadi: Download 373.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling