Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet45/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

K2SO4 • 2MgSO4

8-LABORATORIYa IShI Ammiakli va ammiakli-nitratli o’g’itlar tarkibidagi azot miqdorini formalin yordamida aniqlash


Tahlilning mohiyati. Aniqlash o’g’it tarkibidagi ammiakni formalin yordamida geksametilentetramin-(SN2)6N4 deb nomlanadigan organik birikmaga aylantirishga asoslangan. Ammiakli o’g’itlarning formalin bilan ta’sirlashishi jarayonida o’g’it tarkibidagi ammiak miqdoriga ekvivalent miqdorda mineral kislota (H2SO4 yoki HNO3) hosil bo’ladi:
2(NH4)2SO4 q 6HCOH q(CH2)6N4 q2H2SO4 q 6N2O;
4NH4NO3 q 6HCOH q (CH2)6N4 q 4HNO3 q 6N2O
Hosil bo’ladigan kislota ishqor yordamida titrlanadi va shu asosda o’g’it tarkibidagi azotning miqdori (%) hisoblab topiladi.
Ishning borishi. 1. O’g’it eritmasini tayyorlash uchun maydalangan 2 g ammiakli selitra, yoki 5 g ammoniy sul’fat 200 ml sig’imli stakanga solinadi va 50 ml distillangan suvda yeritiladi. Eritma 250 ml sig’imli o’lchov qolbasiga filtrlab o’tkaziladi (stakan 2-3 marta chayib, u ham filtrdan o’tkaziladi) va o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi.

  1. Bir paytning o’zida quritilgan va tortib olingan byukslarda o’g’itning namligi aniqlanadi. Byukslar analitik tarozida tortib olingan o’g’it (5 g atrofida) bilan birgalikda qopqog’i ochiq holda, tyermostatda 2 soat davomida, 100〫Sharoratda quritiladi. 15-20 daqiqa eksikatorda sovitilgach, yana analitik tarozida tortiladi va namlikning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi;

N = A · 100 / T; bu yerda:
A- tortishlar orasidagi farq, g; T - o’g’it tortimi, g;

  1. O’g’it eritmasi tarkibidagi azotni aniqlash. Fil’tratdan 12,5 ml olib 250 ml sig’imli konussimon qolbaga (1-idish) quyiladi, 2 tomchi metil qizili ishtirokida pushtidan tillasimon-sariq rangga o’tguncha 0,1 n li NaOH bilan neytrallanadi. Boshqa xuddi shunday qolbaga (2-idish) 10 ml 25% li formalin eritmasi olinadi, 2 tomchi metil qizili tomiziladi va 0,1 n li NaOH yordamida neytrallanadi.

2-idishdagi eritma ehtiyotkorlik bilan 1-idishdagi eritmaga quyiladi va bunda formalin hamda ammiakning o’zaro ta’siri natijasida mineral kislota va geksametilentetramin hosil bo’ladi, qaysiki, aralashma rangining pushti tusga o’tishida namoyon bo’ladi.
Hosil bo’lgan eritma ustiga 2 tomchi fenolftalein qo’shiladi va 0,1 n li NaOH yoki KON bilan titrlanadi. Bir paytning o’zida 2 ta indikator bo’lgani bois, titrlash jarayonida aralashma ranggi ikki marta o’zgaradi: avval pushti rang och-sariqqa (metil qizili, rN 6,2), keyin esa och-pushti tusga (fenolftalein, rN 8,2) o’tadi. Ochpushti rang titrlash tugaganligidan dalolat beradi. Ammoniyning formalin bilan ta’sirlashib geksametilentetramin hosil qilishi mo’’tadil yoki kuchsiz ishqoriy muhitda jadal ketishini hisobga olib, fenolftalein ishlatiladi. Titrlash uchun sarflangan ishqor miqdori asosida o’g’it tarkibidagi azot (%) hisoblab topiladi.


  1. Download 373.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling