Xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari, davolash, parhez


Download 176.5 Kb.
bet7/11
Sana09.06.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1470620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari,

Surunkali kalkulyoz xolesistit — o’t pufagi devorlarining yallig’lanishi bo’lib, u remissiya va xuruj davrlari bilan xarakterlanadi. Surunkali kalkulyoz xolesistitining kuchayishi davrini o’tkir yallig’lanish deb hisoblash kerak.
Surunkali kalkulyoz xolesistitining davrlari:

  • Remisiya davri (so’nishi) bezovtalik sababining bartaraf etilishi (safroning o’n ikki barmoqli ichakka quyilishini vaqtincha tiklanishi);

  • Zo’rayishi (kuchayishi) davri kanalning ikkilamchi obstruktsiyasi (to’silishi) va / yoki infektsiya qavati hosil bo’lishi sabab sodir bo’ladi.

Zo’rayish alomatlari yog’li oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan keyin biroz vaqt o’tgach paydo bo’ladi:

  • Epigastral hududda, o’ng qovurg’a ostida yoki kindik sohasida og’irlikni his qilish;

  • Dispeptik buzilishlar (diareya va ich qotishi, og’izda achchiqlik, jig’ildon qaynashi).

Kalkulyoz xolesistitlarning asosida o’t-tosh kasalligi yotishi sababli, kasallikning surunkali kalkulyoz shaklini tashxislahs, davolash va oldini olish chora-tadbirlari o’t-tosh kasalligi kechishini hisobga olgan holda olib boriladi.

NOKALKULYOZ XOLESISTIT


Xolelitiaz ishtirokisiz safro chiqishining qiyinlashishi fonida rivojlangan o’t pufagining yallig’lanishi nokalkulyoz xolesistit deb ataladi. Ushbu kasallik doimo gepatitlar, o’t yo’llari va me’da osti bezining yallig’lanishi bilan birgalikda kuzatiladi.
Nokalkulyoz xoletsistit quyidagilar ta’sirida rivojlanishi mumkin:

  • O’t pufagining mikroblar bilan zararlanishi;

  • A’zo shilliq qavatining pankreatik fermentlar bilan yemirilishi;

  • O’t pufagi devorlarida qon aylanishining buzilishi.

Nokalkulyoz xolesistit tipik va atipik belgilar bilan namoyon bo’ladi:

  • Tipik shakl. Kasallik ovqat qabul qilish, avtomashinada notekis yo’lda yurish yoki og’irlik ko’tarib yurishdan 40-90 daqiqa o’tganidan keyin o’ng qovurg’a ostida o’tmas, monoton og’riqlar bilan xarakterlanadi. O’tirgan holatda og’riqning kuchayishi, yotganda esa yengil tortishi kuzatilishi mumkin. Og’riq jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi va kekirish bilan birga kechadi;


  • Download 176.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling