Xolesistitning ikki asosiy turi mavjud:
O’tkir va surunkali shakllarda kalkulyoz xolesistit;
O’tkir va surunkali shakllarda nokalkulyoz xoletsistit.
Umuman olganda, bu ikki shakli etiopatogenez nuqtai nazaridan boshqa-boshqa kasalliklardir. Birinchi holatda sabab — o’t pufagining ta’sirlanishi va cho’zilishi, ikkinchi holatda esa innervatsiya natijasida o’t pufagi devori faoliyat ko’rsatishining buzilishidir.
Kalkulyoz xolesistit (toshli xolesistit) — bu organizmdagi modda almashinuvi buzilishi, tosh shakllanishi va yallig’lanishni o’z ichiga olgan uchta patologik jarayonlarning birlashuvi va o’zaro ta’siridir.
Kalkulyoz xolesistitning patogenezi bir necha bosqichda rivojlanadi:
Modda almashinuvi (metabolizm) buzilishi — o’t pufagining bo’shlig’ida konkrementlar (xolelitiaz) shakllanishi yoki safro-tosh kasalligi;
O’t pufagi shilliq qavatining o’tkir konkrementlar bilan jarohatlanishi;
Ichak mikroflorasi bilan zararlanishi va keyin o’t pufagi devorlarining yallig’lanishi.
Toshlarning shakllanishi — modda almashinuvi tufayli yuzaga kelgan patologik jarayonlarning natijasidir. Toshlar xolesterin, pigmentlar (bilirubin) va kaltsiy oksidi (so’ndirilmagan ohak) dan iborat bo’lib, ular deyarli doimo xolesterinning ustunligi bilan aralash holda bo’ladi. Normada ortiqcha xolesterin, bilirubin va kaltsiy najas bilan chiqarib yuboriladi.
O’t pufagidagi toshlar quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:
Kristall;
Fibroz;
Amorf;
Qatlamli.
Toshlarning kattaligi turlicha. Diametri 3 mm dan kichik, silliq bo’lgan toshlar organizmdan ichak orqali osonlikcha chiqarib yuboriladi.
Kalkulyoz xolesistitida toshlar quyidagilarga bo’linadi:
Birlamchi (faqat o’t pufagida shakllanadi);
Ikkilamchi (o’t yo’llari va jigar ichi kanallarida hosil bo’ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |