Mavzu: yog`larning lipolitik mikroorganizmlar tasirida parchalanishi
Download 0.83 Mb.
|
biokimyo
Mavzu: yog`larning lipolitik mikroorganizmlar tasirida parchalanishiReja:Lipidlar (yunoncha :lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida L. muhim ahamiyatga ega lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qat-nashadi. lipidlarning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat. Organizmda to’qimalarida lipidlar almashinuvi nеyrogumoral yo’l bilan va organizimga kiritilayotgan ovqat tarkibidagi lipidlar miqdori bilan boshqariladi. Ko’p miqdorda uglevod va triatsilglitserinlarni istemol qilish natijasida yog’ to’qimasida endogen triatsilglitserinlarning sarflanishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari uglevodlardan turli xil lipidlar hosil bo’lishi mumkin. Endogen xolesterinning sintezi ovqat tarkibidagi ekzogen xolesterin bilan boshqariladi. Qanchalik ko’p xolesterin istemol qilinsa, jigarda xolesterin hosil bo’lishi shuncha kamayadi. Oxirgi yillarda lipoproteinlar (LP) kimyoviy tabiati va strukturasini o‘rganish bo‘yicha ma’lum natijalarga ega bo‘lingan. Bu sinf murakkab oqsillar, oqsil va lipiddan tashkil topgan prostetik guruhdan iborat. Xususan, lipoproteinlar tarkibida neytral yog‘lar, erkin yog‘ kislotalari, fosfolipidlar va xolesterin topilgan. Lipoproteinlar tabiatda keng tarqalgan: o‘simliklarda, hayvon to‘qimalarida va mikroorganizmlarda, ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Ular hujayra membranasi, hujayra ichidagi yadro, mitoxondriya, mikrosoma biomembranalarida, shuningdek, erkin holatda uchraydilar (asosan qon zardobida). Bulardan tashqari lipoproteinlarga o‘pka to‘qimasining tromboplastik oqsili, tovuq tuxumi sarig‘idagi lipovitellin, sutning ba’zi fosfolipidlari va boshqalar kiradi. Lipoproteinlar miyelin qobiqlar, nerv to‘qimasi, xloroplastlar, fotoretseptor va elektron-transport sistemalar, ko‘z to‘r pardasi tayoqcha va kolbochkasi va hokazolarning hosil bo‘lishida qatnashadi. Ko‘pchilik LP jigarda yoki ichak shilliq qabatida sintezlanadi. Ular polyar lipidlar va apooqsillar deb nomlangan oqsil bilan o‘ralgan gidrofob lipid yadrodan iborat. 8 tur apooqsillar tafovut etiladi: apo – AI, AII, B, CI, CII, CIII, D va E. Odatda, LP 5%gacha uglevodlar saqlaydi (glyukoza, galaktoza, geksozamin, fukoza, sial kislota), shuning uchun, ularning ba’zilari glikoproteinlardir Gidrofob lipid glikoproteinlardir Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling