Xolmurodova Sevinch


Download 4.03 Mb.
bet1/2
Sana14.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1772369
  1   2
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda banklarning roli (1)


Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikda banklarning roli.
Xolmurodova Sevinch
2266-guruh
REJA:
Kichik biznes va tadbirkorlikda banklarning ahamyati.
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bank tizimidagi ishlar
O'zbekiston Respublikasida bank sohasi va statistika
01
02
03
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning ahamyati.
Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko’p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bogliq. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular olib borayotgan faoliyat - xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko'rsatiladigan xizmatlarga haq to'lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta'minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya'ni olingan foydadan, daromaddan soliq to'lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to'lovlarning barcha turlari banklar orqali, o'z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob kitoblar ham banklar orqali amalga oshiriladi.
1
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo'lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko'rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog'liq.
Kreditning to'lovliligi. Ya'ni, kredit uchun haq to'lash zarurligi, bank qarzni twkinga bermaydi, buning uchun qarz oluvchidan foiz undiriladi.
Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit
summasi va foizning bankka qaytarib to'lashini, shuningdek undan kreditlangan yoki moliyalashtirilgan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishganini ifodalaydi.
2
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bank tizimidagi ishlar.

27-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga doir matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda Markaziy bank mutasaddi xodimlari ham so‘zga chiqib, bank tizimi tomonidan hududlarda tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, aholi bandligini ta'minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil axborot berishdi.
TEACHING
ANALYSIS
Bu axborotga ko'ra, joriy yilning birinchi choragida qariyb 93 mingta loyihaga jami 12,2 trln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Shu bilan birga, xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining qariyb 3 700 ta loyihasini moliyalashtirish uchun 500 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratilgan. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya'ni davlat kafolatisiz jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 400 mln. AQSh dollari miqdorida kreditlar yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytirildi, jumladan:
tadbirkorlik sub'ektlarining milliy valyutadagi bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya beriladigan kreditlar foizi miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan 1,75 baravarigacha oshirildi; ya'ni joriy yilning 1 mayidan tijorat banklari tomonidan berilayotgan milliy valyutadagi 25 foizgacha bo‘lgan kreditlari uchun kompensatsiya qo‘llanilishi mumkin.
3
O’zbekiston Respublikasida bank sohasi va statistika

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling