Xomashyo va maxsulotlarning fizik
Download 0.56 Mb.
|
Kaliy kurs loyixa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘ir suspenziyada boyitish.
Elektrostatik boyitish. Ikkita jism bir-biriga ishqalanganda, ular elektrlanadi. Bunda kichik о‘lchamdagi zarrachalar zaryad hosil qiladi, katta kuchlanishda ular elektrostatik maydonga tо‘g‘ri yо‘ldan chetga chiqishi mumkin. Silvinitni elektrostatik boyitish usuli shunga asoslangan. Silvinni galitdan ajratish vaqtida silvinitni dastlabki termik qayta ishlash zaryadni kuchaytiradi va shlam ta’sirini kamaytiradi. Silvin va galit zarrachalarining zaryadlari ishorasi har hil, qiymati bir hil bо‘lgan zaryad hosil qilish uchun reagentlar bilan ishlov berish kerak. Ular ustki qatlamda yupqa qatlam hosil qiladi. Buning uchun, ammiak yog‘li aminlar, ftal angidrid, ftal va benzoy kislotalarini qо‘llash tavsiya etiladi. Bunday qayta ishlash natijasida silvin musbat zaryadlanadi, galit esa xuddi shu kuchlanishda manfiy zaryadlanadi.
Keltirilgan moddalar elektrostatik boyitishdan oldin silvinitni qayta ishlash uchun tavsiya etiladi. - organik sulfat kislota angidridlari va ularning aralash angidridlari; - anion moddalar va silikon moyi; - ammoniy gidrooksidi va sо‘ndirilgan oxak; - uglerod atomlarining 6 va undan kо‘p molekulali organik moddalari, hamda bir yoki bir nechta SO4Me yoki SO3Me guruh aralashmalari; - yuqori molekulali organik kislotalar, alifatik va sikloalifatik va aromatik murakkab efirlar va ularning tuzlari, boshqa karboksil sulfokislotalar. Elektrostatik boyitish usulini silvinit miqdori yuqori bо‘lganda qо‘llash mumkin. Kо‘p bosqichli kombinatsiyalangan barabanli seperatorlardan foydalanib, bu jarayon 2 bosqichda olib boriladi. Og‘ir suspenziyada boyitish. Agar harakat tezligi juda yuqori bо‘lsa va muallaq zarrachalar chо‘kmasa, suspenziya yaxlit suyuqlik xususiyatiga ega bо‘lib qoladi. Bunda, suspenziya zichligidan kam zichlikka ega bо‘lgan zarrachalar yuqoriga chiqadi, zichligi yuqori bо‘lgan zarrachalar esa, pastki qatlamga tushadi. Galitning (NaCl) zichligi - 2,17 g/sm3 , silvinniki (KCl) – 1,98 g/sm3 . Shuning uchun maydalangan silvinitni og‘ir suyuqlikka yoki 2,05-2,1 g/sm3 zichlikdagi suspenziyaga solinsa, silvin yuqori qatlamga chiqadi, galit esa chо‘kadi. Og‘ir suyuqlik bilan ishlash qulay, lekin bunday arzon suyuqlikni olish juda qiyin. Shu sababli, amaliyotda magnitit yoki ferrosilitsiyli eritmasidagi NaCl va KCl tо‘yingan suspenziyalardan foydalaniladi. Magnitit va ferrosilitsiya suspenziyasi tinch holda turmaydi. Ajratish jarayonini faqat suspenziya harakatdagi qurilmalarda olib borish mumkin. Bunday qurilma gidrotsiklon bо‘lishi mumkin, chunki unda markazdan qochma kuch ta’sirida katta zichlikka ega bо‘lgan zarrachalar qurilma devorlariga borib urilgan zarrachalar spiral yо‘nalishida pastga tushadi va ostki shtuser orqali chiqarib olinadi. Ayni shu vaqtda kichik zichlikdagi zarrachalar yuqoriga qarab harakat qiladi va tepada joylashgan shtuserdan chiqariladi. «Yuqori» va «past» tushunchalari bu yerda nisbiydir, chunki gidrotsiklon gorizontal ham bо‘lishi mumkin. Boyitish mahsulotlari tebratkichga tushadi va ikkiga ajraladi: tuz va suspenziyaga, keyin esa yuviladi. Yuvilgan konsentrat quritkichga uzatiladi. Oxirgi holatda mahsulotda 95% KSl va 0,4% N2O bо‘ladi. Yuvilgandan keyingi suspenziya chiqindiga chiqariladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling