Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Download 0.56 Mb.
bet12/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Ammiakli usul. Konsentrlangan (80% va undan ortiq) suv-ammiakli eritmada va suyuq suvsiz ammiakda KSl amalda erimaydi, NaCl ning eruvchanligi esa, ancha yuqori bо‘ladi.
Nabiyev M.N silvinitni konsentrlangan (80-90% NH3) suv-ammiak eritmasida eritishni taklif qildi. Galitni eritgandan sо‘ng, fazalarga ajralgandan keyin KCl suvda erimaydigan moddalar, angidridlaridan iborat chо‘kma hosil bо‘ladi. Ammiak haydalib quritilgandan keyin 86-89% texnik KCl olinadi. Kaliy ma’danining о‘zlashtirilish darajasi 97-98% bо‘lganda, eritmadan ammiak bug‘latilib ajratilgandan sо‘ng 99,8% NaCl olinadi.


Kaliyli ma’danlarini flotatsiya usulida boyitishning chet eldagi korxonalari
AQSH. Odatda, AQSH ning kaliyli korxonalari kombinatsiyalangan sxemadan foydalanadi. Asosiy usul - bu flotatsion usuldir. Galurgiya usuli kombinatsiyalangan sxemani tо‘ldirib turadi va u KCl ajratib olishni oshiradi va sifatini yaxshilashga olib keladi
Kaliy zavodlari umumiy sxemaga ega: ma’danni bо‘laklash va maydalash; 1,7-3 mm kattalikkacha yopiq siklda nam usulda maydalash; ma’danni mexanik shlamsizlantirish va qoldiq loysimon shlamlarni reagentlar bilan depressiyalash; silvinni flotatsiyalash; suvsizlantirish; quritish va konsentratni granullash; mayda fraksiya va shlamlarni galurgik usulda qayta ishlash, hamda flotatsiya chiqindilaridan KCl ni ishqorlab ajratib olish.
Zavoddan chiqayotgan tayyor mahsulot 85% ni tashkil etadi va u 1-3 mm li zarrachalardan iborat bо‘lib tarkibida 95% KCl bо‘ladi. Kichik zarrachali KCl qoldiqlari 1,5-6%, yirik zarrachalar esa 4-4,2% ni tashkil etadi.
Reagentlar sifatida S16–S18 aminlar ishlatiladi, qaragay moyi, kraxmal, polisaxarid - monogalaktan va boshqalar xizmat qiladi.
Kanada. Kanada zavodlari 4 xil mahsulot ishlab chiqaradi: standart KClning yirikliligi -1,2+0,2mm li; katta donador, zarracha о‘lchamlari-2,4+0,6mmli; granullangan -3,3+0,8mm li; tarkibida 60% K2O mavjud kristall shaklidagi KCl.
Texnologik jarayonlarning ketma-ketligi. Kam miqdorda shlam va karnallit saqlagan ma’dan +10mm li kattalikda bо‘laklashga beriladi. 10 mm dan katta ma’dan fraksiyasini qaytadan bо‘laklashga yuboriladi. 10 mm dan kichik fraksiyani g‘alvirdan tushgan mahsulotni nam klassifikatsiyalashga uzatiladi. G‘alvirdan о‘tgan mahsulot shlamni ezishga beriladi va yoyli g‘alvirda ikkita fraksiyaga ajratiladi: yirik fraksiya - reagent bilan qayta ishlovga beriladi va mayda fraksiya 2 bosqichli shlamsizlantirishdan keyin reagent bilan konditsionerlash jarayoniga uzatiladi. Yirik va mayda fraksiyalarni flotatsiyalash birgalikda olib boriladi. Suvsizlantirishdan keyingi chiqindilar tashlab yuboriladi. Konsentrat klassifikatsiyalanadi, ya’ni yirik fraksiyalar tayyor mahsulot sifatida ajratib olinadi, mayda fraksiya flotatsiyaga yuboriladi. Tozalash chiqindilari gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalanadi va oqavalari flotatsiyalanadi. Kо‘pikli mahsulot galurgik qayta ishlash sikliga beriladi, chiqindisi tashlashdan oldin quyultiriladi va suvsizlantiriladi. Konsentrat sentrifugadan keyin suvsizlantiriladi, barabanli quritkichda quritiladi va 3 ta sinfga ajratiladi: yirik, standart va mayda. Mayda fraksiya presslashga uzatiladi. Mayda dispers flotokonsentrat va siklon changi galurgik usulda qayta ishlashga, erish va vakuum-kristallashga jо‘natiladi. О‘g‘itlarning 80% yaqini yirik zarrachali va granullangan mahsulot sifatida ishlab chiqariladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling