Xomashyo va tayyor mahsulotlarning


Rasm: AS-72M qurilmasinnnng texnologik sxemasi(F-11X8m; H-63,5m)


Download 0.55 Mb.
bet9/13
Sana18.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1210447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
9-4

Rasm: AS-72M qurilmasinnnng texnologik sxemasi(F-11X8m; H-63,5m)


1-ammiak gazini isitgich; 2-nitrat kislotasini isitgich; 3-NIF jixozlari; 4,5 - qo‘shimcha neytrallagichlar; 6-kombinatsiyalangan bug‘latish jixozi; 7-bug‘-xavo aralashmani yuvgich; 8,18-skrubberlar; 9-gidrotutqich-neytrallagich; 10-suyuqlanma filtri; 11-suyuqlanma baki; 12- botirma nasos; 13-markazdan qochma nasos; 14- ammoniy nitrat eritmasi uchun bak; 15-yuqoridagi bak. 16-akustik granulyator. 17- donalashtiruvchi minora. 19.22 ventilyatorlar. 20-lentali transporter. 21-donalarni qaynovli qatlamli sovitgich . 23.24-xavo isitgich, 25-xavo puflagich.


Gaz xolatidagi ammiak isitgich 1 dan o‘tib, 120-160°C gacha qiziydi. Nitrat kislota (58-60% lir esa isitgich 2 dan o‘tib, harorati 80-90°C gacha ko‘tariladi. Ular ikkita parallel ishlaydigan NIF jixoziga tushadi. Azotni bug‘-tomchi bilan (NH3, HNO3, NN4NO3, NO2 xolida) yo‘qotilishini kamaytirish uchun nitrat kislota meyoridan ortiqroq bo‘ladi. Chunki ammoniy nitrat eritmasi yuzasida HNO3 bug‘ bosimi ammiaknikiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Jixozdan chiqayotgan HNO3 konsentratsiyasi (2-5 g/l) avtomatik boshqarib turiladi. Bu eritmaning harorati 150- 170°C, NH4NO3 miqdori esa 89-92% bo‘ladi. Bu eritma asosiy 4 va nazoratchi 5 neytrallagichlarda ammiak bilan neytrallanadi. Bularga 30-40% li Mg(NO3)2 eritmasi beriladi. Konsentratsiyasi 0,1-0,5 g/l ammiakli NH4NO3 eritmasi kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozi 6 ga tushadi. Undan suyuqlanma gidroto‘sqich — neytrallagich 9 va filtr 10 orqali yig‘uvchi bak 11 ga tushadi. Bakdan nasos 12 yordamida bak 15 ga yuboriladi. Bu bak esa donadorlovchi minora 17 ustida joylashgan bo‘ladi. Yuqoridagi bak 15 dan suyuqlanma uchta vibroakustik (tebranma akulstik) donadorlagich 16 orqali minoraga sochiladi (bundan tashqari yana uchta donadorlagich zaxirada — navbatda turadi). Donadorlovchi minora 17 kesimi to‘g‘ri burchakli 11x8 m, kalinligi 2 mm li 08X17T markadagi po‘latdan yasalgan va uning balandligi 63,5 m ga teng. Minoraning tashqi tomoni uglerodli po‘lat bog‘lamlar bilan maxkamlangan.
Hosil qilingan suyuqlanma tebranma akustik donadorlagichda plastika 3 ga o‘rnatilgan soplodan tushadi va plastinkadan ostki teshikli tebratgichdan kelayotgan akustik tebranishni singdirib sochiladi.
Selitra suyuqlanmasi 0,2% namlikda 167°C atrofidagi haroratda kristallana boshlaydi, 140°C haroratda esa to‘la qotadi. Minora ostidan berilayotgan xavo miqdori yoz oylarida 500 ming m3/soat, qish faslida esa 300-400 ming m3/soat bo‘ladi. Minoraning ostki konussimon qismidan donador mahsulot lentali transportyor 20 ga tushadi. Undan uch seksiyali sovutgich 21 ga tushadi va xavo yordamida «qaynovchi qatlam» da sovutiladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling