Xomashyo va tayyor mahsulotlarning
Atmosferaga «Nuklo» qo‘shimachasi
Download 0.55 Mb.
|
9-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-qizdirgich; 2 -ventilyatorlar; 3-bug‘latuvchi jixoz; 4-bunker; 5-neytrallagich; 6 - bak; 7-nasos; 8
Atmosferaga «Nuklo» qo‘shimachasi -Z22ins
rasm. «Nuklo» qo‘shimchali donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarish uchun prinsipial sxemasi: 1-qizdirgich; 2 -ventilyatorlar; 3-bug‘latuvchi jixoz; 4-bunker; 5-neytrallagich; 6- bak; 7-nasos; 8 -bak-aralashtirgich; 9-botirma nasos; 10-donadorlash minorasi; 11,19-siklonlar; 12-sovituvchi baraban; 13-suvli bak; 14-elak; 15-distilyatorlar; 16 - yirtgich; 17 — transportyor; 18 — bunker; 20 — kukunlash uchun baraban; 21 - aspirator. Donadorlash minorasida suyuqlanma tomchilari (donachalarr 26 m balandlikdan tushadi. Minora alyuminiydan yasalgan va metall kaskadga maxkamlangam bo‘ladi. Minora orqali 470 m2/s xavo uning yuqori qismidagi to‘rtta ventilyator orqali surilib, atmosferaga chiqib ketadi. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish hisobida -2,3 kg mahsulot havo bilan yo‘kotiladi. Qaynoq (120°C) donachalar minoraning ostki qismidan tebranuvchi transportyorlar yordamida sovutish barabaniga uzatiladi, u orqali sovituvchi xavo o‘tkaziladi. Sovutgichdan chiqadigan donachalarning harorati ~45°C bo‘ladi. Sovutgichdan chiqadigan xavo esa siklonda changdan tozalangach, atmosferaga chiqarib yuboriladi. Siklonda yig‘ilgan chang bakda suv bilan eritiladi va eritma siklga qaytariladi. XOMASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLARNING FIZIK – KIMYOVIY XOSSALARI Ammiakli selitra (NH4NO3) asosan o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va —50°C dan 169,60C gacha xarorat oralig‘ida besh xil kristallik shaklida bo‘ladi. NH4NO3— N2O izotermik diagrammasida ammoniy nitratning I-1 U turli kristall shakli uchun xarorat oraliqlari ko‘rsatilgan. U 169,6°C da suyuqlanadi va U-shakli esa-16,9°C dan quyi xaroratdagina to‘g‘ri bo‘ladi. Kristall shakllarining o‘zgarish chegarasi hamda xarorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qo‘shimchalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100°C xaroratdagi eruvchanlik koeffitsienti 1000 kg H2O da 10000 kg dan ortiqroq NH4NO3 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish xaroratidan yuqoriroqda bug‘latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi. U o‘ta gigroskopik modda xisoblanadi 30°C xaroratda to‘yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bo‘g‘ bosimi -2,46 KPa (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigroskoiik nuqtasi esa 60% atrofida bo‘ladi. Bunda xavoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo‘lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigroskopikligi va uni xavodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qo‘shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qo‘shilsa, ammoniy nitratning gigroskopik nuqtasi 8-12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi. Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigroskopikligi va polimorf o‘zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari o‘zaro yopishib, qattiqlashib qoladi. Sepiluvchanligi yo‘qolib, uni ishlatish qiyinlashadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling