Xomashyo va tayyor mahsulotlarning


Download 81.42 Kb.
bet2/14
Sana23.07.2023
Hajmi81.42 Kb.
#1661970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Xomashyo va tayyor mahsulotlarning-fayllar.org

Ammoniyli nitrat oʻgʻiti – tarkibida azot boʻlgan va oʻsimliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qoʻllaniladigan organik hamda anorganik moddalar, oʻsimliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. 1914–1918 yillarda ammiakni havodagi azot va vodoroddan sintezlash sanoat miqyosida oʻzlashtirilganidan keyin kimyo sano-atida ishlab chiqarildi. Oʻzbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo kombinatida 1940-yilda ishlab chiqarilgan. Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, Navoiy kimyo kombinatida asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi kimyo sanoatining azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995-yilda 1012,1 ming t Azotli oʻgʻitlar ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). azotli oʻgʻitlar organik (goʻng, torf, kompost), mineral (ammiakli selitra, ammoniy sulfat, mochevina va suvli ammiak) hamda koʻkat oʻgʻitlar (lyupinning koʻk massasi, seradella va boshqalar)ga boʻlinadi. azotli oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda ammiak va nitrat kislota asosiy xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
Azotli oʻgʻitlar noqoratuproq zonada, oʻrmonli dasht zonaning nam joylari va sugʻoriladigan dehqonchilik zonasida qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari hosildorligini oshirishda eng yaxshi vo-sita hisoblanadi. Oʻsimliklar koʻpincha azotning mineral birikmalaridan, asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini uzlash-tiradi. Mineral azotli oʻgʻitlarda azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amidli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Bu oʻgʻitlar tarkibidagi azotni oʻsimliklar oson uzlashtiradi va uning ta’siri tez bilinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida qoʻllaniladigan. Azotli oʻgʻitlarning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi.Ammiakli oʻgʻitlarga (azot NH3 shaklida) ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy bikarbonat, suvsiz ammi-ak, suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiakli azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi.Ammiakli – nitratli oʻgʻitlar (azot NH3 va NO3‾ shaklida) – bularga ammiakli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu oʻgʻit ta’sirida tuproqning muxiti kuchsiz kislotali boʻladi.Nitratli oʻgʻitlarga (azot NO3‾ shaklida) natriyli, kalsiyli, kaliyli selitralar kiradi. Nitratli oʻgʻitlar fiziologik ishqoriydir, ularni kislotali muxitga ega boʻlgan tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi.Amidli oʻgʻitlarga (azot NH2 sha-klida) mochevina (karbamid), mochevi-na-formaldegidli oʻgʻitlar kiradi. Sugʻoriladigan dehqonchilikda mochevina azotli oʻgʻitlar ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli oʻgʻitlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi.
Azotli oʻgʻitlar me’yori tuproq-iqlim sharoiti, oʻsimliklarning bioxususiyatlari, tuproqqa solinadigan organik oʻgʻitlar miqdori va boshqalarga bogʻliq. Vqoʻllaganda oʻsimliklar hosildorligini oshishi turlicha boʻlib, bu koʻrsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, oʻstirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bogʻliq. Dala sharoitida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatadiki, azotli oʻgʻitlar ni qoʻllanganda paxta hosili gektariga 13,5–15,7 s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gektariga 37,4–39,8 s boʻlishi uchun paxta dalasiga gektariga 250–300 kg sof azot miqdorida oʻgʻit solish zarur.Biz azotli oʻgʻitlardan ammoniy selitrasi haqida ma’lumot beramiz hozirgi kurs ishimizda.
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilguncha faqatgina Chili selitrasi — NaNO3 qishloq xo‘jaligida 0‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan.Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda.
Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari — fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli, nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid — (NH2)2CO, kalsiy sianamid — Ca(CN)2 va boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi.
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar — ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi.
Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komionentli — azotli o‘g‘itlar haqida so‘z yuritiladi. Ammmoniyli va nitratli tuzlarning ko‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi (ayniqsa, NO3- ning tuproqda xarakatchanligi yuqori bo‘ladi). Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi.

ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI


Ammoniy nitrat (NH4)2NO3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ma’lumki, ammoniy nitrat — ammiak va nitrat kislotasining o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun avvalo nitrat kislota hosil bo‘lish jarayoni bilan tanishishimiz zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi:


N2+2H2=2NH3


Ammiak sintezi issiqlik effekti, harorat va bosimga bog‘liq, bo‘ladi.Odatda past bosimli (10-15 MPa), o‘rta bosimli (25-30 MPa) va yuqori bosimli (60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Harorat esa 400-500°C oralig‘ida bo‘ladi. Bu jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi. Amaliy ishlab chiqarishda o‘rta bosimli jarayon temir katalizator (promotorlari: A12O3, K2O va CaO) lar ishtirokida olib boriladi. Kontakt jihozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bo‘ladi. U sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot-vodorodli aralashma siklga qaytariladi. Hozirgi vaqtda quvvati 150 dan 1500 t/kunli sintez kolonnalari ishlatilmoqda.


Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon azotning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi.Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi.

  1. Ammiakning azot oksidigacha kontaktli oksidlanishi:


4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O + 907,3 kj

2. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi:

2NO+O2=2NO2+124kj

3. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi:
3NO2 + H2O = 2HNO3 + NO + 136,0 kj

Bu jarayonda platina va uning temir, marganets, kobalt va o‘z guruxidagi metallar oksidlari bilan kotishmalari ishlatiladi.



Agar katalizator ishlatilmasa (xarorat 900°C dan yuqorida), ammiak erkin xolatdagi azotgacha oksidlanadi xolos:
4 NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O + 1269,1 kj
Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bo‘lish unumini 98% gacha etkazish mumkin.
Jarayonni ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera bosimida 700-800°C xaroratda, yuqori bosim esa 800-900°C xaroratda olib boriladi. Xavo — ammiak aralashmasida 1,25 mol O2 ga 1 mol NH3 berilishi kerak. Reaksiya tezligini va azot oksidining miqdorini oshirish uchun amalda O2 ; NH3 miqdoriy nisbati 1,7-2,0 oralig‘ida olinadi.
Odatda suyultirilgan nitrat kislotasi (47-50% li) olish quyidagi turlicha sistemalarda olib borilishi mumkin: 1) atmosfera bosimida; 2) yuqori bosimda; 3) kombinatsiyalashgan, ya’ni ammiakni oksidlash jarayoni (3-4)*10 Pa bosimda, NO ni oksidlash va NO2 ni suv bilan absorbillash jarayonlari esa (8-12)* 10 Pa bosimda va odatdagi xaroratda olib boriladi. Bosimni 1 MPa ga ko‘tarish orqali 60-62% li nitrat kislotasi olish mumkin.

Download 81.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling