Xomidov muxtor maxammadjonovich jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.06.2020
Hajmi0.65 Mb.
#120514
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish (1)


 

 



 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA  

O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

JISMONIY MADANIYAT FAKUL’TETI 

«JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI  VA METODIKASI» KAFEDRASI 

 

Qo`lyozma xuquqida 



 

XOMIDOV MUXTOR MAXAMMADJONOVICH 

 

JISMONIY TARBIYA VA SPORT TADBIRLARINI TASHKIL 

ETISHDA MURABBIYLAR KASBIY FAOLIYATLARINI 

TAKOMILLASHTIRISH 

 

5112000-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi  

bo`yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan 

 

 

 

  

 

ISH RAHBARI:   

 

Soliyev X  

 

 

 

 

 

 

 

Andijon 2016  

 


 

 



MUNDARIJA 

 

Kirish 

 

Asosiy qism  



 

 

1.Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining 



maqsadi va vazifasi 

 



1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari 

 



1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil 

etish uslublari 

 



2.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy 

tayyorgarlik jarayonlari 

 



2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik 

shakllari 

19 


 

2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy 

tayyorgarliklarini tashkil etish 

26 


 

3.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy 

faoliyatlarining mazmuni 

32 


 

3.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy 

tayyorgarliklarini asoslari 

35 


 

3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini 

oshirish talablari 

40 


 

Xulosa 

53 


 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

55 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda 

murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish 

 

Reja 



 

I. Kirish 

II. Asosiy qism  

1.Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining maqsadi 

va vazifasi 

1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari 

1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish 

uslublari 

2.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik 

jarayonlari 

2.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik shakllari 

2.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini 

tashkil etish 

3.Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining 

mazmuni 

3.1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini 

asoslari 

3.2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini oshirish 

talablari 

III. Xulosa 

IV. Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 

 


 

 



Kirish 

Mamlakatimizda yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxasisilari tayyorlash 

tizimi  zamonaviy  talabalarga  to‘liq  javob  bera  oladi,  shu  bilan  birga  bu  tizim 

xalqaro standartlar asosida takomillashib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida 

mamlakatimizda  etishib  chiqayotgan  ko‘plab  yuqori  malakali  sportchilarni, 

xalqaro  musobaqalar  va  olimpiada  o‘yinlari  g‘oliblarini  misol  keltirishimiz 

mumkin.  Xalqimiz  sog‘ligi darajasi  yildan  yilga  ortib  borishi,  yoshlar o‘rtasida 

jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng ommaviylashib borishida deb xulosa 

qilishimiz  mumkin.  Shunga  qaramay  jismoniy  tarbiya  mutaxasislar  tayyorlash 

tizimini  yanada  takomillashtirish,  ularni  zamon  talablariga  muvofiq  kasbiy 

malaka va tajribalarini ortirib borish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.[1.19] 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusining  dolzarbligi:  ta’lim  muassasalarida 

jismoniy  tarbiya  va  sport  sog‘lomlashtirish  tadbirlarini  samarali  tashkil  etishda 

jismoniy  tarbiya  va  sport  mutaxassislarining  roli  katta  bo‘lib  hisoblanadi. 

Jismoniy  tarbiya  mutaxassislarining  kasbiy  tayyorgarliklari  hamda  tajribalari 

jismoniy  tarbiya  va  sport  tadbirlarini  muvaffaqiyatli  tashkil  etishda  asos  bo‘lib 

xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport 

sog‘lomlashtirish  tadbirlari  o‘quvchi  va  talabalarni  jismonan  barkamol    va 

ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.   



Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi: Bitiruv malakaviy ishda 

ta’lim  muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya 

va  sport  sog‘lomlashtirish  jarayonlarini  tashkitl  etishda  jismoniy  tarbiya 

mutaxassislarining  kasbiy  faoliyatlari  hamda  ularning  tarbiyaviy  va  ta’limiy 

xususiyatlari keng tahlil etildi. O‘quvchi va talabalarrning ta’lim muassasalarida 

jismoniy  tarbiya  tadbirlarini  asosiy  shakllari  va ularni  tashkil  etish  uslublari  va 

talablari ham o‘rganildi.  

Bitiruv malakaviy ishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash 

jarayonlari  va  ularga  qo‘yiladigan  talablar,  ularning  kasbiy  mahoratlarini 

takomillashtirish,  tajriba  hamda  malakalarini  ortirish  jarayonlarining  shakllari 

ham o‘rganildi. 


 

 



Tadqiqot  predmeti  va  ob’ekti;  Andijon  davlat  universiteti  qoshidagi  4-

sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va 

sog‘lomlashtirish  tadbirlari  o‘rganilgan.  Ilmiy  tadqiqot  ishlarida  50  dan  ortiq 

o‘quvchilar jalb etilgan. 

Ilmiy  tadqiqot  ishlarida  litseyda  tashkil  etilgan  jismoniy  tarbiya  va  sport, 

sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining 

kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan. 

Mavzuning  o‘rganilish  darajasining  qiyosiy  tahlili:  bitiruv  malakaviy 

ishida  ilmiy  tadqiqotning  adabiyotlar  tahlili,  pedagogik  nazorat,  eksperiment, 

natijalarini  matematik  statistik  tahlil  etish,  tibbiy-biologik  hamda  psixologik 

nazorat  uslublaridan  keng  foydalanildi.  Bitiruv  malakaviy  ishini  yozishda 

mamlakatimiz  va  horijning  jismoniy  tarbiya  va  sport  bo‘yicha 

mutaxassislarining jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan tajriba va malakalari 

hamda INTERNET materiallari o‘rganildi.  

Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi;  bitiruv  malakaviy  ishi  natijalariga  ko‘ra 

jismoniy  tarbiya  va  sport  tadbirlarini  tashkil  etishda  murabbiylar  kasbiy 

faoliyatlarini takomillashtirish keng o‘rin tutadi.  

Tadqiqotning amaliy axamiyati: bitiruv malakaviy ishi xulosalariga ko‘ra 

jismoniy  tarbiya  va  sport  tadbirlarini  tashkil  etishda  murabbiylar  kasbiy 

faoliyatlarini  takomillashtirish  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Shu  bilan  birga  bu 

jarayonni  samaradorligini  orttirishda  o‘quv  soatlari  hamda  mustaqil  ta’lim 

jarayonlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq. 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



1.Bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH 

TADBIRLARINING MAQSADI VA VAZIFASI 

Jismoniy  tarbiya  tarbiyani  bir  qismi  bo‘lib,  bu  tarbiya  jarayonida  aqliy, 

ahloqiy, estetik hamda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. 

Jismoniy tarbiyaning maqsadi: 

1.  Mamlakat aholisini sog‘lomlashtirish. 

2.  Har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash. 

3.  Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash.  

Bu  maqsadga  erishishda  aholining  yoshi,  jinsi,  sog‘ligi,  jismoniy 

tayyorgarligi hamda qiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar belgilanadi. Bu 

bilan  jismoniy  tarbiyaning  umumiy  vazifalari  shakllanadi.  Tarbiyachi, 

murabbiylar  oldida  faqatgina  sportda  oliy  natijalarga  erishish  emas  balki,  har 

tomonlama  barkamol  insonni  tarbiyalash  vazifasi  turish  kerak.  Bu  vazifani 

nazariy  va  amaliy  jihatdan  etuk  bo‘lgan  hamda  o‘z  kasbini  sevadigan  

mutaxassislar 

amalga 


oshiradilar. 

Sog‘liqni 

mustahkamlash, 

jismoniy 

qobiliyatlarni kamol toptirish va harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish 

masalalarini  amalga  oshirishda  shug‘ullanuvchilar  tarkibi  xususiyatlarga 

muvofiq  yondashiladi.  Bolalar  jismoniy  tarbiyasi  ularni  har  tomonlama  uyg‘un 

rivojlanishini  ta’minlash  va  sog‘lomlashtirish  vazifalarini  hal  etsa,  ayollar 

jismoniy tarbiyasi ularni kelgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. O‘smirlar 

va  kasb  tayyorgarligi  talab  etuvchi  mutaxassislar  jismoniy  tayyorgarligi 

jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, sportda texnik va taktik tayyorgarlik, umumiy 

va maxsus tayyorgarliklarni ta’minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini 

o‘rganishdan iborat bo‘ladi. [12.22] 

Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari: 

1.  Jismoniy  qobiliyatlarni  rivojlantirish  maqsadida  organizmning  shakllari 

va funksiyalarini uyg‘un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog‘ligini 

mustahkamlash, uzoq umr ko‘rishini ta’minlash.   

2.  Harakat  malaka  va  ko‘nikmalarini  hamda  jismoniy  tarbiya  va  sport 

bo‘yicha  mahsus bilimlarni shakllantirish.  



 

 



3.    Jismoniy  fazilatlar  kuch,  chidamlilik,  tezkorlik,  chaqqonlik, 

egiluvchanlik  bilan  bir  qatorda  shaxsning  ma’naviy,  irodaviy  va  estetik 

sifatlarini tarbiyalash. Aqliy, intellektual kamolotga etkazish.   

Jismoniy  tarbiyaning  yuqorida  qayd  etilgan  maqsad  va  vazifalarni  amalga 

oshirishda  bosh  omil  murabbiylar  hamda  tashkilotchilar  hisoblanadi. 

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, 

jismoniy  tayyorgarliklari,  sog‘ligi  hamda  qiziqishlari  ham  jismoniy  tarbiyani 

amalga  oshirishda  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Mashg‘ulotlarni  tashkil  qilishda 

jismoniy  tarbiyaning  maqsadi  va  vazifasini  amalga  oshirish  ko‘zlanmasa, 

tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas.  

Ta’lim  muassasalaridagi  jismoniy  tarbiyaga  oid  ishlar  vazifalari 

quydagilardan iborat: 

 Sog‘liqni  mustahkamlash,  talabalarni  to‘g‘ri  jismoniy  rivojlantirishga  va 



chiniqtirishga yordam berish.  

 Talabalarga  jismoniy  madaniyat  va  sportga  oid  maxsus  bilimlar  berish, 



ularga gigienik bilim va ko‘nikmalarni singdirish. 

 Talabalarda  harakat  malakalari  va  ko‘nikmalarini  shakllantirish  va 



takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o‘rgatish. 

 Jismoniy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. 



Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya vositalari.  

Jismoniy  mashqlar,  mehnat,  tegishli  kun  tartibi  va  tabiatning  tabiiy 

omillaridan  foydalanish  Ta’lim  muassasalari  ¸shidagi  bolalarni  jismoniy 

tarbiyalash vositalari hisoblanadi.  

Ta’lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiya  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilishi  asosiy 

shartlardan  biri  yaxshi  uyushtirilgan  tibbiy  nazoratdir.  Ta’lim  muassasalarida 

tibbiy  nazoratning  vazifalari-bolalar  sog‘ligini  mustaxkamlash  uchun  jismoniy 

tarbiyaning  asosiy  vosita  va  uslublaridan  foydalanish,  ular  to‘g‘ri  qo‘llanishini 

nazorat  qilish,  shuningdek  jismoniy  tarbiya  ishlari  uchun  tegishli  sharoitlarni 

yaratishga ko‘maklashishdan iborat.[8.4] 



 

 

 



1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari 

Jismoniy tarbiya nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy 

tushunchalari:  jismoniy  rivojlanish,  jismoniy  tarbiya,  jismoniy  tarbiya  tizimi, 

jismoniy  kamolot  va  jismoniy  madaniyat.  Shu  tushunchalar  orqali  jismoniy 

tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari o‘rganiladi. Ular doimo 

o‘zgarib kengayib va chuqur mazmun aks ettirib keladi.  

Jismoniy  rivojlanish  -  tarbiyaning  ta’sirida  organizmda  biologik  shakllar 

va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon 

organizm  va  uning  yashash  muhiti  tuzilishi,  o‘zgarishi  hamda  miqdor  va  sifat 

o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi.  Ijtimoiy  taraqqiyot natijasida  jismoniy 

xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak natijalarga 

erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy xayotiy kuchlar va 

organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Lekin 

jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri, darajasi, shuningdek, inson 

o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat turmush sharoitlari va tarbiyaga 

ko‘p  jixatdan  bog‘liqdir.  Jismoniy  rivojlanish  qonunlarini  egallash,  ulardan 

jismoniy  tarbiya  maqsadlarida  foydalanish-jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va 

amaliyotining muhim vazifasidir. 



Jismoniy  tarbiya  -  aniq  bir  maqsadni  ko‘zlab  inson  jismoniy  holatini 

o‘zgarishi  jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vazifasidir.  Jismoniy  tarbiya-pedagogik 

jarayon,  inson  organizmini  takomillashtirishga,  harakat  malakasini  va 

ko‘nikmasini,  mahoratini  shakllantirishga  qaratilgan.  Jamiyat  xayot  sharoitlari, 

ov  jismoniy  tarbiya  vujudga  kelishining  asosiy  sababi  bo‘lgan.  Insonning 

ibtidoiy  jamoa  davridanoq  yashash  uchun  kurashga,  jamoada  o‘z  o‘rnini 

topishga  hamda  ov  qilishda  jismoniy  harakatlar  qo‘l  kelgan.  Ongsiz  ravishda 

bo‘lsa  ham  odamlar  o‘zlarining  jismoniy  sifatlari  tezkorlik,  kuchlilik, 

chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar.  

Jismoniy  barkamollik  -  har  tomonlama  rivojlanishning,  harakatlarga 

tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush 

sharoitlariga  moslanish  imkoniyatini,  yuksak  ish  qobiliyatini  ta’minlaydi. 


 

 



Jismoniy  barkamollik  tushunchasini  yana  shunday  izohlash  mumkinki,  bu 

insonni  har  qanday  sharoitda  ham  og‘ir  jismoniy  yuklamalar  bajara  olish 

qobiliyati  bilan  birga  o‘zida  ahloqiy  sifatlar,  insonparvarlik,  onglilik  hamda 

jamoatchilik xislatlarini o‘zida mujassam bo‘lishidir.  



Jismoniy  madaniyat  -  umumiy  madaniyatning  ajralmas  bir  qismi,  hamda 

jismoniy  tarbiya  vositalarini  yaratish  va  foydalanishda  jamiyat  erishgan 

muvaffaqiyatlarning  yig‘indisidir.    Millatning  jismoniy  madaniyat  va  sport 

sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb 

etilishi,  mamlakatda  yoshlarni  qolaversa  aholini  hamma  qatlamini  jismoniy 

tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanishini  ta’minlovchi  vositalar-sport  inshootlari, 

jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis 

kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi.  



Sport  –  inson  jismoniy  barkamolligini  ta’minlovchi  vosita  bo‘lib,  bir  xil 

shakldagi  jismoniy  mashqlar  va  xarakatlar  majmu’idir.  Sport  trenirovkasi 

pedagogik  hodisa  bo‘lib,  u  sportda  yuksak  natijalarga  erishish  uchun  bevosita 

yo‘naltirilgan  maxsus  jismoniy  tarbiya  jarayonidir.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

bu  jismoniy  tarbiyaning  “sport  orqali”,  sport  vositasida  amalga  oshiriladigan 

jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini tayyorlash” 

termin  ham  qo‘llaniladi.  Bularning  tushunchasi  bir-biriga  juda  yaqin,  biroq  bir 

xil  emas.  Sportchini  tayyorlash-kengroq  tushuncha  bo‘lib,  u  sportda  yuksak 

ko‘rsatkichlarga  erishishga  tayyor  bo‘lish  va  buni  oshira  borishni  ta’minlovchi 

barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.[9.33] 



 

1.2. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil 

 etish uslublari 

Jismoniy 

tarbiya 

jarayoni 

boshqa 

tarbiyalardan 



farqli 

o‘laroq 


shug‘ullanuvchilar  organizmini  sog‘lomlashtirish  hamda  jismoniy  rivojlantirish 

uchun  yo‘naltirilgan.  Jismoniy  tarbiya  amaliyotida  ta’limning  ko‘plab  turli 

uslublari  va  uslubiy  shakllari  qo‘llaniladi.  Uslublarni  quyidagi  uch  guruhga 

birlashtirish mumkin: 



 

 

10 



a) og‘zaki; b) ko‘rgazmali; v) amaliy.  

Uslublar  va  uslubiy  shakllar  o‘zaro  chambarchas  aloqadadir.  O‘qituvchi 

ularni  turli  ko‘rinishlarda  qo‘llab,  jismoniy  tarbiyaning  to‘la  qonli  jarayonini 

ta’minlaydi. 



Og‘zaki  uslub  shakllari:  Tushuntirish  uslubi  Ta’lim  muassasalariíing 

barcha sinflarida qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda 

harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari 

bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda 

qo‘llaniladi. 

Suhbat  savol-javob  shaklida  o‘tkaziladi.  O‘qituvchi  yo‘llovchi  savollar 

yordamida  materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda 

o‘z  fikrlarini  aytish  istagini  qo‘zg‘aydi.  Buyruq  va  qaror.  Talabalar  jismoniy 

mashqlarni  bajarayotganlarida  va  darsni  o‘tish  jarayonida  o‘qituvchi  rahbarlik 

qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi. 

Ko‘rsatmalar  Ta’lim  muassasalariíing  barcha  sinflarida  mashqlarni 

bajarishda  qo‘llaniladi.  Ko‘rsatmalar  butun  guruhga  yoki  bir  talabaãa  tegishli 

bo‘lishi mumkin.[10.26] 

Ko‘rgazmali uslub shakllari: Mashqni ko‘rsatish. Ta’lim uslublari ichida 

eng  tushunarlisi  ko‘rsatish  uslubi  hisoblanadi.  Ko‘rgazmali  uslublarda 

mashqlarni  ko‘rsatish  etakchi  o‘rinni  egallaydi.  Umuman  ko‘rgazmalilikni 

qo‘llanish,  xususan  ko‘rsatish  kichik  yoshdagi  talabalarni  o‘qitishda  zarurdir. 

Ko‘rsatish  juda  samarali  bo‘lish  uchun  bolalarni  yaxshi  uyushtirish  va  ular 

kuzatishlari uchun sharoit yaratilishi lozim. Mashqlar barcha talabalarga yaxshi 

ko‘rinadigan  joydan  turib  namoyish  etilishi  kerak.  Ko‘rsatish  va  tushuntirish 

turli variantlarda birga qo‘shib olib boriladi: 

1) dastlab mashq namoyish etiladi, so‘ng tushuntiriladi; 

2) dastlab mashq tushuntiriladi, so‘ng namoyish qilinadi; 

3) namoyish tushuntirish bilan birga olib boriladi.  

Ko‘rgazmali  qurollardan  foydalanish.  Hàrakatlar  haqida  to‘g‘ri  tasavvur 

hosil  qildirish  uchun  ko‘pincha  ko‘rgazmali  qurollardan  foydalaniladi. 



 

 

11 



Ko‘rgazmali  qurollar  suratlar,  jadvallar,  rasmlar,  fotosuratlar  bo‘lishi  mumkin. 

Ularni  darsda  o‘qituvchi  rahbarligida  yoki,  agar  ular  sinfda  yoki  zalda  osib 

qo‘yilsa, darsdan tashqari vaqtda mustaqil ravishda ko‘rib chiqish mumkin. 

Amaliy uslub shakllari: Amaliy uslubda talabalar har bir harakatni amalda 

bajaradilar, 

ko‘rsatadilar, 

takrorlaydilar. 

Ta’limning  asosiy  vazifasi 

shug‘ullanuvchilarda mustahkam harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan 

iborat.  Bu  vazifani  hal  etish  uchun  o‘rganiladigan  harakatlarni  ko‘p  martalab 

takrorlash  zarur.  O‘rganiladigan  harakatlarni  rejali  ravishda  mashq  qilish 

bolalarga jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori natijalariga erishishlarda yordam 

beradi, ularni sog‘lom qiladi, bilimini oshiradi. 

Musobaqa  takomillashtirish  uslubi  sifatida  talabalarda  bir  qadar  malaka 

hosil  bo‘lganidan  keyingina  qo‘llaniladi.  Musobaqada  o‘quv  materialini  o‘tish 

davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim talabalar aniqlanadi. 

Shug‘ullanuvchilarga  individual  yondoshish:  Bolalar  bilan  ishlashda 

o‘qituvchilarning  o‘z  talabalari  individual  xususiyatlarini  yaxshi  bilishi  katta 

ahamiyatga  ega,  chunki,  har  bir  sinfda  zukko  va  parishonxotir,  faol  va  sust: 

jismoniy  madaniyat  va  sportga  qiziquvchi  va  qiziqmaydigan  talabalar  bo‘ladi. 

O‘qituvchi  har  bir  talabaíing  sog‘ligini  va  jismoniy  rivojlanganlik  darajasini 

yaxshi bilish kerak. Har bir sinfda o‘z sinfdoshlaridan jismoniy tayyorgarligiga 

ko‘ra yaqqol ajralib turadigan talabalari bor. Ulardan ba’zilari mashqlarni bajara 

olmaydilar,  boshqalari  esa,  aksincha,  jismoniy  mashqlarni  bajarishda  yuqori 

natijalar  ko‘rsatadilar.  Shuningdek  yaxshi  tayyorgarlikka  ega  bo‘lgan  bolalar 

ham  o‘zlariga  individual  yondoshishga  ehtiyoj  sezadilar.  Bolalarga  individual 

yondoshishda  ularning  sog‘ligini,  yoshini,  jinsini  va  jismoniy  tayyorgarligi 

hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak. 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling