«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet24/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Sepsisning tasniflanishi.
Sepsis chaqiruvchi mikroblarning xarakteriga qarab:
1. Streptokokk.
2. Stafilokokk.
3. Anaerob.
4. Aralash.
Kelib chiqishiga qarab.
1. Yallig‘lanish.
2. Jarohat.
3. Yiringli-nekroz.
4. Operasiyadan keyin.
5. Ginekologik.
6. Kriptogen.
Sepsis joylashishiga va rivojlanish xarakteriga qarab:
1. Odontogen (Tish kasalliklarida).
2. Miogen (mushak kasalliklarida).
3. Artrogen (bo‘g‘im kasalliklari).
4. Ungulyar (tuyoq kasalliklarida).
5. Tug‘ishdan keyin.
N.I.Piragov sepsisni qo‘yidagicha tasniflaydi:
1. Piemiyasepsisning bakterial formasi, qaysikim qonda bakteriyalar, organ va to‘qimalarda esa yiring o‘choqlari mavjud bo‘ladi.
2. Septisemiya yoki qonning yiringlashi, chirishi, infeksion-toksik formasi bo‘lib, unda intoksikasiya asosiy o‘rin egallaydi.
3. Septiko-piemiya – (yiringlash va chirish) aralash formasi, qaysikim kuchli intoksikasiya bilan birga yiringli o‘choqlar hosil bo‘ladi.
Zamonaviy klinisistlar sepsisni qo‘yidagicha tasniflaydi.
Piemiya – metastaz beruvchi umumiy yiringli infeksiya.
Septisemiya – umumiy yiringli anaerob metastaz bermaydigan infeksiya.
Sepsis kechishiga qarab yashin tezligida, o‘tkir va yarim o‘tkir kechuvchi shakllarga bo‘linadi.
Yashin tezligida kechuvchi sepsis 2-3 kun davom etadi va u o‘lim bilan tugaydi, o‘tkir shakli esa 2-4 hafta, yarim o‘tkir shakli 6-12 hafta davom etadi.


Metastazli umumiy infeksiya (piemiya)
Bu septik holatini nisbatan, yengil formasi hisoblanib, organizm mikroblarni yo‘qotish faoliyatini saqlab qolgan bo‘ladi. Organizmning himoya faoliyati mikroblarga bo‘ysinmagan bo‘ladi, u o‘tkir va yarim o‘tkir shaklda kechadi. Bu sepsis ko‘pincha qoramollarda retikuloperitonit, perikardit, tuyoqlarning yiringli nekroz jarayonlarida hosil bo‘ladi.
Otlarda manqa kasalida, yag‘rinning yiringli nekrotik jarayonlarida,og‘ir yiringli tromboflebitlarda uchraydi.
Cho‘chqalarda esa ko‘proq axtalash asoratlarida anaerob shaklda paydo bo‘ladi. Metastatik yiringchalar bitta yoki bir nechta bo‘lib, ular sag‘rin, yag‘rin, o‘pka, taloq, yurak va jigarda va boshqa organlarda joylashadi.
Qoramollarda, pay va pay qinlari va bursalarda joylashadi. Ularning tarqalishi asosan limfa va qon tomirlari orqali kuzatiladi.
Klinik belgilari. Birlamchi o‘choq progressiv nekroz, shish va sekin rivojlanuvchi granulyasion to‘qima bilan xarakterlanadi. Ko‘proq fungoz va patologik granulyasion to‘qima hosil bo‘ladi.
Otlarda xarakterli belgilaridan:Umumiy holati og‘irlashgan, yuqori temperatura, mushaklar qaltirog‘i, kuchli terlash, ovqatdan qolish, suv yaxshi ichmaydi, yurak tonlari, nafas olish kuchayadi. Temperaturaning sutkalik tebranishi 2 0S tashkil qiladi, bu yiringchalarning yorilishiga bog‘liq, ya’ni ular yorilganda harorat oshadi. Harorat oshishiga qarab metastazlar hosil bo‘lishini aniqlash mumkin.
Mikroblarning uzluksiz qonga o‘tishi natijasida organizm parabiotik holatga tushadi va harorat 410Sgacha ko‘tarilib turadi. Qoramollarda esa, harorat 10Sgacha ko‘tarilib, kam chastotali deyarli to‘g‘ri puls va biroz qon bosimining pasayishi bilan xarakterlanadi.
Xatarli kechishda esa harorat tez pasaya boradi, puls urishini sezish qiyinlashadi, bunday kechish o‘lim nuqtasi deyiladi va bir necha soatdan keyin hayvon o‘ladi. Hayvonning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lishiga qaramay, u o‘rnidan turadi, ovqatlana boshlaydi, aktivlashadi va eyfariyaga tushib yiqilib o‘ladi.
O‘pka metastazlari bronxopnevmoniyaga olib kelib, chiqarilgan nafasdan chirish hidi kelib turadi.
Bosh miya metastazlari esa hayvonni falajlantiradi, qonda o‘lgan leykositlar aniqlanadi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling