Xonliklarning rossiya imperiyasi tomonidan bosib


 Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda


Download 285.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana29.04.2023
Hajmi285.81 Kb.
#1399827
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-MAVZU NAZARIY-HSM O\'zbTarix

9.7. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda 
aloqa tizimi 
XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan 
bosib olinishi, Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining 
tashkil etilishi, ushbu hududlarning taraqqiyot yoʻlini ochib berdi, iqtisod va 
ma`lumotlar almashish ishlari hamda elektr aloqa sohasining rivojlanishiga 
asos boʻldi. 
Turkistonda iqtisodiy munosabatlari bilan ajralib turgan aholi yashash 
punktlari bilan shaharlari oʻrtasida yangi pochta traktlari qurildi. Pochta aloqa 
tarmogʻi asosan shaharlarni qamrab oldi, shaharlarda pochta qutilari oʻrnatildi, 
lekin qishloq joylarida pochta xizmatlari deyarli yoʻq edi. Viloyatlardagi ayrim 
joylari gubernatorlar pochtasidan foydalanmaslik maqsadida, viloyat idoralari 
bilan pochta 
korrespondensiyalarini almashib turish maqsadida oʻzlarining 
pochta boʻlimlarini ochishga majbur boʻldilar. Pochta xizmatlarini koʻrsatish juda 
past darajada edi: korespondensiya juda kech muddatlarda egalariga yetkazib 
berilgan, yetqazish yoʻllari orqali yurishda koʻp qiyinchiliklar mavjud edi. 
Shuning uchun pochtani joylarga yetkazish maqsadida asosan otli, tuyali 
aravalardan foydalanilgan. 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
19 
Aravalar orqali yuborilayotgan korrespondensiyalarning maxsusligi, 
muhimligi va qiymatiga qarab, 2 tadan 10 tagacha qurollangan soqchilar 
aravalarni qoʻriqlab borishgan. Bu xizmat turi bilan 1865- yildan 1888- yilgacha 
pochta aloqa xizmatlari koʻrsatilgan. Oʻzbekiston hududida, 1888- yildan 
boshlab, pochta aloqasi temir yoʻl transporti orqali amalga oshirilgan. 
Pochta aloqa xizmati rivojlana boshlagan bir vaqtlarda bosqichma-
bosqich telegraf aloqasi ham rivojlana boshladi. 1873- yil iyun oyida 
Turkistonda Toshkent- 
Orenburg yoʻnalishi boʻyicha birinchi xalqaro telegraf 
aloqasi ishga tushirildi. 1876- yilda Turkistonning katta shaharlaridan: 
Samarqandda, Yangi Margʻilonda, Kattaqoʻrgʻonda telegraf aloqasi tashkil 
etildi. 1884-1900- yillarda Buxoro amirligi va Xiva xonliklarida ham telegraf 
liniyalari ochildi. 1901- 
yilda Qoʻqon-Andijon, Namangan-Chust shaharlari 
oʻrtasida telegraf aloqa liniyalari ishga tushirildi. 
Telegraf aloqasi rivojlanayotgan bir vaqtda aloqa uskunalarini oʻrtanish 
imkoniyatiga ega boʻlmagan togʻliklarda hamda bir-birlari bilan kesishgan 
vodiylarda aloqaning boshqa turidan-geliografikaloqadan foydalanish 
imkoniyatlari ochildi. Mazkur aloqa xizmati faqat bir-
birini toʻgʻridan-toʻgʻri 
koʻrish imkoniyatlari boʻlgan vaqtlarda, ya`ni bahor-yoz oylarida qoʻllanilgan. 
Chunki shu aloqa xizmatini tashkil etish uchun kunduz kunlari quyosh nuridan, 
kechalari esa ochiq alanga yoki oyning yoruqlik nurlaridan foydalanilgan. 
Morze telegraf alfavitiga monand boʻlgan yoruqlik dastasi 60 vyorst 
masofagacha boʻlgan maxsus aylanma uskunasiga oʻrnatilgan oynalar yoki 
oynaga tushyotgan tasvirlar orqali yuborilgan. 
Turkistonda 
iqtisodiyotning sezilarli oʻsishi, shaharlarda sanoat, bank-
moliyaviy tashkilotlari, tijorat korxonalari faoliyat koʻrsata boshlashi oʻlkada 
shahar va shaharlararo telefon aloqasining asta-sekin rivojlanishigakatta asos 
boʻldi. 1887-
yilda Okrug boshligʻi xonadoni bilan Toshkent pochta-telegraf 
idorasi oʻrtasida telefon aloqasi tashkil etildi. 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
20 
1891-
yil iyulda Turkiston pochta-
telegraf okrugi boshligʻi bilan Turkiston 
general-
gubernatori oʻrtasida gʻaznadagi mablagʻlar hisobidanToshkent telefon 
tarmogʻini tashkil etish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi va 1891-
yilda 
Toshkent shahrida umumiy foydalanish imkoniyatlarini beruvchi telefon 
tarmogʻi tashkil etildi. Shu tufayli, 1901- yilga kelib, Toshkentda telefonaloqasi 
xizmatidan foydalanuvchilar soni 55 nafarga etdi. 
1904- yil 7- sentabrda 200 raqamli “Simens va Galske” tizimidagi birinchi 
qoʻl bilan boshqariladigan telefon stansiyasini ekspluatatsiyaga qabul 
qilishboʻyicha kerakli hujjatlar imzolandi. 1904-
yilga kelib, Toshkent shahrida 
birinchi davlat telefon stansiyasi ishga tushirildi. 
Toshkent shahridan keyin shunday telefon stansiya Samarqand shahrida 
qurildi. 1907-
yilda esatelefon tarmogʻida va telefon apparatlarda boʻlayotgan 
nosozliklarni bartaraf etish uchun Toshkent shahrida shaxsiy telefon 
ustaxonasi ochildi. 1895-
yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxonning 
topshirigʻiga koʻra, Xiva shahrida birinchi shaxsiy telefon stansiyasi ishga 
tushirildi. Ushbu qoʻl bilan boshqariladigan stansiya 20 nomerli boʻlib, mahalliy 
batareyali, “Eriksson” Shved firmasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. 1917-
yilga 
kelib, Xiva shahrida 100 ga yaqin telefon nomerlaridan foydalanish 
imkoniyatlari ochildi. 
1901- yil 26- iyulda Turkiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan xususiy 
tadbirkorlarga shahar telefon stansiyalarini qurish, ishga tushirish va 
ekspluatatsiya qilish huquqi berish haqidagi farmoyishi imzolandi. 1914- yilga 
kelib, Toshkentda 942 abonent va 5 telefon-
avtomat boʻlib, telefon-avtomatlar 
yuqorida koʻrsatilgan joylardan tashqari, Tovar idorasiga ham oʻrnatildi. 
1915-
yilda shahar eski chegarasini telefon aloqasi bilan ta`minlash maqsadida 
qoʻshimcha telefon stansiyasi qurildi. 
XX asr birinchi yarmiga kelib, telegraf aloqasi xizmatini koʻrsatayotgan 
korxonalar aholi tomonidan tushayotgan oddiy buyurtmalarni ham bajara olmay 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
21 
qoldilar. Oʻsha davrda oʻlkaning har bir aholisiga oʻrta hisobda 0,25 ta 
telegramma toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatgichni Markaziy yevropa regionlaridagi 
koʻrsatgichlar bilan taqqoslaganda, ancha miqdorda kam edi. Katta hududlar, 
jumladan, Qo
raqalpogʻiston, Qashqadaryo, Surxandaryoda yashayotgan aholi 
telefon aloqasi xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edi 
1917- yil boshlarida 10 ta ishlayotgan telefon stansiyalaridan 9 tasi 
xususiy shaxslarga tegishli boʻlib, ular asosan aloqa xizmatlaridan tijorat 
ishlarini olib borishda foydalanishgan. Oʻrtacha hisobda, bitta telefon aloqa 
stansiyasi 6400 kv.km maydonda istiqomat qilayotgan 150 minggacha boʻlgan 
aholiga xizmat koʻrsata olgan. 

Download 285.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling