14-mavzu. Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida aloqa vositalarini oʻrnatish Reja


Download 14.4 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi14.4 Kb.
#1325572
Bog'liq
14-маъруза


14-mavzu. Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida aloqa vositalarini oʻrnatish
Reja
1.Avtomobil yoʻllaridagi aloqa vositalaridan umumiy foydalanish
2.Avtomobil yoʻllarini boshqarishda ishlatiladigan aloqa vositalari
3.Elektr aloqa signallari


Tayanch soʻz va iboralar: SHTT tizimi abonentlari, ATTda telegraf aloqasi, teletayp aloqasi, (UFA) umumdavlat aloqa tarmogʻi,

Avtomobil yoʻllarini qurish va foydalanish boshqaruvi ishlashi uchun aloqa boʻlishi kerak. Yoʻl xoʻjaligini boshqarish uchun ishlatiladigan aloqa turi bevosita yoʻl muhandislik jihozlariga tegishli boʻladi yoki muhandislik jihozlari va avtomobil yoʻli meʼyorida ishlashida ishtirok etadi.


Mavjud boshqarish tizimi, boshqarish jarayoni, yoʻl xizmatini avtomatlashtirish jarayoni rivojlanishi istiqbollari, avtomobil yoʻllarini boshqarish va qurish tizimi modellaridan foydalanganda, yoʻl boshqaruvi sohasi uchun zarurr boʻladigan aloqa va xabar berish vositalari quyidagi turlarga boʻlinadi: vazifasiga koʻra, aloqa usluiga koʻra, aloqa vositasiga koʻra, maʼlumot breish usuliga koʻra, tegishliligi va joylashtirilishiga koʻra. Yoʻl aloqasiga maʼlum yondashish va maʼlum tasnif hali ishlab chiqilmagan.
Vazifasiga koʻra avtmobil yoʻlidagi aloqani bir necha turga boʻlish mumkin, har bitta turida aloqa turi, aloqa vositalari, maʼlumot uzatish, tegishlilik va konstruktiv xususiyatlar turlicha boʻlishi mumkin. Umumiy maqsadidan kelib chiqadigan vazifasiga koʻra esa avtomobil yoʻlidagi aloqa umumiy foydalanadigan, texnologik va maxsus aloqa turlariga ajratiladi.
Yoʻl loyihasi tuzilganda aloqa turi ham nazarda tutilishi kerak.
Avtomobil yoʻllarini boshqarishda ishlatiladigan aloqa vositalariga elektr aloqa (telefon, telegraf, teletayp va hk.), pochta va radio aloqa kiradi. Elektr va radio aloqa kabel va havo liniyalari bilan amalga oshiriladi. Telefon, telegraf va radio aloqa simsiz boʻlishi mumkin. Joʻnatmani yetkazish tezligiga qarab pochta aloqasi aviapochta va temir yoʻl, avtomobil transporti va kurʼer bilan yetkaziladigan pochtaga boʻlinadi.
Elektr aloqa deganda signallarni ovoz, yozuv, tasvir yoki boshqa koʻrinishda sim, radiooptik va boshqa elektomagnit usul bilan uzatish va qabul qilish tushuniladi; radioaloqa deganda esa radiotoʻlqin bilan amalga oshiriladigan elektaloqa tushuniladi.
Uzatish shakliga koʻra maʼlumot uzatish ovoz, signal va hujjat (qogʻoz yoki magnitli vositada) koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Avtomobil yoʻllaridagi tizimining joylashish usuliga koʻra aloqa hududiy va liniyali boʻladi. Hududiy aloqaga ishlashi maʼlum hudud bilan cheklangan aloqa kiradi. Liniyali turiga esa yoʻl yoqasidagi polosalardan, yerning yoʻl uchun ajratilgan qismidan oʻtkazilgan aloqa tushuniladi.
Har biri mustaqil ish bajargani bilan yoʻl aloqasining turi va usullari bir-biri bilan bogʻlangan boʻladi. Shuning uchun, loyihasi tuzilganda, qurilganda va ishlatilganda ularning har biri mavjud va istiqboldagi aloqa bilan bitta tizimda boʻladi, deb qaralishi kerak.
Avtomobil yoʻllaridagi umumiy foydalanish aloqasi
Oʻzbekiston yoʻllaridagi umumiy foydalanish aloqasi (UFA) umumdavlat aloqa tarmogʻining bir qismi hisoblanadi va Oʻzbekiston Aloqa vazirligiga qaraydi. Uning asosi shahar (SHTT) va shaharlararo (SHATT) telefon tarmogʻi liniya qurilmalaridan iborat boʻladi. UFA liniya qurilmalari televizion aloqadan tashqari barcha turdagi elektr aloqani tashkil etish uchun ishlatilishi mumkin.
Yoʻl xizmati tizimidagi har bitta tashkilot, korxona va xizmat Oʻzbekiston Aloqa vazirligi telefon tarmogʻining abonenti boʻladi. Yoʻl abonentlariga hududiy prinsipga asosan avtomatik aloqaga chiqib barcha SHTT tizimi abonentlari, maxsus xizmatlar (tez yordam, militsiya, oʻt oʻchirish xizmati, maʼlumotlar byurosi, buyurtmalar byurosi, SHATT bilan gaplashish va hk.), oʻz SHTT va Respublika SHATT orqali barcha yuqori va quyi yoʻl tashkilotlari, xizmatlar bilan va oʻzaro bogʻlanish imkoniyati beriladi.
SHNK 2.05.02-07 meʼyorlariga koʻra I va II toifali yoʻllarda, alohida talab boʻlganda esa, III toifali yoʻlda, magistral yoʻllarda, xalqaro harakat boʻladigan yoʻllarda umumiy foydalanish aloqasi har bitta yoʻldan foydalanuvchiga oʻziga kerakli abonent bilan bogʻlanish, avariya yoki tabiiy ofat boʻlganda yordam chaqirish imkoniyatini berishi kerak.
Buning uchun avtomobil yoʻllari yaqinida va avtomobil toʻxtashi uchun jihozlangan maydonchalarda SHTT pulli avtomatlari, SHATT pulli avtomatlari oʻrnatiladi, xizmat aloqasi uchun bevosita bogʻlanadigan liniyalar oʻtkaziladi va ularning hammasi SHTTga ulanadi. SHTT va SHATT liniyalari orqali, odatda pochta boʻlimida joylashadigan, yaqinroqdagi qishloq telefon aloqasi ATTda telegraf aloqasi tashkil qilinadi.
Operativ dispetcher aloqasi uchun umumiy ishlatiladigan aloqadan tashqari alohida telegraf aloqasi ham ishlatiladi. Indiviudal ishlatiladigan telegraf aloqasi SHTT dan keladigan ikki simli liniya bilan markaziy telegraf abonent bilan bogʻlanib tashkil qilinadi.
Hozir teletayp aloqasi respublika yoʻl tashkiloti birlashmalarida, viloyat yoʻl boshqaruvi, kombinatlar, boshqa boshqarmalar, respublika (bosh) axborot-hisoblash markazlarida oʻrnatilgan.
Operativ dispetcherlik aloqasi vazirlikni quyi tashkilotlar bilan bogʻlash uchun moʻljallangan. Har bitta boshqaruv darajasida quyi tashkilotlari bilan bogʻlanish uchun operativ dispetcherlik aloqasi tashkil etilishi mumkin. Operativ dispetcherlik aloqa avtomatik boʻlishi va yoʻl qurilish, yoʻldan foydalanish korxonalari bilan bogʻlanish imkoniyatini berishi kerak.
Oʻzbekistonning umumdavlat tarmogʻi SHTT abonenti boʻlgan koʻp yoʻl tashkilotlari bilan avtomatik usulda bogʻlanish imkoniyatini beradi.
SHTT bilan vaqtinchalik bogʻlanmagan yoʻl tashkilotlariga chaqirish usuli bilan yoki yarimavtomatik usulda bogʻlanishga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Aloqa vazirligining umumiy foydalanish tarmogʻi selektor yigʻilishlari oʻtkazish uchun ham ishlatiladi. Selektor yigʻilishlari bosh tashkilotlar (vazirliklar) bilan quyi tashkilotlar oʻrtasida boʻlishi mumkin. Bunday yigʻilishlarni tashkil qilish uchun maxsus xonalar ajratiladi, bosh tashkilotlar, boshqa darajadagi tashkilotlar bilan bevosita aloqa oʻrnatiladi.


Nazorat savollari:
1. Avtomobil yoʻllari yaqinida va avtomobil toʻxtashi uchun jihozlangan maydonchalarda SHTT pulli avtomatlari xaqida umumiy malumot?
2 .Oʻzbekiston Aloqa vazirligining umumiy foydalanish tarmogʻi xaqida umumiy malumot?
3. Oʻzbekiston yoʻllaridagi umumiy foydalanish aloqasi (UFA) xaqida umumiy malumot?
4. Vazifasiga koʻra avtmobil yoʻlidagi aloqani bir necha turga boʻlinadi?
Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling