Xonqa tumanidagi 42 – son maktabining informatika fani o’qituvchisi Madirimova Hulkarning Dars ishlanmasi


Download 74.5 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi74.5 Kb.
#146667
Bog'liq
Mantiqiy amallar 8sinf


Xonqa tumanidagi 42 – son maktabining informatika fani o’qituvchisi Madirimova Hulkarning Dars ishlanmasi.

8- sinf IHTA

Mavzu: Mantiqiy amallar.

Darsning maqsadi



Ta’limiy : O`quvchilarga mantiqiy amallar haqida ma’lumot berish .

Tarbiyaviy: O`quvchilarni guruhlarda ishlash orqali do`stlik

munosabatlarini tarbiyalash.



Rivojlantiruvchi: Mantiqiy masalalar yechish malakasini rivojlantirish

Darsning tipi: Yangi bilim berish.

Dars metodi: Aralash

Dars jihozi: Darslik, ko`rgazmali plakat, slayd.

Darsning borishi va mazmuni.

I. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, o`quv qurollarining darsga hozirligi tekshirish, guruhlarga bo`lish.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

III.Yangi mavzu bayoni.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bugungi darsimizning shiorini “Intilganga tole yor”

O`tilgan mavzuni mustahkalash uchun ikkala guruhga savollar beriladi .Har bir to`g`ri javob uchun rag`bat kartochkari beriladi.


1-guruhga 1 – savol 1. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va vazifalari ayting?
2-guruhga 1- savol 1. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalarini va vazifalari ayting?
1-guruhga 2 – savol 2. Zamonaviy kompyuterlar bilan oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun va farqli tomonlarini tushuntiring .

2-Guruhga 2- savol 2. flash – xotira nima.


Yangi mavzuni boshlash uchun har bir guruhga 1- masala beriladi.
1-guruhga Masala : Oquvchi bir son o`yladi, unga 5ni qoshdi. Chiqqan natijani 3ga bo`lib 5ni hosil qildi.

2- guruhga Masala: Dehqon daryo o`tib bozorga borib echki, bo’ri va karamn olibdi. Dehqon daryodan bittadan olib otishi kerak. Qanday qilib dehqon hammasini olib o`tadi.

1-guruh masalani matematik amallar yordamida yechib o`quvchi o`ylagan sonni topadi.

2- guruh masalani mulohaza yuritib masala yechimini topadi.

2- guruhga berilgan masalani arifmetik amal bajarish emas, balki muloxaza yuritish asosiy o’rin egallaydi. Mantiqiy masalalarda boshlang’ich qiymatlar bo’lib faqat sonlarni emas, balki muloxazalar ham xizmat qiladi. Mazkur masalalarda mulohazalar ba’zan shunchalik o’zaro qarama-qarshi bo’ladiki, ular ustida amal bajarish va masalani hal qilish juda qiyin bo’ladi. Muloxazalar ustida bajariladigan amallarni mantiqiy amallar deb ataymiz. Xo’sh muloxaza nima? Uning qanday xusisiyatlari bor, degan savollarga javob beraylik. Mulohaza – bu narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gapdir. Mulohazalar sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “ Va”, “Yoki” kabi bog`lovchilar, “Emas” shaklidagi ko`makchilar yordamida yuziladi . Mulohazalarni lotin harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita “rost” yoki “ yolg`on” mantiqiy qiymatiga ega bo`lishi mumkin.

Qulay bo`lishi uchun “rost”ni 1 “yolg`on”ni 0 raqami bilan belgilash kiritilgan.

Masalan:


  1. Toshkent O’zbekiston poytaxti (rost)-1

2. 17 soni 5 ga qoldiqsiz bo’linadi. (yolg’on)-0

3. Anvarjon 8 yoshda. (rost)-1
Biror shart yoki usul bilan bog`lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohaza sodda mulohaza deyiladi . Mantiqiy amallar quyidagi uch amallarni: bular mantiqiy ko`paytirish, mantiqiy qo`shish va mantiqiy inkor amallarini o`z ichiga oladi.

Endi Mantiqiy ko`paytirish: Ava B sodda mulohazalar bir paytda rost bo`ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko`paytirish amali deb ataladi . Mantiqiy ko`paytirish amali “Va” bog`lovchisi orqali yoki ^ ko`rinishida bo`ladi.

Slayd 1



A

B

A^B

1

1

1

1

0

0

0

1

0

0

0

0

Misollar.

1. A muloxaza-3 tup son. -rost

B-muloxaza-3 juft son. –yolg`on

Mantiqiy ko’paytma natijasi “ 3 tup va juft son” natijaviy muloxaza qiymati- “yolg’on”.


2. A- muloxaza-32 juft son. -rost

B-muloxaza- 32 tup son. –yolg`on

Mantiqiy ko’paytma natijasi “ 32 juft va tup son” natijaviy muloxaza qiymati- “yolg’on”.


  1. A-muloxaza-3 toq son.

B-muloxaza-3 tup son.

Mantiqiy ko’paytma natijasi “ 3 toq va tup son” natijaviy muloxaza qiymati-“rost”.


Endi Mantiqiy qo`shish: A va B mulohazalrning kamida bittasi rost bo`lganda rost bo`ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo`shish amali deb ataladi. Mantiqiy qo`shish amali “Yoki” bog`lovchisi yoki A+B ko`rinishida bo`ladi .

Slayd2


A

B

A+B

1

1

1

1

0

1

0

1

0

0

0

0

Misollar:

  1. A-muloxaza-Uchburchak ABC teng yonli - yolg`on

B-muloxaza-Uchburchak ABC turli tomonli. – rost

Mantiqiy qo’shish natijasi “Uchburchak ABC teng yonli yoki turli tomonli” natijaviy muloxaza qiymati-“rost”.




  1. A-muloxaza-32 toq son. yolg`on

B-muloxaza-32 tup son. yolg`on

Mantiqiy qo’shish natijasi “32 toq yoki tub son”

natijaviy muloxaza qiymati- yolg`on .
Endi Mantiqiy inkor: A mulohaza rost bo`lganda yolg`on, A yolg`on bo`lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi . Mantiqiy inkor amali “A Emas” “┐A” ko`rinishida yoziladi .

Slayd 3


A

┐A

1

0

0

1

Misollar:

  1. A-muloxaza- gul qizil rangda. -rost

B-muloxaza-gul qizil rangda emas. –yolg`on

Mantiqiy inkor natijasi “gul qizil rangda yoki gul qizil rangda emas” natijaviy muloxaza qiymati-“yolg`on”.




  1. A-Mulahaza-Berilgan son juft son.

B-Muloxaza- berilgan son juft son emas.

Mantiqiy inkor natijasi “ berilgan son juft yoki berilgan son juft son emas” natijaviy muloxaza qiymati-“rost”.

Ko`rinib turibdiki, mantiqiy o`zgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida ifodalar hosil qilish mumkin. Mantiqiy amallar quyidagi tartibda amalgam oshiriladi: Inkor, Mantiqiy ko`paytirish, Mantiqiy qo`shish.

Endi quyidagi misollarni ko`ramiz:


1. Agar A= rost B = rost D = rost qiymatlar uchun quyidagi amallar bajarilsin?

a) A٨ B ٨D B) A V B V D C) ךA V B٨D

Yechish


  1. A٨ B ٨D = rost

  1. A٨ B=rost

  2. A٨ B ٨D = rost

b) A V B V D = rost

1) A V B=rost

2) A V B V D= rost

C) ךA V B٨D

ךA=yolg`on


  1. B٨D= rost

  2. ךA V B٨D= rost

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savollar

1-guruhga 1) Sodda mulohaza deb nimaga aytiladi va ular qanday qiymatlar qabul qiladi?

2-guruhga 2) Murakkab mulohaza deb nimaga aytiladi?

1-guruhga 3)Mantiqiy amallarni ayting ?

2-guruhga 4)Mantiqiy amallar jadvalini og`zaki ayting

4)Mulohazalarga misollar keltiring?


2. Agar D= 5,3 , E = 4,0, A = rost B = yolg`on bo`lsa quyidagi munosabatlar o`rinlimi?

1- guruhga a) (D = E) ^A^B ; 2-guruhga a) (D> E) ^ ┐A

b) A V (D

c) (4*5>18,8) ٨ (4<1) c) (4*5>20 V (4<1)


Uyga vazifa :


  1. O`tilgan mavzuni takrorlash .

Darslikdagi 7-9 misollar.




Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling