Xorazm ilk o'rta asrlar tarixi


FARG'ONA ILK O'RTA ASRLAR TARIXI


Download 31.94 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi31.94 Kb.
#1365779
1   2   3   4   5   6   7   8
FARG'ONA ILK O'RTA ASRLAR TARIXI
Kishilik jamiyatining daholaridan biri Arnold Toynbi vodiyga “Qadimgi Farg’ona – jahon tsivilizatsiyasining muhim markazlaridan biridir” deb ta’rif berishi bejiz emas. Qadimgi Farg’ona Baqtriya, So’g’d, Xorazm kabi Turonzaminning yirik tarixiy-madaniy o’choklaridan biri hisoblanib, umumbashariyat madaniyatiga qo’shgan munosib hissasi tufayli “Farg’ona sivilizatsiyasi” degan nom ostida jahon tarixiga kirgan.
Vodiy hududida ayniqsa uning sharqiy qismida yani Qoradaryoning yuqori va o’rta oqimlarida ilk dehqonchilik va dastlabki shaharsozlik makonlari ko’plab qayd etilgan va arxeologlar tomonidan yaxshi o’rganilgan.
Yozma manbalarda xususan antik davr mualliflarida Farg’ona vodiysi to’g’risida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina ba’zi ma’lumotlar Xitoy yilnomalarida qayd etilib, ularda Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi aytilib Ershi, Yuchen. Guyshuan (Guyshan) shahri nomlari keltiriladi.
Xitoy yilnomalarida Ershiga ko’p to’xtaladilar. Arxeologlar Andijoi viloyatidagi Mingtepani tarixiy Ershi bilan qiyoslaydilar. Bu yodgorlik tarkibiy jihatdan ichki (o’rta shahar) va tashqi shaharlardan iborat bo’lib, ark qoldiqlari ichki shaharda joylashgan va uni markaziy qismi saqlangan xolos. Xitoy manbalari xabar bergan Ershi – «o’rta shahri» qoldiqlari faqat Mingtepada saqlangan (maydoni 40 gektardan ziyod). “O’rta shahar” ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o’ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan. Ichki shaharning mudofaa inshootlari to’la saqlangan: 1952 yildagi ma’lumotga asosan g’arbiy va sharqiy devorda 20 tadan, janubda 6 ta, shimolda 12 ta kuzatuv minoralari (burjlari) saqlanib bizgacha yetib kelgan.1

2011 yili samodan olingan suratlar taxlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi to’g’ri to’rtburchakli emas, balki parallellogramma ko’rinishdagi ekanligi ayon bo’ldi. Bu narsa nafaqat Mingtepa rejasiga emas, balki uni o’rganish bilan bog’liq muammolarga ham o’zgartirish kiritishi shubxasiz. Chunki u ko’plab belgilariga ko’ra ilk temir davrining eng yirik yodgorligi Eylaton qadimgi shahri rejasi bilan o’xshashlik tomonlari ko’zga tashlanadi. Bu narsa Mingtepani davriy jihatdan bir oz qadimgi davrga qadimiylashishi mumkinligi uchun yangi dalil bo’ladi. Chunki har ikki shahar bir davrda bunyod etilgan bo’lishi mumkin. 2015-2016 yillari ikkinchi tashqi devor o’rami to’rt tomonida 500 gektar maydon Xitoy maxsus asbobi Tan chan (sanchqich) yordamida o’rganib chiqildi. Natijada Mingtepani tashqi mudofaa devorlari qoldiqlari qayd etildi. Ko’hna shaharning ikkinchi tashqi mudofaa devori himoyalagan xududni 300 gektardan ziyod ekanligi aniqlandi.


Mingtepani birinchi mudofaa devori tizimi bo’yicha ham yangi ma’lumotlar qo’lga kiritildi. Yuqorida ta’kid etganimizdek, g’arbiy mudofaa devorining o’rta qismidagi (9 va 10 minoralar oralig’i: qazishmada eng qadimdagi (miloddan oldingi IV-III asrlar) mudofaa devori to’g’risida ma’lumotlar olindi. Devorning eni: quyida 5,45m, yuqorida 4 m., balandligi 6 m. Shahar himoyasining-mudofaa tizimining tayanch bo’g’inlariga katta e’tibor qaratilgan. Miloddan avvalgi IV-Sh asrlarda madaniy qatlam ustiga qurilgan eng qadimgi mudofaa devorga tirqab qo’shimcha devor va kuzatuv minoralari tiklangan. Minoralar juda mahobatli bo’lgan: qadimgi devordagi 10 metr turtib chiqqan, minora uzunligi 18 metr. Ikki marta qilingan qayta qurilishlar natijasida mudofaa devorining umumiy qalinligi (quyida) 7,3 metrga, yuqoridagisi 4 metrga, balandligi 6 metrga borgan.

Download 31.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling