Xorazm ilk o'rta asrlar tarixi


CHOCHNING ANTIK ASRLARDA ETNAGENITIK JARAYONLARI


Download 31.94 Kb.
bet7/8
Sana19.04.2023
Hajmi31.94 Kb.
#1365779
1   2   3   4   5   6   7   8
CHOCHNING ANTIK ASRLARDA ETNAGENITIK JARAYONLARI
Arxeologik va yozma manbalarga ko'ra, Markaziy Osiyoning ilk o'rta asrlar jamiyati tizimlarida chuqur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tub o'zgarishlar kuzatiladi. Ushbu jarayon dastlab antik davr nihoyasida kushonlar saltanati, Davan (Davanь) va Qang'-Kanguy (xitoychada Kandzyuy) kabi konfederativ davlatlari tanazzuli, kidaritlar (kidariylar), xionitlar (xioniylar), eftalitlar (zftaliylar), so'ngra arablarni Sirdaryo va Amudaryo oralig'idagi dehqonchilik xududlariga bostirib kirishi vaqti bilan bir davrda ro'y beradi. Albatta, bularning barchasi O'rta Osiyo xalqlari tarixida ayniqsa, moddiy madaniyatda o'z izlarini qoldirgan. Keyingi yillarda Choch va eloq vodiysi va Choch (Toshkent vohasi) ilk o'rta asrlar davri tarixi to'g'risida muhim arxeologik va yozma manbalar to'plandi. Bu manbalar Choch va eloq va Chochning ilk o'rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holati to'g'risida ba'zi bir xulosalarni chiqarishga imkon beradi.
Xo'jalik yuritish usullari. Choch va eloq vodiysini ilk o'rta asrlardagi xo'jalik hayotini aks ettiruvchi arxeologik ob'ektlarni solishtirib o'rganishga ko'ra dehqonlar va chorvadorlarning o'zaro munosabatlari o'rganilayotgan davrda dinamik ravishda rivoj topadi. Biroq, Choch va eloq ko'chmanchi-chorvadorlari haqida gap ketganda bir jarayonga e'tibor berish kerak. Bu ularning xo'jalik mashg'ulotlari bilan bog'liq bo'lib, mazkur voqelik etnografiya ma'lumotlari bilan tanishish davomida ko'zga yaqqol tashlanadi. Ma'lumki, qadimdan vodiy chorvadorlari O'rta Osiyoni boshqa yerlaridan bir oz farq qiladigan o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan. Etnografik ma'lumotlarga ko'ra, yarim ko'chmanchi aholi asosiy mashg'uloti chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik, xususan, lalmikor dehqonchilik bilan ham shug'ullangan. Masalan, Qo'qon xonligi davrida vodiyni tog' hududlari bilan dehqonchilik vohalari oralig'idagi ayrim hududlarda (tog'oldi, adir) dehqonchilik qiladigan yarim ko'chmanchi aholi yashagan . Bu jarayon ilk o'rta asrlarda ham kuzatilgan va u ko'pgina shu davr qabriston materiallari tarkibida ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Keyingi paytda qo'lga kiritilgan arxeologik materiallar Choch va eloq vodiysida ilk o'rta asrlarda quyidagi xo'jalik yuritish usullari bo'lganini ko'rsatmoqda: 1) Dehqonchilik. Voha dehqonlarini g'alla, paxta, ipak va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazishgani haqida ashyoviy dalillar bor. Bunday an'anaviy xo'jalik yuritish vodiyda uzoq tarixga ega, ya'ni miloddan avvalgi II ming yillik o'rtalaridan — ilk dehqonchilik makonlari paydo bo'lgandan boshlab davom etib kelmoqda. 2) Hunarmandchilik. Bu asosan shahar aholisi va ayrim qishloqlar hayoti bilan bog'liq bo'lib, vodiyda ilk o'rta asrlarda juda rivojlangan. Yozma manbalar vodiyda VII-VIII asrlarda 100 dan ortiq shaharlar bo'lganligini xabar beradilar. Shaharlarda asosan hunarmandchilik va ayrim olingan shaharlarda qishloq xo'jalik tovarlarini qayta ishlash mavjud bo'lgan. Bu xo'jalik yuritish usuli oldingi — antik davr shahar hayoti uchun ham qayd etilgan. Masalan, Xitoy yozma manbalarida Yuchen (O'zgan yaqinidagi Sho'rabashot yodgorligi) shahar hokimi to'g'risida ma'lumot bor.



Download 31.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling