Xorazm ilk o'rta asrlar tarixi


Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi


Download 31.94 Kb.
bet4/8
Sana19.04.2023
Hajmi31.94 Kb.
#1365779
1   2   3   4   5   6   7   8
Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi. Milodning IV-V asrlari O‘rta osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ulkan Kushonlar davlati ichki va tashqi kurashlar natijasida bir qancha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketadi. O‘rta Osiyoning janubida uning tarixidan Toxariston va Marv ajralib chiqadi. Ulardan shimolda esa Sug‘d alohida bo‘lsa, uning sharqiy tomonida Ustrushona joylashadi. Ustrushonaga tutash hududlarda Farg‘ona, O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida Choch va Xorazm mulklari mustaqil edi.
Bu davrda O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlar ko‘p sonli ichki va tashqi urushlar bilan bog‘liq edi. Shuningdek, milodiy IV-V asrlar o‘rta Osiyo hududlariga ko‘chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi yuzaga kelishi, yangi siyosiy kuchlardan biri Kidariylar bo‘lib, ular haqidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi Solnomasida hamda g‘arb muallif tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma’lumotlarida uchraydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, kidariylarning dastlabki, vatani Sharqiy Turkiston edi. Beyshi solnomasida berilishi, yuyechjilar humdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli o‘z qarorgohini Bolo (Balxga) ga ko‘chirgan. Yana shu manba xabar berishicha, Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandxardan shimoldagi 5 ta davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ayrim tadqiqotchilar, kidariylar Sharqiy Turkistondan ko‘chishni boshlangan so‘ng ular ikki qismga bo‘linib, katta qismi shimoli-g‘arbiy Hindistonga, kichik qismi esa O‘rta Osiyoga joylashadilar, degan fikrni ilgari suradilar. Kidariylarning O‘rta Osiyoga joylashuvi masalalari bilan shug‘ullangan. S.K.Kabanovning fikricha, ularning markazi Balx emas balki Qarshi atroflaridagi Yerqo‘rg‘on ko‘hna shahri bo‘lgan. Bu fikrni L.N.Gumilyov ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo, bu fikrni ko‘pchilik olimlar e’tirof etmaydilar va balki Qarshi atroflarida kidariylarning kandaydir kichik guruhlari joylashgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirdilar.
Tadqiqotchilar Kidar hukmronlik qilgan davrni IV asrning ikkinchi yarmi va V asrning birinchi choragi bilan belgilaydilar. Kidar (yoki Kidara) avval boshda Eron shohi Shopur II ga bo‘ysungan. Oq xunlar bostirib kelishi bilan o‘z o‘g‘li Pironi Peshovarda qoldirib Shimolga yo‘l olgan. Oq xunlar bilan kurash manbalarda 400-yillarga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan. Kidar Shopur II (309-379 yy)ning zamondoshi bo‘lib, avvalambor kushonlar hokimiyatining davomchisi sifatida ularga bo‘ysunib kelgan hamda xioniylar yordamida Baqtriyada kushonlar hokimiyatiga chek qo‘ygan.
Kidariylar tez orada Amudaryo o‘ng va chap qirg‘oq havzasi hamda Sug‘dning katta qismini egallaydilar. Manbalarning guvohlik berishicha, kidariylar Eron sosoniylari Bilan ko‘pmartalab urushlar olib boradilar. Bu urushlar ayniqsa sosoniy podsholari Varaxran V (420-438 yy.) va Yozdigard II (438-457 yy.) davrlarida ayniqsa avjiga chiqadi. 456 yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng katta talofatga uchragan kidariylar qayta o‘zlarini o‘nglab ololmadilar. Bu voqeadan keyin kidariylar haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Faqatgina ular Hindistonda Gupta davlatini egallab bu yerda 75 yil hukumronlik qilgani, 477 yilda Gandxardan Xitoyga elchilar yuborgani ma’lum xolos.
IV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo yerlariga shimoli sharqdan xion qabilalari bostirib kiradilar. Tarixda xioniylar nomi Bilan mashhur bo‘lgan bu qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orol bo‘yida deb hisoblaydilar. Xioniylar xun qabilalariga qon-qarindosh bo‘lganliklaridan bo‘lsa kerak, g‘arb tarixchilari ularni “oq xunlar” deb ataydilar. IV asrning o‘rtalarida ancha kuchaygan xioniylar janubga tomon harakat qilib sosoniylar bilan to‘qnashadilar. Bu to‘qnashuvlar hamda xioniylar yo‘lboshchisi Grumbat, ularning Suriyadagi Umda shahrini qamal qilganliklari haqida Ammian Marsellin ma’lumotlar beradi. Dastlabki harakatlarda xioniylar mag‘lubiyatga uchrasalarda, keyinroq ular sharqqa tomon yurishlar qilgan sosoniylar shohi Shopur II ga qattiq zarbalar beradilar. K.Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi.

Download 31.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling