Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

Tadqiqot ishining maqsadi: Hozirgi kunda
zamonaviy raqamli texnologiyalar butun dunyo 
bo‘ylab barcha sohalarni rivojlantirish uchun yangi vositalarni taqdim etmoqda-ki,
raqamlashtirish, 
raqamli transformatsiya shu jumladan axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatni qiziqtirgan 
barcha muammolarni hal qilishga qodir degan fikr shakllanmoqda.
Bugungi axborotlashgan 
jamiyatda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli 
bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lishini hisobga olsak 
raqamli texnologiyalar va raqamli transformatsiya jarayonining oliy ta’lim tizimiga shiddat bilan 
kirib borishi axborot muxitida taqdim etilayotgan ko‘p ma’lumotlarni jiddiy tahlil etish hamda 
pedagogik asoslashni talab etmoqda.


 __________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022  
138
Kirish: O‘zbekiston rivojlangan davlatlar qatori raqamli davrga o‘tmoqda va bu bilan bog‘liq 
o‘zgarishlar barcha sohalarda aniq ko‘rinmoqda. Mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning bir 
qator elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Boshqacha aytganda biz hozirgi kunda 
o‘z hayotimizning asosiy qismini virtual dunyoga o‘tkazayapmiz. Jamiyatning raqamli texnologiyalar 
tomon burilishi ro’y berishiga butun jahon internet tarmog‘ining sifati oshishi hamda aloqa 
tizimlarining rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
Biz yildan-yilga shunga yaqinlashib boramizki, bizning 
hayotimiz va faoliyatimiz ushbu tizimlar doirasida amalga oshirilib, buning natijasida ko‘plab yangi 
imkoniyatlar va qulayliklar paydo bo‘ladi. Dunyo yuqori tezlikdagi ta‘lim relslariga kirdi. Axborot 
mavjudligining yuqori darajasi insoniyatni doimiy ravishda axborot izlashda va uni qayta 
ishlashning yuqori tezligida bo‘lishga majbur qiladi. Bilimning o‘ziga xos xususiyati bor – tez 
eskirish. Shu sababli, eng muhim kompetensiyalardan biri bu yangi bilimlarni mustaqil ravishda 
o‘zlashtirish va katta axborot oqimlari bilan ishlash qobiliyatidir [1].
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalarni joriy qilinishi bo‘yicha salmoqli 
ishlar amalga oshirilmoqda-ki, so‘nggi vaqtlarda bu sohani jadal rivojlantirish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari 
sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli va 2020-yil 5-
oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-sonli Farmonlari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston 
respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
PF-5847-sonli Farmoniga ko‘ra oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor 
yo‘nalishlari qatorida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish 
hamda oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va 
raqobatbardoshligini ta’minlash belgilab qo‘yilgan. Oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiylarga 
o‘tish, ya’ni tizimni raqamlashtirish bir qator masalalarni ijobiy hal etishni taqozo etmoqda: ta’lim 
jarayonini raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya tarmog‘ini, balki kishilik 
jamiyati faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib ulgirdi. 
Chunki zamonaviy jamiyat raqamli asrga kirdi. Bu qisqa vaqt ichida juda ko‘p turli xil vazifalarni 
hal qilishga imkon beruvchi diskret kibernetik tizim yordamida ma’lumotlarni kodlash va uzatishning 
maxsus usullariga asoslangan raqamli texnologiyalarning to‘liq hukmronligi davri. Ushbu 
texnologiyalar misli ko‘rilmagan tezlikka erishdi va keng tarqaldi [2].  
Bundan tashqari ta’limda raqamli texnologiylarga o‘tish bu – axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar, kompyuterlar va bilimlarga asoslangan holda ta’limni tashkil etish va 
rivojlantirishning butunlay yangicha shaklini barpo etishdir.
Internet va raqamli texnologiyalar 
bugungi kunda ta’limning turli darajalarida talablarni o‘zgartirish omili bo‘lib, o‘quv jarayonlariga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Axborot to‘plami, axborot infratuzilmasi, axborotni to‘plash, 
shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish subyektlari bo‘lgan ta’lim uchun elektron 
resurslarning roli tobora ortib bormoqda [1]. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning oliy ta’lim 
tizimida joriy etilishi uning faoliyatini tubdan yangilab, ta’lim jarayonini tashkil qilish va amalda 
joriy etish bilan bog‘liq munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelmoqda. Raqamlashtirish nafaqat 
ta’lim mazmuniga, balki uni tashkil etishga ham ta’sir qiladi.... Ta’lim tizimi o‘zining negizida 
axborot ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u doimo axborot muhitida amalga oshiriladi [3]. Axborot 
olish,
undan foydalanish tezligi globallashgan bugungi davr oliy ta’limida tizimga raqamli 
texnologiyalarni joriy etilishi ta’lim mazmunini va sifatini oshirishga, sifatli kadrlarni tayyorlashga 
asos bo‘ladi (1-rasm).
Aytish mumkinki, ko‘plab ilg‘or texnologiyalar paydo bo‘lishi, jumladan raqamli 
texnologiyalarning ta’limda joriy etilishi tizimni tubdan o‘zgartirib yuboradi.
An’anaviy ta’lim tizimi 
auditoriya mashg‘ulotlariga, o‘rganilayotgan fanlar mazmunining rasmiylashtirilgan tuzilishiga va 
kutubxonalardan foydalanishga asoslangan bilimlarni professor-o‘qituvchidan talabalarga 
o‘tkazishga, zamonaviy ta’lim aksincha raqamli makonda faol hamkorlikka qaratilgan. Bu o‘quv 
jarayonini individual ravishda yo‘naltirib, yanada moslashuvchan o‘quv jarayoniga faol ravishda 
kirishish, auditoriyada ishlash bilan cheklanib qolmasdan standart darslikka muqobil sifatida 



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling