Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –10/1-2022 1 Ўзбекистон республикаси фанлар


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/4-2022


Download 6.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet188/193
Sana02.06.2024
Hajmi6.69 Kb.
#1837861
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
Bog'liq
Теоретические Воззрения Изобразительного Искусства Как Фактор

140
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/4-2022 
ko‘rsatmoqda. 
O‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani shakllanganligini tekshirish jarayoni quyidagi didaktik masalalarni hal 
qilishga yo‘naltirilgan: 
Iqtisodiy tejamkorlikka oid bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlash. Iqtitsodiy tejamkorlikka bilim ko‘nikma 
va malakalarning sifati eng avval ularning puxtaligi va ongliligi bilan tavsiflanadi. Iqgisodiy tejamkorlikka oid bilim, 
ko‘nikma va malakalarning puxtaligiga ishonch hosil qilish uchun ularni faqat o‘zlashtirayotgan paytida emas, balki 
o‘quvchilarning keyingi faoliyatida ham tekshirib borish kerak. Iqtisodiy tarbiya shaxsning barkamol 
shakllanishining muhim shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning muammolaridan biri bòlib kelgan 
va shunday bòlib qolaveradi. Bozor iqtisodiyotiga òtayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanish jarayonida ham
yoshlarda iqtisodiy tarbiyaning òrni beqiyos. Bu borada hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Iqtisodiy tafakkur inson hayotining barcha bosqichlari - shaxsiy hayoti, kishilar bilan munosabati, uning xulq-
atvorini qamrab olgan. Iqtisodiy tafakkur òsmirni hayotga boshqacha kòz bilan qarashga, ijtimoiy munosabatlar 
bilan yaqindan tanishishga olib keladi. Kishilarda bu holatlarga nisbatan kònikmalar hosil bòladi.
Iqtisodiy tafakkur shakllanishi iqtisodiyotdagi chigal muammolar yechimida yangicha yònalishlarni yuzaga 
keltiradi. Shunday qilib maktablarda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik jarayoni quyidagi sifat bosqichlariga ega 
bòlishi lozim. 
- davlatning iqtisodiy ahvolini juda yaxshi bilish; 
- turli mulk turlari va korxonalar faoliyatining iqtisodiy asoslarini bilish; 
- dalillarni xolisona baholash va mavjud iqtisodiy asoslarni tahlil etish uchun savodxonlik; 
- ishlab chiqarish va xójalik ishlarida, iqtisodiy munosabatlarda tashabbuskorlik. 
Iqtisodiy tarbiya shartlari òquvchilardan savollar xilma - xilligini talab etadi. Ularga quyidagilar kiradi: 
- oilada va umumiy òrta ta'lim maktablarida iqtisodiy tarbiyaning boĝliqligi, uning maqbul bòlishi; 
- òquvchilar bilim olishida didaktik tamoyillarning roli; 
- maktabda òquv fanlarini òqitish jarayonida amaliy tajribalar xulosasi va shu bilan birgalikda ilmiy- texnologik
taraqqiyotning tezlashuvida ilm - fanning rolini tushuntirish orqali òquvchilarni iqtisodiy tarbiyalash; 
- davlat va xususiy mulkni ehtiyot qilish, elektr energiya, gaz, òquv adabiyotlar, asbob-uskunalar, maktab binosi,
uy jihozlari va hokozo
- moddiy zahiralardan tejab-tergab foydalanishning iqtisodiy jihatlarini tushuntirish; 
- òquvchilarga darsdan tashqari vaqtlarida iqtisodiy tarbiya berishni tashkil etish; 
- umumiy òrta ta'lim maktab òquvchilarini oliy òquv yurtlari va undan keyingi sharoitlar haqida kònikmalar hosil 
qilish uchun iqtisodiy fikrlashga òrgatish. 
Yangi iqtisodiy tafakkur shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning yangi bosqichlari, iqtisodiy soxada kadrlar 
tayyorlashni yanada yaxshilash yòllarini aniqlab olib, quyidagi yòllar bilan òquvchilarning iqtisodiy ta'lim tarbiyasini 
oshirish mumkin: 
- olingan nazariy bilimlar asosida amaliy ishlarini bajarish jarayonini tashkil etish; 
- kasbiy òqitish va har bir òquvchi malakasini oshirish uchun lozim bólgan iqtisodiy tayyorgarlik majburiyatlari; 
- ishlab chiqarish va mehnat xarakteri, iqtisodiy sohada kadrlarni óz sohalarini bilish darajasini aniqlash; 
- iqtisodiyot soxasida yangi bilimlarni egallash tizimi, yangi axborot texnologiyalarini egallash (ilmiy adabiyotlar va 
internet). 
Òquvchilarning iqtisodiy tarbiyasidagi zarur shartlardan biri ularni iqtisodiy faoliyatga tayyorlashdir. Bu narsa 
òquvchida iqtisodiy hayotda faol ishtirok etish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu esa yoshlardan jamiyatimizning 
iqtisodiy manfaatlari negizini bilish, iqtisodiy bilimlardan samarali foydalanish, iahlab chiqarishni kengaytirish va 
atrof - muhit hamda moddiy zahiralardan oqilona foydalanishni talab etadi. 
Iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik quyidagi asosiy komponentlarni òz ichiga oladi: 
- iqtisodiy talab va manfaat; 
- iqtisodiy umum ta'lim tayyorgarligi; 
- mehnatga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, atrof- muhit va vaqtga nisbatan iqtisodiy munosabatlarni
shakllantirish. 
Iqtisodiy talablar bu jamiyat, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar va boshqalar erishishga intilayotgan, 
hayotdagi moddiy farovonlik va iqtisodiy faoliyatning yangicha shakllaridir. 
Umumta'lim iqtisodiy tayyorgarligi ( iqtisodiy bilimlar tizimi, bilimlar, kónikma va tajribalar) insonni iqtisodiy 
faoliyatga tayyorlash tizimining muhim komponentlardan biridir. Shaxsiy tuzilishlarda esa u tajribaga suyanadi. 
Iqtisodiy ta'limning dolzarbligi umumiy va politexnik òrganishning shart - sharoitlaridan kelib chiqadi. Bunda 
ishlab chiqilgan mahsulot jamiyatdagi qonunchilik va ilm - fan tamoyillariga mos keladi. Shunday qilib iqtisodiy 
tarbiya iqtisodiyotning bir necha avlodlar tomonidan qayta ishlanishi lozim bólgan umumiy nazariy holatga 
asoslanadi. 
Jamiyatning iqtisodiy hayoti boy va kòp qirralidir. U òz ichiga iqtisodiy faoliyat davomida kerak bòladigan 
muomala aylanma mablaĝlar, ishlab chiqarish, sotish va hokozolarni qamrab oladi. Iqtisodiy hayotning xarakteri va 
faoliyati, moddiy ashyolarning ishlab chiqarilishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy hayotda jamiyatning barcha 
ishtirokchilari jumladan garchi ishlab chiqaruvchi bòlmasa- da òquvchilar ham ishtirok etadi. Iqtisodiy hayotda va 



Download 6.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling