Xorazm viloyati Urganch shahridagi 13-sonli umumiy
Download 7.69 Kb.
|
saadddd
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 1- “a” sinfga Pedogogik- psixologik Tavsifnoma Urganch shahridagi 13-sonli Umumiy oʻrta taʼlim maktabining 1-“A” sinfida 25 nafar o’quvchi bo’lib, shundan 13 nafar o’g’il bolalar, 12 nafar qiz bolalar. 1-“A” sinf rahbari Safarova Hulkar. Sinf xonasida jami 15 ta stol va 30 ta stul bor. Sinf xonasida turli xildagi gullar bor. Gullar sinf xonasidagi kislorod balansini me`yorlashtirib turadi. Sinfda doska, sinf burchagi, a`lochilar doskasi, sinf kutubxonasi va turli xildagi ko’rgazmali materiallar bor. Sinf xonasi gigiena talablariga to’liq javob beradi. O’qiuvchi va o’quvchilar karantin qoidalarini to’liq bilishadi va unga rioya qilishadi. 1-“A” sinf o’quvchilari maktabda eng aktiv o’quvchilardan. O’quvchilarning ichida namunali o’quvchilar juda ko’p. Sinf o’quvchilari juda tartibli, intizomli, barchaga o’rnak bo’la oladi. Ayniqsa o’quvchilarning bir-birlarga bo’lgan mehrlari, hurmatlari o’zgacha. Sinf o’quvchilari xuddi bir oiladek. Sinf rahbari Hulkar ustoz o’quvchilarni o’z farzandlaridek ko’radi. O’quvchilar ham ustozlarini o’z onalaridek bilishadi. Sinfda sinf sardori Mahmudjonova Sevara barcha o’quvchilarga o’rnak bo’ladi. Namunali o’quvchilar jumlasiga kiruvchi: Masharipova Jasmina, Yusupov Saidnazar, Komilov Mexroj ham boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’la oladilar. Namunali o’quvchilar bilim saviyasi past, o’rganish doirasi tor, xulqi yaxshi bo’lmagan o’quvchilarga biriktirilib qo’yiladi. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar a`lochilarga qarab harakat qilishadi. A`lochi o’quvchilar barcha darslarga faol qatnashishadi. Sinfda iqtidorli o’quvchilar juda ko’p. ayniqsa she`r aytish bo’yicha bir-birlaridan qolishmaydilar. Maxmudova Xovajon o’z qo’llari bilan ko’pgina ko’rgazmali qurollar yasagan. Ko’plab tanlovlarda qatnashgan. Komilov Mexroj esa matematika fanidan juda yaxshi biladi. Ko’p fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli o’rinlarni egallagan. Sinfdagi o’quvchilar maktab ichida sinflar aro bo’ladigan fan bellashuvlarida ham faol qatnashib, faxrli birinchi va ikkinchi o’rinlardan tushmay kelishadi. Sinfda she`riyatga qiziqadigan o’quvchilar ham bor. She`r yozadigan o’quvchilarga sinf rahbari Gulnora ustoz she`r qanday yozilishi va usullarini o’rgatadi. Gulnora ustoz o’quvchilarga o’z bilimini ayamasdan beradi. Sinfdagi barcha o’quvchilar tirishqoq, chaqqon, zehnli va intiluvchan. Tadbirlarda o’z iqtidorlari va bilimlari bilan maktab jamoasining mehrini qozonishgan. Aniq bilamanki sinfdagi bu bilimga chanqoq o’quvchilar kelajakda yurtimizga kerakli yoshlar bo’lib yetishadi. Har bir yosh avlod o’z yo’lini topishi uchun yoshlikdan yaxshi bilimga ega bo’lishi lozim. Shuning uchun ham bizning fidoiy o’qituvchilarimiz tun-u kun tinmasdan mehnat qilib o’quvchilarga bilim berishdan charchamaydilar. Talaba: Shamuratova Sadoqat____ Download 7.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling