Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan bogʻliq. Daryoning choʻkindi va gil yotqiziqlari ming yillar davomida shu hududda toʻplanib deltalarni hosil qilgan


Download 15.19 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi15.19 Kb.
#1147481
1   2   3
Bog'liq
Xorazm vohasi h-WPS Office

Hududda tarqalgan tuproqlar
Amudaryo tarmoqlarining koʻpchilik qismi quruq oʻzanlarga aylangan. Xorazm vohasida 100 dan ortiq koʻl (Toʻngʻizkoʻl, Shoʻrkoʻl, Ulugʻshoʻrkoʻl, Kernay, Qorateran, Boʻtakoʻl, Oqchakoʻl, Oltinkoʻl, Zeykoʻl, Oqkoʻl va boshqalar) mavjud. Xorazm vohasida turli tuproq tiplari tarqalgan. Katta qismida oʻtloqqayir allyuvial, sugʻoriladigan oʻtloq (oʻtloqvoha) tuproqlar hosil boʻlgan. Ulardagi chirindi moddalar miqdori 2—3%. Bu tuproqlar pastqam, grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda shoʻrlangan. Botqoqshoʻrxok tuproqlar ham uchraydi. Tuproqlar insoniyatning bir necha ming yillardan beri davom etib kelayotgan xoʻjalik faoliyati taʼsirida oʻzgarib, madaniy voha tuprogʻiga aylangan. Xorazm viloyati hududining ko‘proq qismi Amudaryoning qadimgi allyuvial yotqiziqlarida, qisman hozirgi zamon Yotqiziqlarida va Ungiz orti Qoraqum, Qizilqum va Toshsaqa platasining uchlamchi davr emirilgan jinslarda joylashgan. Amudaryoning qadimgi Yoyilma (delta) qismi eski daryolar yotqiziqlaridan tashkil topgan.
O'simlik va hayvonot olami
Vohada yovvoyi oʻsimliklardan qamish, turangʻil, yovvoyi jiyda, tol, yulgʻun, yantoq, ajriq, bugʻdoyiq, sarsazan, qorabaroq, tamarisk, shoʻra va boshqa oʻsadi. Choʻllarga yondosh qismida selin, juzgʻun, oq saksovul, quyonsuyak, qizilcha va boshqa tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, toʻqay mushugi, boʻrsiq, koʻrsichqon, kalamush, tipratikan, ondatra; qushlardan chumchuq, mayna, zargʻaldoq, bedana; daryo qayirlari va koʻllarda qirgʻovul, gʻoz, oʻrdak va boshqa uchraydi. Daryo va koʻllarda baliklarning bir qancha turi bor. Xorazm vohasi yer, oʻsimlik va iqlim resurslariga boy. Voha hududidagi oʻsimlik va hayvon turlarini oʻrganish va muhofaza qilish maqsadida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti o‘rtasida “Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarining istiqbolli xom-ashyobop o‘simliklarning davlat ro‘yxati va kadastrini yaratish hamda ushbu viloyatlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning flora tur tarkibining inventarizatsiya qilish” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Mazkur xo‘jalik kelishuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Noyob o‘simlik turlari kadastri va monitoring laboratoriyasi tomonidan Xorazm viloyati hududida dala tadqiqotlari o‘tkazildi. Bunda 11 turdagi kvotali xom-ashyo oʻsimliklarini (qizilmiya, qamish, shoʻrlangan iloncho‘p va boshqalar) hisobga olish, zaxirasini aniqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Xorazm milliy tabiat bogʻi va Yangibozor davlat tabiat yodgorligi) florasini inventarizatsiya qilish ishlari olib borildi.
Ekspeditsiya jarayonida gerbariy va adabiyot ma’lumotlari tahlili asosida Xorazm viloyati florasining dastlabki 373 turdagi oʻsimliklar ro‘yxati shakllantirildi. Dala tadqiqotlari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan (2019-y.) Eremosparton flaccidum o‘simligi populyatsiyasining zamonaviy holati baholandi.Tadqiqotlar natijalari belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasiga taqdim etildi.
Amudaryo qirgʻoqlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va boshqalar bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.

Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling