„Kitob amal bilasturlobot“
Xorazmiyning „Kitob amal bilasturlobot“
(„Astrolyabiyalar bilan amallar haqida
kitob“) asarida qadimiy va oʻrta asr
astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi
boʻlgan astrolyabiya (arabcha asturlob)
yasash va undan foydalanish, osmon
yoritqichlarining balandligi, burjlarga
kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik
koordinatalari, geografik obyektlarning
Asrtonomiya boʻyicha
asarlari
koordinatalari, yangi Oy chiqish
muddatlarini aniqlash va boshqa aniq va
loʻnda qoidalar tarzida (algoritmik
uslubda) bayon qilingan. Bundan
tashqari, kitobda asr namozi vaqtini
aniqlash, sinuskvadrat deb ataluvchi
asboblar toʻgʻrisida ham soʻz boradi. Bu
esa Xorazmiy ilmiy asbobsozlik bilan
ham shugʻullanganligidan dalolat beradi.
„Zaroif min amal Muhammad ibn
Muso alXorazmiy maʼrif
assamtbilasturlob“
„Zaroif min amal Muhammad ibn Muso
alXorazmiy maʼrif assamtbilasturlob“
(„Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning
astrolyabiya yordamida azimutni
aniqlash boʻyicha amallaridan kelib
chiqadigan zarif fikrlar“) nomli kichik
asarida (qoʻlyozmasi Istanbuldagi Ayo
Sofiya kugubxonasida saqlanadi)
astronomiyaning ikki masalasi — Quyosh
azimutini va meridian chizigʻini aniqlash,
Yerning oʻsha davrda maʼlum qismi —
Oykumenaning yetti iqlimga boʻlinishi, har
bir iqlim uchun burjlarning koʻtarilish
vaqtlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirgan.
„Quyosh soati tekisligda soat
yasash“
„Quyosh soati tekisligda soat yasash“
(Ayo Sofiya kugubxonasida saqlanadi)
kitobida gorizontal tekislikda quyosh
soati yasash, yaʼni soyasi mil vazifasini
oʻtovchi plastinka — gnomon oʻrnatish va
soat shkalasini chizish qoidasi, gnomon
soyasining shkaladagi holatiga qarab
vaqtni aniqlash usuli bayon qilinadi.
Gnomon soyasining uchi sirpanadigan
chiziq — giperbolani yasashda qutb
koordinatalari sistemasi qoʻllangan va bu
analitik geometriyaga oid dastlabki
faktlardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |