Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy


„Yaxudiylar taqvimi va bayramlarini


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1386558
1   2   3   4   5
Bog'liq
Al-Xorazmiy - Vikipediya

„Yaxudiylar taqvimi va bayramlarini
aniqlash haqida risola“
Xorazmiyning „Yaxudiylar taqvimi va
bayramlarini aniqlash haqida risola“
(Hindistonning Patna shahrida saqlanadi)
asari olimning etnografiya bilan
shugʻullanganidan dalolat beradi. Bu
asarda yahudiy taqvimi, uni boshqa
taqvimlarga oʻtkazish qoidalari,
yaxudiylar bayramlari va ularni taqvimda
belgilash qoidalarini, ayrim muhim
astronomik maʼlumotlarni beradi. Quyosh
yilining uzunligi 365 kunu soat, yaʼni
Etnografiya va taqvimlarga
oid asarlari


365,242265 kunga teng ekanligi aytiladi.
Bu oʻz davri uchun juda aniq maʼlumot
boʻlgan. Tarixchilar bu asar aslida
Xorazmiyning etnografiya va taqvimlarga
oid yirik asaridan koʻchirib olingan parcha
boʻlishi kerak, deb taxmin qilishadi.
Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan keyin
yashagan buyuk geograflardan birinchisi
sanaladi. Uning „Surat alArz“ asari
„Surat al-Arz“ asari
Ptolemeyning jahon xaritasi 15-asr versiyasi 
Ptolemeyning
 
Geografiyasiga
 taqqoslash uchun.


(boshqa nomi „Al-Xorazm geografiyasi“,
toʻliq nomi Ptolemey taklif etgan
„Geografiya“ kitobidan Abu Jaʼfar
Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy taskin
etgan Yer surati — shaharlar, togʻlar,
dengizlar, orollar va daryolar kitobi") fan
tarixidagi muhim manbalardan biridir.
Kitob Ptolemeyning „Geografiya“si
asosida yozilgan boʻlsada, shunchaki
sharh emas, balki mustaqil asar
hisoblanadi. Unda birinchi marta Yer
sirtini yetti iqlimga boʻlish ilmiy
yondashuv bilan, iqlimlarning geografik
kattaliklari asosida berilgan hamda 2402
geografik obyekt haqida maʼlumotlar,
xususan, ularning kengligi va uzunligi
keltirilgan (bu maʼlumotlarning koʻpchiligi


Ptolemey „Geografiya“ sida berilmagan).
Xususan, Xorazmiy geografiya tarixida
birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi.
U oʻzi yashagan joylardan juda uzoqdagi
boshqa obyektlar: Atlantika va Hind
okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk
Britaniya, Irlandiya, Sarandib (Shri Lanka)
joylashuvini toʻgʻri tasvirlaydi. Kitobda
tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya
tarixida muhim oʻrin tutadi. Bu kitob 12-
asrdayoq, lotin tiliga tarjima qilingan va
geografiya fani rivojlanishiga katta hissa
qoʻshgan.
Xorazmiyning „Kitob attarix“ (Xorazmiy
„Tarix“i) asarida Muhammad (as) hayoti
Ilmiy asarlari


bilan bogʻliq sanalar, islom tarixidagi
muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713-yil
10-martda Antioxiya shahrida yuz bergan
dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy
hodisalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar
bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan
olingan koʻchirmalar juda koʻp tarixnavis
olimlar (Beruniy, Yoqut Rumiy, Yaʼqubiy,
Elias Bar Shinoyi, Hamza Isfahoniy, At-
Tabariy, Al-Masʼudiy va boshqalar)
kitoblarida uchraydi. Bundan koʻrinadiki,
Xorazmiyning „Tarix“i uz davrida mashxur
boʻlgan va keng tarqalgan. Asar usha
davrning boshqa tarixchilar yozgan
kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi
bilan ajralib turadi.


Ahmad al-Fargʻoniy astrolyabiyaga oid
asarida Xorazmiyga tegishli sfera
geometriyasi haqidagi asarni eslatadi,
ammo u hozirgacha topilmagan.
Xorazmiy fanning beshdan ortiq sohasini
fundamental yangiliklari bilan boyitgani
sababli fan tarixidagi ilk qomusiy olim
deb sanalishga haqli. Xorazmiy
boshlagan bu anʼana keyinchalik Ibn Sino,
Beruniy, Leonardo da Vinchi, Leybnits,
Lomonosov, Franklin kabi olimlar
tomonidan davom ettirilgan.
dagi Al-Xorazmiy haykali]]
Al-Xorazmiy merosiga
qiziqish


Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish
uning hayotlik davridayoq boshlangan.
Zamondoshlaridan Ahmad al-Fargʻoniy,
Xuttaliy va boshqa uning asarlariga
sharhlar yozishgan. Xorazmiy uzining
„Zij“ini yozishda xind „Sindhanta“lariga va
Ptolemeyning „Almagest“ asariga
tayangan bulsa, „Algebra“, „Arifmetika“va
boshqa asarlari batamom original asarlar
sanaladi. Xorazmiy asarlarining
mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi
keyingi olimlar uchun namunaga
aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi
fanning keyingi taraqqiyoti uchun muxim
pogʻona vazifasini utadi. Masalan Beruniy
Xorazmiyning „Zij“ iga atab uchta risola
bitgan.


Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq
Yevropa shaharlariga kirib borgani
maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan
soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan.
Xorazmiyning „Algebra“, „Arifmetika“,
„Geografiya“si va „Zij“i 16-asrgacha
darslik vazifasini oʻtagan. Xorazmiy
asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham
olib ketilgani haqida dalillar mavjud.
19-asr boshlarida Xorazmiy merosiga
tarixiy nuqtai nazardan qiziqish
boshlangan. Xorazmiy „Algebra“sini
1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-
yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda,
1838-yilda G. Libri Parijda chop ettiradi.
Hozir bu asarning inglizcha (L.S.


Karpinskiy, 1915-yil, AQSH), arabcha
(A.M. Musharrafa, 1939-yil), ruscha
(Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld,
1964-yil) va boshqa nashrlari mavjud.
Xorazmiyning „Arifmetika“sini birinchi
marta B. Bonkompani Rimda (1857),
Karrolyne Fogel Germaniyada (1963),
Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich
Moskvada (1954) chop ettirishgan.
Xorazmiy „Zij“ini oʻrganishga ham katta
eʼtibor berilgan. Uni 1914-yilda N. Zuter,
soʻng O. Neygebauer (1962), V.Millas,
Goltsteyn (1963) va boshqalar nashr
qilishgan. 1919-yilda F. J. Videman


„Astrolyabiya bilan amallar haqida
kitob“ini nashr etgan.
Xorazmiyning „Geografiya“si birinchi
marta Xorazmiy fon Mjik (1926)
tomonidan chop etilgan. Olimning
boshqa qoʻlyozmalarini izlab topish,
oʻrganish, chop etish va tarjima qilish —
matematika tarixi sohasining dolzarb
muammolaridan boʻlib qolmoqda.
1983-yilda Xorazmiy tavalludining 1200-
yilligi munosabati bilan uning barcha
asarlari rus tilida (A.Axmedov, Adolph-
Andrei Pavlovich Yushkevich, B.A.
Rozenfeld va boshqalar tarjimalarida)


hamda tanlangan asarlari oʻzbek tilida (A.
Axmedov tarjimasida) nashr etildi.
Xorazmiy ilmiy merosini oʻrganish va
uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan
hissasini targʻib qilishda nomlari yuqorida
zikr etilgan olimlardan tashqari J. Sarton,
E.S. Kennedi, D. King (AQSH), S.A. Nallino
(Italiya), Xorazmiy Zemanek (Avstriya), A.
Allar (Belgiya), R. Rashed (Fransiya), S.
Brokelman, D. Samploinius (Germaniya),
M. M. Rojanskaya (Rossiya) va boshqalar
ham muhim hissa qoʻshgan.
Oʻzbekistonda Xorazmiy hayoti va
faoliyati bilan birinchi boʻlib T.N. Niyoziy
qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov


va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin
va Oʻrta Sharq fani tarixi, jumladan,
Xorazmiy merosini oʻrganish va dunyo
miqyosida targʻib qilish boʻyicha keng
koʻlamda ilmiy tadqiqotlar boshlab
yuborildi. 1983-yilda buyuk olim
tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlab
oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman
(Moskva, Toshkent va Urganch shahrida)
Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida
tutgan oʻrnini belgilashda muhim tadbir
boʻldi.
Hozirgi kunda Urganch davlat universiteti,
Oʻzbekistonning turli joylarida koʻplab
maktab va boshqa obyektlar „Xorazmiy“
nomi bilan atalgan.


As. Tanlangan asarlar, T., 1983;
Matematicheskiye traktati, T, 1964;
Astronomicheskiye traktati, T., 1983.
Sirajiddinov S. X., Matviyevskaya G. P.,
AlXorezmi — vidayushiysya matematik
i astronom srednevekovya, M.,
1983;Salye M. A.,
MuxammedalXorezmi — velikiy
uzbekskiy uchyoniy, T., 1954; Salye M.
A.,
UlugʻoʻzbekolimiMuhammadalXorazmi
y, T., 1955; Abdurahmonov A.,
AlXorazmiy — buyuk matematik, T.,
1983; Muxam mad ibn Musa
alXorezmi. K 1200 letayu so dnya
Adabiyot


rojdeniya, M., 1983; Velikiy ucheniy
srednevekovya alXorezmi, T., 1985;
Bulgakov P.S, Rozenfeld B. A.,
Axmedov A. A., Muxammad alXorezmi,
M., 1983. Abdulla Aʼzamov.
Matematika
Hikmatlar uyi
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Yana qarang
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 6-Fevral 2023, 17:53 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Al-
Xorazmiy&oldid=3572231" dan 
olindi

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling