Xorazmshohlar davlatining harbiy boshqaruvi
Xorazmshohlar davlatining siyosiy boshqaruvi. Mansab va unvonlar
Download 69 Kb.
|
Xorazmshohlar davlati ya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insho yoki tug’ro
- Ustozdor
- Chashnigir
Xorazmshohlar davlatining siyosiy boshqaruvi. Mansab va unvonlar.
Xorazmshohlar davlatining siyosiy tuzumi mutlaq monarxiya bo’lib, shohning hokimiyati cheklanmagan edi. Ba’zan hukmdor tomonidan chaqirilgan kengash maslahat organi bo’lib, uzil-kesil qaror qabul qilish shohning ixtiyorida bo’lgan. Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan. Hojiblik xizmati xorazmshohlar davrida ham o’z ahamiyatini saqlab qoldi. Ulug’ hojib hukmdorning eng yaqin kishilaridan biri hisoblangan. Ijroiya ishlarini devonlar olib borib, bu tizim tepasida vazir (bosh vazir) turgan. Vazir ham hukmdorning eng yaqin kishilaridan, birinchi maslahatchisi hamdir. Devonlarning faoliyati saljuqiylar zamonasidagi tizimdan deyarli farq qilmaydi. Insho yoki tug’ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug’ullangan. Moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy masalalar hamda qo’shinni qurol-aslaha bilan ta’minlash, qo’shin qismlari shaxsiy tarkibini nazorat qilish, harbiylarga ajratilgan yer-suv nazorati, harbiy ko’tiklar o’tkazish kabilar bilan devoni arz yo jaysh shug’llangan. Devoni xos maxsus devon hisoblanib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan mashg’ul bo’lgan. Bosh hojib yoki ulug’ hojib Xorazmshohlar davlatidagi yuksak mansablardan biri bo’lgan. Hojiblar odatda turk millatidan bo’lganlar. Hojib shohga shaxsiy topshiriqlari qanday bajarilganligi haqida axborot berar, qabul marosimlarini tashkil etar, qo’shni mamlakatlarga elchi sifatida yuborilar edi. Hojiblarga g’oyatda muhim vazifalar, maxsus muzokaralar olib boorish va hatto vazirlar faoliyatini taftish etish topshirilgan. Shuningdek, hojib lavozimidagi amaldorga butun bir viloyat noibligi topshirilgani ham ma’lum. Markaziy davlat idorasining rahbari vazir deb atalgan. Vazir davlat rahbarining birinchi maslahatchisi bo’lib, u faqat shohning o’ziga bo’ysungan. U shoh nomidan rasmiy marosimlar o’tkazar, davlatlararo aloqalarni yo’lga solar, chet ellik elchilar bilan muzokaralar olib borar, davlat rahbari va fuqarolar o’rtasida vositachilik qilardi. Unga barcha davlat amaldorlari, bu bilan birga beklar va harbiy boshliqlar ham bo’ysungan. Vazir devonxonalar amaldorlarining boshlig’i bo’lib, ularni mansabga tayinlash va almashtirish, nafaqalar va moddiy yordam joriy etish ishlarini boshqarar hamda xazina va bojxona faoliyatini taftish qilib turardi. Uning unvonlari sadr, dastur, xo’jayi buzruk. Ustozdor – xorazmshohlar saroyida xxizmatkorlarga bosh bo’lib, otxonalar, yemakxonalar, novvoyxonalar, sharobxonalar xo’jaligini boshqargan. Amir-oxur(miroxo’r) sulton otxonalari boshlig’i. amiri shikor sulton ovlarini tashkil etuvchi amaldor. Tashtdor sulton hammomlari va hovuzlari boshlig’i, sharobdor sulton sharobxonasining boshlig’i, qissador bir hafta davomida sulton nomiga yozilgan ariza va iltimosnomalarni yig’ib, payshanbadan jumaga o’tar kechasi sultonga topshirar, ertasiga sultonning javoblarini ariza egalariga yetkazgan. Chashnigir sulton zaxarlanmasligi uchun taomlarni ta’tib ko’ruvchi amaldor. Farrosh sulton o’rin-to’shaklari saqlanadigan farroshxona boshlig’i. amir ul-a’lam sulton bayroqdori, davatdor sultonning kotibi, maliki xavas xos xizmatkorlar boshlig’i, amiri alam bayroqdor kabi bir qancha mansablar mavjud. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling