Xorazmshohlar davlatining harbiy boshqaruvi
Mog’ullar tomonidan O’rta osiyoning bosib olinishi
Download 69 Kb.
|
Xorazmshohlar davlati ya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jaloliddin Manguberdi halokati va uning sabablari
Mog’ullar tomonidan O’rta osiyoning bosib olinishi
Xorazmshohlar hududi harbiy jihatdan ulkan davlat bo’lishiga qaramay siyosiy jihatdan zayif edi. 1218-yilning bahorida Maxmud Yalavoch boshchiligida Chingizxon elchilari va savdo karvoni yetib keldi. Chingizxonni o’rta osiyoni bosib olish niyatii bo’lgan va xorazmshohni g’aflatda qoldirib yurish boshlash uchun qulay payt poylar edi. Kop vaqt o’tmay, chingizxonning xorzmshohlar davlatiga qarshi urush boshlashi un bahona topildi. 1218-yilning kuzida chegaradagi shahar o’trorga chingizxon yuborgan savdo karvoni yetib keldi. Hammasi bo’lib savdo karvoni bn 450 nafar musulmon savdogarlar va 100 ga yaqin mog’il elchilari o’trorga keldilar. Elchilar har bir mog’ul qabilasidan 2-3 nafardan tanlab olingan bo’lib, ularga Uhuna ismli zodagon kishi boshchilik qilar edi. Biroq O’trorga kelganda chingizxonning karvoni savdogarlari va elchilarini o’tror noibi ayg’oqchilik va josuslikda ayblab ushlab qoladi va ko’p o’tmay qatl qildiradi. Tasoduf tufayli omon qolgan 1 savdogardan bo’lgan voqeani eshitgan chingozxon urush boshlashga buyruq beradi. Mog’ullar 1-zarbani 1219-yilning sentaber oyida o’trorga beradi. Bu shaharning noibi G’oirxon bn chingizxonning alohida hisob kitobi bore di. Shaharni inalxon boshchiligidagi 50mimg va Qorachaxojib qo’l ostidagi 10 ming askar himoya qilar edi. Shahar qamali uzoqqa cho’zilishini bilib 2 og’lini bu yerda qoldirib o’zi va qolgan o’g’illari bn boshqa shaharlarni zabt etishga kirishadi. O’tror qamali 5 oy davom etdi. Qala ichidagi vaziyat og’irlashdi va ular mag’lubiyatga uchrashdi.1220-yilning 7-fevralida chingizxon buxoro shahrini qamal qila boshladi sharni himoya qilish amir ixtiyoriddin qushlu va hojib o’gul inonchilar boshchiligidagi 30ming askar zimmasiga yuklatilgan edi shahar devorlari yaqinida 3 kun qattiq urushlar boldi asta sekinlik bn mogullar xorazmshohlar hududini zabt eta boshladi. Jaloliddin Manguberdi halokati va uning sabablari Jaloliddin Hindistonda 1223 yilning oxirlarigacha bo‘ladi. U yerda qo‘shin to‘plab, xorazmshohlarning azaliy mulki bo‘lgan Iroq va Eronni o‘z izmiga kiritish, mo‘g‘ullarga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida 1224 yilda yo‘lga otlanadi. Sulton Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida Bag‘dod xalifasi Az-Zohir so‘ngra, Al-Muntasir va boshqa Islom sultonlariga murojaat qiladi. Lekin Jaloliddinning hokimiyati kuchayib ketishidan cho‘chigan ko‘pchilik musulmon hokim, hukmdorlar u bilan ittifoq tuzishni xohlamaydilar. 1230 yil 10 avgust kuni Ko‘niya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafariqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag‘lub etadi. Keyinchalik sulton Mayafariqin (hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Aynaddar qishlog‘iga keladi. Ushbu tog‘lik qishloqda u kurdlar qo‘liga tushib qoladi. Jaloliddin o‘zini “sulton” deb tanishtirgandan so‘ng, uni kurdlar o‘ldirishga jazm etmaydilar. Kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan, horib-tolgan Jaloliddinni boshqa bir kurd o‘lgan inisining xunini olish maqsadida chodirga kirib o‘ldiradi.Bu voqea taxminan 1231 yil avgust oyining 17-20 sanalari oralig‘ida ro‘y beradi. Ertasi kuni sultonning buyumlarni sotib yurgan kurd xususida Mayafariqin hukmdori Al-Malik Al-Muzaffarga xabar berishganda, u qishloqqa o‘z sarkardasi Shahobiddin G‘oziyni yuboradi. Shahobiddin G‘oziy sulton jasadini olib, qishloq erkaklarining barini o‘ldiradi va qishloqqa o‘t qo‘yib yuboradi. Muarrix An-Nasaviy buni eshitib shaxsan o‘zi Mayafariqinga keladi. Jaloliddinning tog‘asi, vazir O‘turxon jiyanining jasadini tanib, qattiq iztirobga tushadi. Jaloliddin Manguberdining murdasi o‘sha qilshloqning o‘ziga dafn etiladi. Mo‘g‘ullar bu yerga kelib, sultonning jasadini toptamasliklari uchun qabr tuproq bilan tekislab yuborilgan. Yana bir manbadagi ma’lumotlarda ko’ra 1231-yilning avgust oyida Xorazmshoh aysh ishrat va mastlikka berildi, bazmlarning biridan so’ng Jaloliddin mast bo’lib uxlab qolganda mog’ullar uning o’rdasiga hujum qiladi. Jaloliddin amirlaridan biri O’rxon va uning askarlari yordamida qochishga ulgurdi. Nasafiyning yozishicha sulton mog’ullar quvg’inidan birgina o’zi qochib hato qildi. Ayn qishlog’I yaqinida sultonni kurdlar tutib olib taladilar. Ammo qaroqchi kurdlar boshlig’I unga yordam bermoqchi bo’lib qishloqdagi uyiga olib keladi. U uyida bo’lmaganda nayza bn qurollangan qo’shnisi kirib kelib Hilot yaqinida xorazimliklar tomonidan o’ldirilgan ukasi un qasos sifatida jaololiddinni o’ldirdi Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling